“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


partiya tashkilotlari tomonidan mitinglar va yig’ilishlar tashkil qilindi. 1941



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi


partiya tashkilotlari tomonidan mitinglar va yig’ilishlar tashkil qilindi. 1941 
yil 22 iyundayoq Toshkent to’qimachilik kombinatining ishchilari ana 
shu daqiqadan boshlab o’zlarini Vatan ximoyasiga safarbar qilingan, deb 
hisoblashlarini bildirdilar. 23-24 iyunda Samarqand, Buxoro, Andijon, 
Namangan, Fa’g’ona, Nukus va boshqa shaharlardagi yig’ilishlarda Vatan 
himoyasi uchun har qanday vazifani bajarishgashay ekanliklarini bildirgan 
o’zbekistonliklar 
harbiy 
komissarliklarga 
frontga 
ko’ngilli 
sifatidajo’natishlarini so’rab arizalar bera boshladilar. Arxiv hujjatlarining 
dalolat berishicha, urushning dastlabki kunlarida respublikaning shahar va 
tuman harbiy komissarliklariga 14 mingdan ortiq ariza tushgan. Bu 
o’zbekistonliklarning o’z vatanparvarlik burchlarini, har bir urush insoniyat 
boshigakelgan ofat ekanligini yuksak darajada anglab, urush olovini 
yoquvchilarga qattiq nafrat bilan qarashliklarini ko’rsatadi. Xalq 
Komissarlari Kengashi nomidan joylarga ko’rsatmalar jo’natib, unda urush 
ahvolni keskin o’zgartirib yuborganligi, Vatan jiddiy xavf ostida qolganligi, 
barcha ishlarni harbiy izga solish uchun tez va qat’iy ravishda qayta qurishni 
amalga oshirish zarurligi ko’rsatilib, «Hamma narsa front uchun, hamma 
narsag’alaba uchun!» chaqirig’i talab darajasiga ko’tarilgan edi. Urushning 
dastlabki kunlaridanoq sovet xalqi-o’zbekistonliklar ham bosqinchilar ustidan 
g’alabaga erishishga butun kuchlarini baxshida etdilar. Mustabid tuzum 
zulmi ostida ezilayotgan xalqlar qandaydir g’oyalarni emas, balki ona-yurt, 
Vatanlarini himoya qildilar. O’zining vatanparvarlik burchini yuksak 
darajada xis qilgan o’zbek xalqi fashizmdan faqat SSSRni emas, eng avvalo, 
O’zbekistonni himoya qilishni, uni yana bir bosqinchidan saqlab 
qolishni maqsad qilibqo’ygan edi. Chunki, xalqimiz sotsializm niqobi ostida 
qilingan bosqinchilik, siyosiy qatag’onlar zahmini hali unutmagan bir 
davrda gitlerchi bosqinchilarning bosib olingan hududlarda qilgan ashaddiy 
jinoyatlari, ular o’rnatayotgan tartib to’g’risidagi xabarlarni eshitib, 
fashizmning mustabid tuzumdan ham dahshatliroq, insoniyat boshiga kelgan 
ofat ekanligini anglab yetgan edi, ya’ni xalq o’zini dushmanni to’xtashishga 
va uloqtirib tashlashga qodir bo’lgan birdan bir kuch deb xis qildi. 
O’zbekistonliklarning jang maydonlaridagi jasorati, front orqasidagi 


199 
fidokorona mehnati mustabid davlat mashinasining tazyiqi, erksiz harakat 
tarzida emas, balki ongli, asl vatanparvarlikning manbai bo’lgan Vatanga 
muxabbat tuyg’usining yuksak darajadagi ko’rinishi bo’ldi. Urushning 
dastlabki kunlaridayoq O’zbekistonning barcha moddiy va ma’naviy 
kuchlari, resurslari front uchun safarbar qilina boshlandi. Umumiy 
harbiy safarbarlik e’lon kilindi.O’zbekiston xukumati milliy harbiy 
qo’shilmalar tuzish tashabbusi bilan chiqdi. 1941 yil 13 noyabrdan 1942 yil 
martigacha 14 ta milliy harbiy qo’shilma, jumladan, 9 ta o’qchi brigada, 5 ta 
otliq askarlar diviziyasi to’zilib frontga jo’natildi. Umuman, urushboshlarida 
6,5 million kishidan iborat bo’lgan O’zbekiston aholisining 1.433.230 
tasi urushgasafarbar etilgan. Ularning ko’pchiligi mardlik namunalarini 
ko’rsatib, jangovar orden va medallar bilan takdirlandi. Chunki ota-onalar, 
O’zbekiston xalqi o’z o’g’lonlarini frontga jo’natar ekanlar, ularga 
bosqinchilarga qarshi sharaf bilan kurashish, o’tmishda bosqinchilarga qarshi 
kurashlarda g’olib chiqqan qaxramonlarning jangovar jasoratlaridan namuna 
olishni, mard, botir askar bo’lib, dushmanlar ustidan g’alabaqozonishlarini 
tilab qolgandilar. 
Harbiy vaziyat front orqasini mustahkamlash yuzasidan shoshilinch 
chora-tadbirlar ko’rishni talab qildi. Xalq xujaligini qayta ko’rib, harbiy 
izgatushirish umumiy dasto’rning tarkibiy qismi bo’ldi. O’zbekiston 
iqtisodiyoti ham harbiy vaziyatdan kelib chiqib, zudlik bilan front 
manfaatlariga bo’ysundirildi. Respublika sanoat korxonalari urush 
boshlanishi bilanoq qaytaqurilib, mudofaaga zarur maxsulotlar ishlab 
chiqarishga o’tkazild. Katta yoshdagilar uchun ish kuni olti kunlik ish 
xaftasida 11 soatgachao’zaytirildi. Aslida ish kuni 12-14 soatga cho’zilardi. 
Ta’tilga chiqish bekor qilindi. Bu hol ishchi-xizmatchilar sonini 
ko’paytirmasdan turib ishlab chiqarish quvvatlari Hajmini taxminan 1.3ga 
oshirish imkonini berdi. Ishchi kuchining yetishmasligi natijasida idora 
xizmatchilari, uy bekalari, o’quvchilar ishlab chiqarishga jalb etildi. 1941 yil 
dekabrda harbiy korxonalarning barcha xodimlari safarbar, deb e’lon qilindi 
va mazkur korxonalarga biriktirib qo’yildi. Kadrlar, xom ashyo, ishlab 
chiqarish vositalari tanqisligiga qaramasdan 1941 yil dekabrdayoq 
respublikadagi 30ga yaqin korxona mudofaa uchun mahsulot bera boshladi. 
Korxonalardafront brigadalari nomini olgan brigadalar to’zila boshladi, 
dastlab oktyabrda «Tashselmash» zavodida tashkil etilgan bo’lsa, 1942 
yil boshlarida ularning soni 1,5 mingga yetgan. 1942 yil o’rtalariga
kelib xalq xo’jaligini qayta qurib, harbiy izga o’tkazish 
O’zbekistonda asosan ohiriga yetkazildi. Urushning og’ir yillarida o’zbek 
xalqining asosiy ma’naviy-ahloqiy xususiyatlari, uning insonparvarligi 
yorqin namoyon bo’ldi, ya’ni yurtboshimiz aytganlaridek “tarixning 
o’yiniham, omonsizjangu jadallar ham, tabiiy ofatlar va ochlik ham 
xalqimizning insoniylik tabiatiga dog’ tushiraolmadi». 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish