88
Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy.(783-850yy) Buyuk
mutafakkir va olim al-Xorazmiy Xivada tavallud topgan.
Yoshligidan ilm-
fanga, ayniqsa tabiiy fanlarni o’rganishga qiziqdi. Arab, fors, hind, yunon
tillarini mukammal o’rgandi. O’qigan, o’rganganlari asosida, tabiatning bergan
buyuk iqtidori bilan bir necha fanlarga doir yirik, qimmatli asarlar yaratdi.
Uning arifmetika vaalgebraga doir «Kitob al-jabr val muqobala» (To’ldirish va
qarama-qarshi qo’yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni
boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham
katta asos bo’ldi. Al-Xorazmiyning ikkinchi matematikaga oid asari «Hind
arifmetikasi haqida kitob» bo’lib, bu asar tufayli avval SHarq xalqlari, so’ngra
esa Yevropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug’i-o’nlik
hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o’girilgan). Al-
Xorazmiyning «Kitob surat al-ard» (yerning surati) asari geografiyaga,
«Astronomik jadvallari» astronomiyaga oid bo’lib,
ular muallifning nomini
jahonga yoydi. Shuningdek, «Kuyosh soatlari to’g’risida risola», «Tarix
risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari
olimga katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning
«Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik Yevropada «Algebra» deb yuritila
boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat SHarqda emas, balki
G’arbda ham asronomiya fani rivojida katta rol o’ynadi.1983
yilda xalqimiz
buyuk allomaning 1200 yillik to’yini katta tantana bilan nishonladi.
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg’oniy. Al-Farg’oniyning
tarjimai holiga doir ma’lumotlar tarixda kam saqlanib qolgan. 861 yilda vafot
etgan. Astronomiya, matematika, geodeziya, gidrologiya fanlarining bilimdoni
Farg’ona zaminida to’g’ilib o’z ilmiy-madaniy zakovati bilan Bag’doddagi
birinchi Ma’mun akademiyasigacha borgan (ikkinchi Ma’mun akademiyasi
Xorazmshox Ma’mun akademiyasi edi). (Al-Farg’oniy, Muhammad Muso Al-
Xorazmiy bilan birga bu akademiyadagi olimlarga rahbarlik qilishgan.
Farg’oniy arab ilmiy atamashunosligini vujudga kelishiga va rivojiga katta hissa
qo’shdi. Bag’dod va Damashqdagi rasadxona qurilishlarida faol qatnashdi va u
yerda Ptolemeyning «Yulduzlar jadvalidagi» ma’lumotlarni tekshirish ishlarini
olib bordi.
Al-Farg’oniy astronomiyaga oid «Astronomiya negizlari»
asarida
astronomiyaga oid bilimlarni tartibga soldi, o’zining yangi natijalari bilan
boyitdi. O’sha davr an’anasiga muvofiq mamlakatlarni yetti iqlimga bo’lib
urgandi. Kuyosh soatlarini bayonini berdi, astronomik asboblari yaratdi.
Farg’oniyning bu asari N.Kopernik davriga qadar Yevropada astronomiya
fanidan asosiy qo’llanma sifatida foydalanildi.
Al-Farg’oniy 25 yoshidan Ma’mun akademiyasiga borib, u yerda salkam
50 yil halol mehnat qildi. Ma’mun davrida Bag’dodda tashkil etilgan
kutubxonada 400 ming jild kitob mavjud edi. Bag’dod
akademiyasida Al-
Farg’oniy bilan birgalikda xorazmlik Muso ibn SHokirning o’g’illari Ahmad,
89
Muhammad va Xasan ibn Muso aka ukalar nomlarini va ularning ilmiy
natijalarini ham keyinchalik Beruniy o’z asrlarida hurmat bilan tilga oladi.
Faribdan Bag’dod akademiyasiga borib astronomiya va matematika fanlari
bo’yicha tadqiqotlar olib borgan Al-Javhariy ham alohida o’ringa egadir.
Ahmad Farg’oniyga arab ilmiy dunyosida «Xosib» laqabi berilgan ya’ni, uni
matematika sohasida tengi yo’qligi tan olingan. Yevropada Farg’oniyni
Alfraganus deb ataganlar. SHuni ta’kidlash kerakki, 828 yilda Bag’dodda 1-chi
rasadxona ishga tushirilganda, uni marvlik falakshunos olim Yaxyo ibn Abu
Mansur boshqargan. 3 yil o’tgach Damashqda ana shunday ikkinchi rasadxona
barpo qilindi va o’nga Markaziy Osiyolik alloma Holid ibn Abdumalik
Marvarudiy rahbarlik qildi. Qizig’i shundaki har ikkala-rasadxonani ham Al-
Ma’mun iltimosiga ko’ra loyihasini va barcha andozalarini qog’ozga tushirish
Ahmad Farg’oniyga yuklatilgan bo’lib, ushbu rasadxonalarning vazifalari,
ishlari, rejalari hamda ilmiy natijalarini tekshirib fanga kiritish ham ilmiy
rahbar Ahmad Farg’oniyning zimmasiga tushdi.
Xalifa Mutavakkil (847-861) tomonidan 861 yili Al-Farg’oniy
Qohira
yaqinidagi Fustat shahrigaNil daryosi suvi satxini o’lchash uchun yuboriladi.
Farg’oniyning bu sohada yasagan nilometr asbobi hozirgacha saqlanmoqda.
Farg’oniyning boy Me’rosi, asarlari hozir Kohira, London, Parij, Berlin
kutubxonalarida saqlanmoqda. SHuni ta’kidlash lozimki, Farg’oniy
asarlarining bilgan ko’p qismi hali to’liq o’rganilmagan va o’z tadqiqotchilarini
kutmoqda. 1998 yil kuzida mutafakkir qomusiy olim, yurtdoshimiz, xalqaro
miqyosdagi yetuk olim Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yillik o’lkan to’yi
mamlakatimizda, xususan, u to’g’ilib o’sgan Farg’ona vodiysi diyorida keng
nishonlandi, ajoyib ziyoratgoh tashkil etildi va olimga muhtasham haykal
yodgorlik o’rnatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: