§. Kombinatorikaning ehtimollar nazariyasiga tadbiqlari 48
§. Nyuton binomi va binomial koeffitsientlar 57
§. Kombinatorika elementlari va ehtimollar nazariyasiga oid test va
savollar 64
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 80
KIRISH
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika – bir-birga uzviy bog‘liq matematik fanlar hisoblanadi. Hozirgi paytda bu sohalar bo‘yicha olingan bilimlar turli kasb mutaxassislariga juda ham ham zurur. O‘z faoliyatini maqsadini aniqlay olish va unga erishish uchun shaxdam qadamlar qo‘yish – kompetentli, raqobatbardosh qobiliyatli mutaxassisning xarakterli xususiyati, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika esa har qanday fanga qaraganda ko‘proq shaxsning ijobiy o‘zgarishlari uchun yordam beradi.
Ommaviy tasodifiy jarayonlar qonuniyatlarini (ehtimollar nazariyasi fani) va kuzatishlar natijalarini qayta ishlash muhim usul va yo‘llarini (matematik statistika o‘rganadigan) bilish har bir kasbdagi mutaxassis uchun amaliy masalalarni yechishda qo‘l keladi. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikani o‘rganishni esa avvalo kombinatorika asoslari bilan tanishmasdan mumkin bo‘lmaydi.
«Kombinatorika» atamasi matematikaga Leybnits tomonidan kiritilgan bo‘lib, uni 1666 yilda chop etilgan «Kombinatorika san’ati to‘g‘risida mulohazalar» nomli kitobida birinchi marta qo‘llagan edi. Hozirgi vaqtda kombinatorik usullar informatsiya nazariyasi muammolarini, chiziqli dasturlash masalalarini yechishda, transport masalalarini yechish uchun va h.k.larni hal qilishda keng qo‘llanilmoqda. Kombinatorik masalalar nafaqat matematika go‘zalligini ko‘rsatishga, balki amaliy matematik masalarni yechishda yangi kompyuter texnoogiyalarining imkoniyatlarini ko‘rsatishga imkon beradi. Diskret matematikaning masalalaridan hisoblangan kombinatorik masalalar ko‘pincha ob’ektlarning turli kombinatorik konfiguratsiyalarini tanlashga va ular orasidan u yoki bu masala shartigav nuqtai nazaridan eng yaxshisini tanlashga olib kelinadi. Shuning uchun keng tarqalgan kombinatorik konfiguratsiyalarni hosil qilish algoritmlarini bilish masalani butunlay muvaffaqiyatli yechishning zarur sharti hisoblanadi.
Uslubiy qo‘llanmada matematika o‘qitishda kombinatorika elementlarini o‘rganish samaradorligini oshirish maqsadida kombinatorika fanining asosiy
tushunchalari, kombinatorika elementlarini o‘rganish xususiyatlari, o‘qitish jarayonida kombinatorika elementlarini o‘rgatish bilan birga o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan.