Oʻzbekiston respuplikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi muqimiy nomidagi qoʻqon davlat pedagogika instituti


Milliy taʻlim tizimidagi islohlarni amalga oshirishning institutsional asoslari



Download 0,65 Mb.
bet6/22
Sana12.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#660453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
GLOBOLLASHUV SHAROITIDA MILLIY TAʼLIM TIZIMIDAGI ISLOHATLARNI AMALGA (2)

1.3. Milliy taʻlim tizimidagi islohlarni amalga oshirishning institutsional asoslari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 4947-sonli Farmonining beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida “...ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini ragʻbatlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish” ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan hisoblanadi31. Har qanday sohani rivojlantirish uni samarali boshqarishga bogʻlikdir. Shu tufayli taʼlim tizmimidadagi islohotlarni amalga oshirishning institutsional jixatlarini oʻrganish hozirgi davrning muxim vazifasidir.
“Raqamli iqtisodiyotning” jadal rivojlanishi, taʼlim va yangi texnologiyalar bozorlari oʻrtasida oʻsib borayotgan oʻzaro bogʻliqlik, ijtimoiy yoʻnalishga qaratilgan axborot resurslarini kengayib borishi, bilimlar, texnologiyalar, mahsulot va xizmatlarning keng miqyoslarda yaratilishi va ulardan foydalanish mamlakatni innovatsion rivojlantirishning institutsional asoslari sifatida milliy innovatsiya tizimlarining yuzaga kelishini shart qilib qoʻydi. AQSHda oʻtkazilgan tadqiqotlar maʼlumotlariga koʻra, aynan milliy innovatsiya tizimlari XX asrning bosh yutugʻi deya eʼtirof etilmoqda32. Oʻzidan avvalgi industrial rivojlanishning qonuniy natijasi boʻlmish milliy innovatsiya tizim, amaliy foyda keltira oladigan institutlar tizimi sifatida, yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarga yetakchi texnologik taraqqiyotni taʼminlash va oʻz iqtisodiyoti raqobatbardoshligini eng yuqori pogʻonalarda ushlab turish uchun keng imkoniyatlar yoʻlini ochib berdi.
Global chaqiriqlarga javob tariqasida yuzaga kelgan aynan mana shu keskin jarayonlarsiz boshlangʻich innovatsiya boʻgʻinlari, innovatsiya faoliyati subyekt va obyektlarini yagona yaxlit boshqaruv tizimiga uygʻunlashtirib boʻlmas edi.33 Dastlabki shart-sharoitlar sifatida: tizimli taʼlim (texnologik zanjirlar, malakali kadrlar zaxirasi va h.k.), tarmoqli texnologiyalar, yagona axborot makoni, yagona iqtisodiy va huquqiy muhit, milliy miqyosga ega yirik loyihalar, davlatning integratsiyalovchi roli, jamiyatning innovatsion madaniyati va boshqalar shakllandi. YEI mamlakatlarida universitet innovatsiya markazlari, texnologiyalar transfert markazlari, texnologik brokerlar agentliklari, yangi texnologiyalarning mintaqaviy markazlarini rivojlantirish orqali amalga oshiriladigan universitetlar bilan sanoat kooperatsiyasi faol qoʻllab-quvvatlanadi. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda innovatsion menejmentga oʻqitish faol olib borilmoqda. Buni universitetlarda (Germaniya) tadbirkorlik boʻyicha kafedralar sonining ortib borishi, oliy oʻquv muassasalari bitiruvchilari uchun fan sigʻimi yuqori korxonalar masalalari boʻyicha oʻquv kurslarining (Buyuk Britaniya), rahbar xodimlar uchun innovatsion siyosat va innovatsion menejment boʻyicha maxsus kurslarning (Portugaliya), talabalar, menejerlar va kichik korxonalarning egalari uchun tadbirkorlik boʻyicha treninglar (Belgiya) tashkil etilishi orqali ham koʻrish mumkin34. Bilimlar iqtisodiyotiga oʻtish mamlakatda yangi bilimlarni milliy yoki global bozorlarda real (haqiqiy) xaridorlar (isteʼmolchilar)ini topa oladigan yangi texnologiyalarga, mahsulot va xizmatlarga samarali ravishda tijoratlashtirish imkoniyatlarini yaratuvchi umumiy bir tizimni shakllantirishni talab etadi35. Bunda iqtisodiyot tuzilmasi fan sigʻimi yuqori va yuqori texnologik tarmoqlar ulushi ortib boradigan tomonga oʻzgaradi. Tahlillarga koʻra, aksariyat korxonalarda olingan samaraning katta qismi maxsus bilimlarni qoʻllash, xodimlarni oʻqitish, hamkorlar va kontragentlar bilan tarmoq boʻyicha oʻzaro hamjihatlik qilish koʻrinishiga ega boʻlmoqda va innovatsiyalar faollashmoqda36. Xorijiy davlatlarning uzluksiz va koʻp pogʻonali taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha tajribasiga moslashuvi respublikada taʼlim faoliyatidagi yangi usul va texnologiyalarga oʻtishni talab etadi. (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-sonli qarori). Uzluksiz va innovatsiyalilik konsepsiyasiga asoslangan strategiyasi maqsad, mexanizmlari, iqtisodiy samara va ularni amalga oshirishdan qutilayotgan natijalarni aniq ifodalash lozim. U boshqa davlat va mintaqaviy dasturlari, avvalombor, aholini band qilish darajasini oshirish, usutvor tarmoqlarini modernizatsiya qilish strategiyasi, hududlarni rivojlantirish maxsus dasturlari va boshqalari bilan oʻzaro bogʻlangan boʻlishi muhim hisoblanadi (1.3.3-jadval). OTM faoliyatining muhim ustuvor yoʻnalishlari sifatida oʻqituvchilar resurslarini va taʼlim sifatini istiqbolli rivojlantirish, taʼlimning ilgʻor, interfaol shakllari va usullarini keng va barcha joyda qoʻllash hamda oʻquv jarayonini texnik va kommunikatsion jihozlash vazifalarini koʻrsatgan.37 Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimining boshqaruv jarayonlarini keng qamrovli modernizatsiyalash zarurati mavjud, buning sababi raqamli iqtisodiyotga oʻtilishi universitet va institutlarning faoliyatiga bir qancha talablarni kuchaytiradi, bular qatoriga quyidagilar kiradi:
1.3.3-jadval

Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan xuquqiy-myoriy xujjatlar (2017-2021yy.)38


Nomi

Qabul qilingan muddat

Maqsadi

1

“Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi”

№ - PF-4958-sonli, 2017-yil 16.02.

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimining sifati va samaradorligini tubdan oshirish, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim sohasini yanada takomillashtirish

3

“Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi”

№-PQ-2834-sonli, 2017-yil 15.03

Respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari va sohalari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish

4

“Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi”

№-PQ- 3151-sonli
27.06. 2017

Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta koʻrib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish

8

“Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”



№-PQ - 2909., 20.04.2017

Oliy taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta koʻrish

11

«Latviyaning axborot tizimlari menejmenti oliy maktabining Fargʻona shahridagi filialini tashkil etish toʻgʻrisida»

№ PQ-3952
26.09.2018

Respublika turizm tarmogʻi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish

13

“Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”

№-569-son
24.07.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish, oʻquv jarayoniga taʼlimning kredit tizimini joriy qilish orqali universitetni jahonning nufuzli universitetlari qatoriga kirishini taʼminlash

14

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʻlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida



2019-yil
8-oktabr,
PF-5847-son



Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʻlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak maʻnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, oliy taʻlimni modernizatsiya qilish, ilgʻor taʻlim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish

15

Oliy taʻlim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida



2019-yil
7-iyun,
467-son



Respublika oliy taʻlim muassasalari reytingini aniqlash tartibini yanada takomillashtirish

16

Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida



2020-yil
31-dekabr,
824-son



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida» 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son hamda «2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida» 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash

-raqamli iqtisodiyotga oʻtilishi bitiruvchilar kompetensiyalariga talablarni oʻzgartiradi (kommunikatsiya,kreativ fikrlash, guruxda ishlash va b.);
-ish beruvchilar va halqaro talablarni hisobga olgan holda oʻquv standartlari va dasturlarini tarkibiy qayta tuzish (taʼlim bozori talablariga moslashtirish, yangi kasblarni paydo boʻlishini inobatga olish, raqamli koʻnikmalarga ega boʻlish va b.);
-oʻquv jarayonini axborotlashtirishni maktabdan tortib oliy oʻquv muassasalarigacha kompleks dasturini ishlab chiqish va bu jarayonni yagona tizim sifatida boshqarish.
Hozirgi sharoitlarda oliy taʼlimning sifatini oshirish faqat mazkur sohada innovatsion jarayonlarni faollashtirish, taʼlim, ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatining integratsiyasini taʼminlash asosidagina amalga oshirish mumkin. Biznes-tuzilmalar sohasini iqtisodiyot tarmoqlarining oʻziga xos xususiyatlari, mintaqaviy jihatlarini hamda kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarning boshqaruv tarkibi darajasini hisobga olgan holda diversifikatsiyalash taʼlim tizimining yopiqligi bilan bogʻliq muammosini yechadi, uni tashqi taʼsirlarga ochib beradi, taʼlim mazmuni va oʻqitish texnologiyalarini doimo yangilab borishga olib keladi (2016-2020-yillarga “Taʼlim” axborot tizimi loyixalashtirish rejalashtirilgan, "Elektron taʼlim" milliy tarmogʻi shakllantirilgan va b.).
Oʻzbeksitonda toʻplangan tajriba shuni koʻrsatib turibdiki, taʼlim faoliyatining rivojlanishining innovatsion tavsifini taʼminlash nuqtayi nazardan bir vaqtning oʻzida quyidagi uchta jarayonlarni amalga oshiradigan oliy taʼlim muassasalar eng muvaffaqiyatli hisoblanadi:
-turli texnologiyalar, korxona, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarini rivojlantirish bilan bogʻliq loyigʻalarni ishlab chiqish;
-ham fundamental, ham amaliy tavsifdagi tadqiqotlarni olib borish;
-loyihaviy va tadqiqot vazifalarning oʻquv jarayonlari bilan integratsiyasiga koʻmak beruvchi taʼlim texnologiyalarni ishlab chiqish.
Taʼlim rivojlanishining innovatsion tavsifini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalarga yuqorida taʼkidlangan tavsiflarni oʻz ichiga oluvchi taʼlim dasturlarni yaratish va qoʻllab-quvvatlash kiradi. Taʼlimning barcha pogʻonalarda innovatsion tavsif yangi taʼlim texznologiyalarni joriy etish. interaktiv taʼlim shakllarini rivojlantirish bilan erishiladi. Taʼlim jarayoni sifatiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar orasidan zamonaviy axborot-kommunikatsion imkoniyatlardan foydalanishni alohida ajratish mumkin. Shuni aytish kerakki, ohirgi paytlarda ular mahalliy taʼlim metodikasiga turgʻun kirib borgan. Taʼlim sifati koʻpincha hozirgi kunda taʼlim jarayonida IT-texnologiyalarni qoʻllash darajasiga bevosita bogʻliq. Ilgʻor xorij davlatlarning tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, hozirgi dunyoda zamonaviy texnologiyalarni oʻzlashtirgan va oʻz tarmoqlarida yangi bilimlari bilan habardor boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash va oʻqituvchilarning malakasini oshirish IT-texnologiyalarni har sohada foydalanishsiz deyarli mumkin emas. Taʼlim muassasalarining oʻquvchilari axborotdan foydalana olish. ularni tashkil etish, ishlov berish, baholash hamda axborot hamjamiyat sharoitlariga muvaffaqiyatli moslashtirish uchun ularni yaratish maqsadida IT-texnologiyalardan foydalanishi mumkin.



Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish