2.2. Taʼlim tizimini takomillashtirish bilan raqamli iqtisodiyot rivojlanishining oʻzaro bogʻliqligini metodologik asoslari
Boshqaruv tizimini axborotlashtirilishi nafaqat davlat hokimiyati organlarining ishi samaradorligini oshirish, balki davlat va aholining oʻzaro ishlashi darajasini oshirish imkonini beradi. Elektron davlat boshqaruvi tizimlari quyidagilar hisobiga hukumatning ish samaradorligini koʻtarishga yordam beradi:
-boshqa davlat tuzilmalari tomonidan hukumat qarorlari va topshiriqlarining bajarilishini nazorat qilishning yuqori darajasini taʼminlash: istalgan vaqtda nazorat ostidagi organ ichida bu qanday yuz berayotganligini tekshirish mumkin (axborot-taxliliy va ochiq maʼlumotlar platformalari);
-davlat va xoʻjalik yurituvchi subyektlarni (shu jumladan universitettlar, institutlar va b.) boshqaruvining qoʻshimcha xarajatlarini kamaytirish;
-davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash (yagona darchalar, davlat xizmati koʻrsatish markazlari, onlayn xizmatlar va b.);
-byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish va fuqarolar jamiyati bilan yaxshiroq oʻzaro ishlashni taʼminlash (axborot tizimlarini shakllantirish, elektron raqamli qoʻl qoʻyish va b.).
Quyidagilar raqamli iqtisodiyotni boshqaruv tizimiga taʼsir etuvchi xususiyatlari qatoriga kiradi:
-IT-texnologiyalari barcha rivojlangan mamlakatlarda ustuvorligi boʻyicha birinchi oʻrinlarda turadi;
-deyarli barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyatida qonunchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan va davlat siyosatida yuqori ustuvorlikka ega boʻlgan IT-sektorini rivojlantirish milliy dasturlari qabul qilingan;
-IT-sektori yetarli darajada rivojlanmaganligi barcha sohalarda taraqqiyotni toʻxtatib turuvchi jiddiy omil hisoblanadi;
-turli mamlakatlarda IT-sektorini rivojlantirish sohasida qoʻllanayotgan choralar sezilarli darajada aynan oʻxshash va halqaro standartlar, reglamentlar va kelishuvlvr asosida amalga oshiriladi;
-bu sektorda yuqori rivojlangan intellektual salohiyatga (inson kapitalini ustuvorligini taʼminlangan) ega mamlakatlar (AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Tayvan, Singapur va b) yetakchi holatni egallaydi;
-dunyoda bironta mamlakat IT-sektorini jahon hamjamiyatidan ayrim holda rivojlantira olmaydi (global axborotlashgan jamiyat doirasida, Internet tizimi, elektron tijorat, masofaviy taʼlim texnologiyalari, raqamli taʼlim resurlari va b.);
-rivojlangan mamlakatlar (Germaniya, AQSH, Yaponiya, Kanada va b.) yuqori malakali mutaxassislarga (birinchi navbatda, fundamental matematik maʼlumotga ega boʻlgan dasturchilarga) ehtiyoj sezadi, ular bunday mutaxassislarni Hindiston, Rossiya va boshqa mamlakatlardan jalb qiladi;
-IT-sektorni mustaqil tarmoq sifatida shakllantirish professional bilimlarni markazlashtirishni, ularning ilgʻor rivojlanishi uchun mos keluvchi texnologik bazani va maxsus taʼlim siyosatini (yangi elektron oʻqish paradigmasi ) talab qiladi;
-globallashuv nuqtayi nazaridan mamlakatning jahon taʼlim tizimiga integratsiyasini taʼminlash (Bolonya jarayonlariga qoʻshilish, Erazmus dasturlarida qatnashish, halqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish, yetakchi universitetlarni filiallarini ochish orqali halqaro taʼlim standartlarini joriy qilish va b.) bu intellektual va innovatsion rivojlanishni raqobatli muhitda amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Raqamli taʼlim muxiti oʻz ichiga texnologik vositalarni (kompyuterlar, maʼlumotlar bazasi, kommunikatsiya kanallari, dasturaviy mahsulotlar va b.), axborot resurslarini (axborot-taxlil portallari, onlayn texnologiyalar va b.), tashkiliy tuzilmalarni (sifatni boshqarish markazlari, biznes-akseleratorlarni, kovorking markzalari va b.), raqamli savodxonlikga ega boʻlgan taʼlim jarayoni qatnashuvchilarini talab qiladi (professor oʻqituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar, texnik xodimlar va b.).
1.2.1-jadvalda40 raqamli taʼlim muxitini shakllantirishning asosiy tamoyillari keltirilgan.
Oʻzbekistonda toʻplangan tajriba hamda rivojlangan davlatlar faoliyatining tahlili shuni koʻrsatib turibdiki, innovatsion tavsifdagi mutaxassisni taʼyyorlashni taʼminlash murakkab va koʻp qirrali jarayon hisoblanadi . Masalan, har bir rivojlangan davlatida texnik yoʻnalishdagi mutaxassisni tayyorlash sifatiga qoʻyilayotgan talablar va muhandislik koʻnikmalarini tan olishga qoʻyilayotgan talablar mavjud.
1.2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |