Raqamli taʼlim muxitini shakllantirish tamoyillari
№
|
Tamoyillar
|
Mazmuni
|
1
|
Yagonalik
|
Raqamli texnologiyalarni yagona taʼlim tizimi va IT-texnologiyalri infratuzilmasini rivojlantirish bilan muvofiqlashtirish asosida qoʻllash
|
2
|
Maqsadlilik
|
Internet tarmogʻidan foydalangan holda oʻquv jarayonini, elektron kontentini va taʼlim texnologiyalarini yagona
maqsadga yoʻnaltirilganligi;
|
3
|
Raqobatbardoshlik
|
Raqamli texnologiyalarni qoʻllash asosida taʼlim xizmatlari bozorida raqobat muxitini shakllantirish
|
4
|
Maʼsuliyatlilik
|
OTM boshqarish jarayonida maʼmuriyat, professor-oʻqituvchilar va talabalarni taʼlim tizimini axborotlashtirish jarayonidagi maʼsuliyatini oshirish
|
5
|
Yetarlilik
|
Taʼlim xizmati istyemolchilarini raqamli talim muxitidan va resurslaridan qoniqishini taʼminlash
|
6
|
Foydalilik
|
Boshqaruv tizimini samaradorligini taʼminlash (xarajatlarni kamaytirish, boshqaruv sifatini oshirish, eletron xujjatlar almashuvini taʼminlash, elektron darsliklar, virtual laboratoriyalar va b.).
|
AQSHda universitetlarda muhandislik taʼlim dasturlari sifatni baholaydigan organ Accreditation Board for Engineering and Technology – Texnika va texnologiyalar sohasida akkreditatsiya boʻyicha kengash hisoblanadi.
Uning muhandislik taʼlimiga qoʻyiladigan talablari boʻyicha mezonlariga koʻra, bitiruvchilar quyidagi koʻnikmalarga ega boʻlishi lozim:
-tabiiy-ilmiy, matematik va muhandislik bilimlarni qoʻllash;
-tajribalarni rejalashtirish va olib borish, maʼlumotlarni tahlil qilish va izohlash;
-tizimlar, ularning unsur yoki jarayonlarini qoʻyilgan vazifalarga mos ravishda loyihalashtirish;
-fanlararo mavzusi boʻyicha ishlash, texnik muammolarni izohlash va yechish;
-texnik yechimlarning global va ijtimoiy oqibatlarini tushunish uchun zarur boʻlgan keng dunyo qarashini namoyish etish;
-muhandislik faoliyati uchun zarur boʻlgan koʻnikma va zamonaviy texnik usullarini qoʻllash.
Elektron hukumatsiz axborot jamiyatini rivojlantirib boʻlmaydi. Barcha aloqalar hukumat tuzilmalari va aholi oʻrtasida axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirilib, davlat xizmatlari koʻrsatish vaqtini qisqartirish va ularning sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Zamonaviy texnologik modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyotning yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi tarmoqlarini rivojlantirish, inson kapitalini qayta tiklashda innovatsion jarayonlarning rolini kuchaytirish, ayniqsa taʼlim tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiq holda kadrlar tayyorlashni tarkibiy qayta koʻrib chiqish, oliy maʼlumotli mutaxassislarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-sonli qarorining eng muhim maqsadi qilib qoʻyilmoqda. Mazkur qaror bilan oliy taʼlim tizimi boshqaruvini sifat jihatidan va tubdan takomillashtirish, moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilish, zamonaviy oʻquv-ilmiy laboratoriyalar va oliy taʼlim muassasalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash boʻyicha 2017-2021-yillarda oliy taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Hozirgi vaqtda taʼlim soxasi, jumladan, taʼlimning milliy tizimi xarajatlari global jahon bozorining yirik segmentlaridan biri hisoblanadi (uning hajmi 2017-yilda jami 5,5 trillion AQSH dollari miqdorida baholandi). Demografik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni hisobga olgan holda soʻnggi yillarda jahon taʼlim xarajatlarining oʻrtacha yillik oʻsishi 7,0%41 darajasida bashorat qilinmoqda. Shu bilan birga, taʼlim texnologiyalari va elektron taʼlim jahon taʼlim bozorining eng jadal rivojlanayotgan segmentiga aylanishi taxmin qilinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimi oldida bir qator muhim muammolar mavjud boʻlib, ular orasidan sifatni oshirish va barcha fuqarolarnin taʼlim resurslari va xizmatlaridan foydalanishida teng imkoniyatlarni taʼminlash zarurligiga alohida ahamiyat berish lozim. Jamiyatning barcha qatlamlarining keng koʻlamli taʼlim xizmatlarini olish ehtiyojlarini qondiradigan raqamli taʼlim muhitini yaratish, shuningdek, innovatsion texnologiyalar orqali erishilgan yutuqlarini joriy etish uchun mexanizmlar va zaruriy institutsional shart-sharoitlarni shakllantirish axborotlashgan jamiyatga oʻtish yoʻlidagi muhim vazifa hisoblanadi. Respublika Oliy oʻquv yurtlarida IT-texnologiyalarni joriy etish yangi taʼlim kontentini va yangi tarmoq texnologiyalarini talab qiladi, shu jumladan masofaviy taʼlim texnologiyalari taʼlim paradigmasining oʻzi oʻzgarishini, taʼlim standartlari va talablari, oʻqitish metodikasining oʻzgarishini keltirib chiqaradi va buning natijasida taʼlim sohasini boshqarish tizimining oʻzi oʻzgarishni talab qiladi. Jahon IT-texnologiyalarini rivojlantirish va ulardan foydalanish amaliyoti, birinchi navbatda, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida taʼlim jarayonini anʼanaviy shakllar, mexanizmlar, institutsional modellar va boshqarish vositalarini oʻzgartirish tendensiyasini namoyish etadi.
Telekommunikatsiya sohasining rivojlanishining ayrim jihatlari va ularning ijtiomiy-iqtisodiy jarayonlarga taʼsiri L.Reyman, N.Reznikov, M.Amaryan, S.Chudinov kabi olimlarning ilmiy ishlarida oʻz aksini topgan42. Bu ilmiy ishlarda oliy taʼlim tizimida quyidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda: universitetlar rivojlanishini boshqarishning turli modellarni shakllantirish, oliy taʼlim tizimida innovatsion faoliyatni boshqarishning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish, AC/DC vakolatiga asoslangan inson kapitalini rivojlantirish strategiyasi, tarmoq modellari infratuzilmasini yaratish taʼlim sohasida IT-texnologiyalarini joriy etish, raqamli iqtisodiyot tushunchalarini amalga oshirish va uning taʼlim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishga taʼsirini baholash.
Oʻzbekistonlik olimlar A.Aripov, T.Iminov, L.Shibarshova, M.Maxkamova, A.Qodirov, M.Maxmudov, X.Muxitdinovlarning ilmiy ishlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish masalalari va taʼlim tizimida innovatsion jarayonlarni boshqarish muammolarini koʻrib chiqganlar.43 Taʼkidlash joizki, taʼlim tizimining raqobatbardoshligini oshirish masalalariga bagʻishlangan ilmiy adabiyotlarda raqamli taʼlim muhitini rivojlantirish muammolari va uning boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligini oshirishga taʼsiri, shuningdek, ularning tashkiliy-boshqaruv mexanizmlarini shakllantirilishiga yetarlicha eʼtibor berilmadi.
Hozirgi sharoitda Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim xizmatlari bozori va uning asosiy subektlari-oliy oʻquv yurtlari innovatsion rivojlanishining turli jihatlarini oʻrganishga qiziqish uygʻonmoqda. Shu bilan birga, ularni IT-texnologiyalari orqali boshqarishning nazariy-uslubiy asoslari va samarali usullarini ishlab chiqish toʻliq aks ettirilmagan va bu mummolar chuqur oʻrganishni talab etadi.
Taʼlim tizimida innovatsion jarayonlarni boshqarish undagi fundamental qonuniyatlar bilan belgilanadi, bular qatoriga quyidagilar kiradi:
-tarkibiy (misol uchun, taʼlim jarayonlarini maxmunini uning maqsadi bilan bogʻliqligi, ilmiy-tadqiqot jarayonlarini taʼlim tizimi bilan uygʻunligi va b.);
-tizimli (bularga universitetlarning yangi innovatsion modelini shakllantirishda fan, taʼlim va innovatsion tadbirkorlikni integratsiyalashgan makonini yaratish, kreativ fikrlash va tanqidiy taxlil koʻnikamalarini shakllantirish va b.);
-evolyutsiya yondashuvi (taʼlim jarayonlarini vaqt mobaynida oʻzgarishi, yangi taʼlim texnologiyalarini paydo boʻlishi, raqamli kontentlarni rivojlanishi, LMS-Learning Management System tizimi va b.);
-funksional (boshqaruv funksiyalarini oʻzgarishi, professor-oʻqituvchilarni, talabalarni va universitet maʼmuriyatini vazifalarini oʻzgarishi va b.);
-axborotlashtirish (taʼlim jarayonlarini har hil boʻgʻinlarini axborot resurslari va muxiti bilan bogʻliqligi, boshqaruv tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish va b.).
Oliy taʼlimda axborot va kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish mamlakat raqobatbardoshligining tizim hosil qiluvchi omili sifatida muhim ahamiyatga ega boʻlishi ikki holat bilan izohlanadi:
-axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanish koʻnikmalari, axborot va kommunikatsiya savodxonligi asoslari, axborot oqimlari va texnologiyalarning tezkor almashishi sharoitiga moslashish koʻnikmalariga ega boʻlishi zamonaviy mehnat bozorining asosiy talabidir. Aynan mazkur malaka va koʻnikmalar (bilimlarni amaliyotda qoʻllay olish, kreativ fikrlash va h.k.) taʼlim jarayoniga ushbu vositalarni toʻlaqonli integratsiyasi holatida shakllanadi;
-kompyuter va internet orqali taʼlim olishning (shaxsga yoʻnaltirilgan) yangi shakllari va usullarini tadqiq etish, ilmiy asoslangan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitiga mos taʼlim paradigmasini oʻzgaritish uchun samarali instrumentlar hisoblanadi.
Taʼlimni axborotlashtirish, bilimlarni boshqarish jarayonining oʻziga xosligi tufayli foydalanilayotgan IT-texnologiyalarini maxsus tahlil qilish hamda ularni taʼlim tizimi doirasida keng koʻpaytirish imkoniyatlari talab qilinadi.44 boshqaruv sarf-xarajatlarini kamaytirish (elektron xujjatlar aylanishi tizimlarni joriy qilinishi), boshqaruv qarorlarini qabul qilishning maʼmuriy usullari bilan bogʻliq boʻlgan afzalliklar kiradi.
Ikkinchi guruh afzalliklariga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning samarali boshqaruv tizimini yaratish (oliy taʼlim muassasalari), davlat boshqaruvi organlari bilan taʼlim sektorining oʻzaro maʼlumotni elektron almashuv muhiti (“elektron hukumat” komponenti) kiradi. Bunda IT-texnologiyalardan foydalanishda davlat va OTMlar hamda fuqarolar ham oʻzaro manfaatdordir. 1.2.1-rasmda oliy taʼlim boshqaruv tizimini yanada takomillashtirishda raqamli taʼlim muhitini shakllantirishga metodologik yondashuvlar keltirilgan. 2017-2018 oʻquv yilida Respublikada 72 taʼlim muassasasi faoliyat yuritgan boʻlib, ulardan 27 universitet va 45 tasi boshqa turdagi taʼlim muassasalari hisoblanadi. Tahlil qilinayotgan davrda oliy taʼlim muassasalarida talabalar soni 297,7 ming kishini tashkil qildi va bu 2013-2014 oʻquv yiliga nisbatan 114,8% koʻp demakdir. Universitetlarda ushbu davrda talabalar soni 115,8 ming kishidan 140,2 ming kishiga oshdi yoki oʻsish 121,1% ni tashkil qildi, shu bilan birga ularning ulushi oʻquvchilar umumiy sonidan 47,1% ni tashkil qildi (2013-2014 oʻquv yilidagi 44,6% qarshi). Professor-oʻqituvchilar soni 2017-2018 oʻquv yilida 2013-2014 oʻquv yilidagi 23,15 ming kishiga nisbatan 25,11 ming kishiga oshdi, yoki uning oʻsishi 108,5% ni tashkil qildi. Shu bilan birga, tahlil qilinayotgan davr ichida ilmiy darajaga ega professor-oʻqituvchilar ulushi 8,32 ming kishidan 7,48 ming kishigacha kamaydi, yoki pasayish 10,1 %ni tashkil qildi.
Shu bilan birga iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalarining zarur mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda respublika mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun yuqori malakali mutaxassislarni oʻz vaqtida tayyorlash, oliy taʼlim mazmun-mohiyatini istiqbolli rivojlanish dasturlari, bevosita korxonalarda, muassasalarda ishlab chiqarish, texnik va texnologik munosabatlarga muvofiq shakllantirish, ixtisosligi va kasbi boʻyicha ishga joylashtirish bir qator oʻz yechimini toʻlaligicha topmagan dolzarb masalalarni oʻrganishni talab etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |