Oʻzbekiston respuplikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi muqimiy nomidagi qoʻqon davlat pedagogika instituti


III.bob GLOBOLLASHUV DAVRIDA MILLIY TAʼLIM SIYOSATINING 1 Globallashuv sharoitda OʻRNI



Download 0,65 Mb.
bet14/22
Sana12.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#660453
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
GLOBOLLASHUV SHAROITIDA MILLIY TAʼLIM TIZIMIDAGI ISLOHATLARNI AMALGA (2)

III.bob GLOBOLLASHUV DAVRIDA MILLIY TAʼLIM SIYOSATINING 1 Globallashuv sharoitda OʻRNI
3. milliy taʼlim tizimini takomillashtirishda
aborot komunniatsiyalarning oʻrni
3.2 Oliy taʼlim sohasini innovatsion jozibadorligini oshirishda it-texnologiyalaridan foydalanish
3.3 Oʻzbekistonda milliy taʼlim tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari
3.1 Globallashuv sharoitda milliy taʼlim tizimini takomillashtirishda aborot komunniatsiyalarning oʻrni
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida davlatimiz tomonidan taʼlimga berilayotgan eʼtibor tufayli nafaqat taʼlim sohasida qator yutuqlar qoʻlga kiritildi balki boshqa sohalarda ham erishilayotgan muvaffaqiyatlarda taʼlimdan kelayotgan tashqi foydalilikning ahamiyati kattadir. Yurtimizda erishilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka taʼlim tizimiga berilayotgan eʼtiborning samarasi sifatida qarashimiz mumkin. Taʼlimni rivojlantirishning ichki va tashqi foydalari samarasi sifatida jamiyat hayotining barcha jabhalarida rivojlanish va aholining faravonligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.
Respublikadagi oliy taʼlim muassasalarining innovatsion rivojlanish strategiyasini boshqarish usullari asoslab berilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti misolida), IT-texnologiyalari sohasida maqsadli dasturlar, alohida loyihalar va dasturdan tashqari tadbirlar vazifalar, muddat, resurslar boʻyicha oʻzaro bogʻlangan tizimni aniqlab berishi kerak:
-tadqiqot va ishlanmalarning raqobatbardosh sektorini yaratish, bunga uning rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish ham kiradi;
-intellektual mulkdan foydalanish va huquqlarini himoya qilish institutlarini rivojlantirish;
-maʼqul “innovatsion muhit”ni shakllantirish, bunga IT-texnologiyalar sohasida innovatsion faoliyat olib borish uchun sharoit yaratish kiradi;
-barcha sektorlarda mehnat unumdorligini oshirishni aniqlovchi IT-texnologiya sohasida muhim sektorlarni keng koʻlamli texnologik modernizatsiya qilish zarur;
-Oʻzbekiston IT-texnologiyalari sohasining dunyodagi yangiliklarni yaratish va qoʻllash jarayoniga uygʻunlashuv (integratsiya) darajasi, ikki tomonlama va koʻp tomonlama xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
-IT-texnologiyalar sohasida texnologiya, innovatsiyalar, fan, taʼlim sohasida inson kapitalini oʻstirish (Hindiston oliy oʻquv yurtlari 2 mln.dan ortiq ingliz tilini yaxshi biladigan hamda yaxshi muxandislik bilimiga ega mutaxassislarni tayyorlaydi. Hindiston axborot-kommunikatsiya sohasi uchun kadrlarni tayyorlash boʻyicha XXR, Rossiya, Meksika, Irlandiya Indiya va b. davlatlarga nisbatan eng yuqori raqobatbardoshlikka ega52);
-ilmiy-tadqiqot ishlarini dasturiy instrumental vositalar, sunʼiy intellekt komponentlari bilan taʼminlash (ekspert tizimlar, ilmiy bilimlar bazasi, multimedia-texnologiya vositalari bilanxalqaro tarmoqlarga ulanish);
-IT-texnologiyalar sohasida jamiyat, biznes va davlat manfaatlarini muvofiqlashtirishni taʼminlovchi interfaol rejalashtirish samarali tizimini yaratish (innovatsion klasterlar, texnologik parklarning xususiy-davlat hamkorligi.).
IT-texnologiyasi sohasi oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, istiqbolda iqtisod va hududlar real sektori sohasining, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarning kompleks rivojlanishi, amalga oshirilayotgan hudud va soha dasturlari talablarini hisobga olgan holda optimallashtirish;
oliy taʼlim oʻquv jarayoni, oʻquv reja va dasturlariga yangi pedagogik texnologiya va oʻqitish innovatsion usullarini keng tatbiq qilish, magistratura ilmiy-taʼlim jarayonini sifatli yangilash hamda zamonaviy tashkiliy shakllarni tatbiq qilish asosida yanada takomillashtirish;
yangi avlod elektron oʻquv adabiyotlarini yaratish va ularni OTMlarda oʻquv jarayoniga tatbiq qilish, OTMlarni zamonaviy oʻquv, oʻquv-uslubiy adabiyotlar bilan taʼminlash, shu jumladan, chet el adabiyotini sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazi bazasini yangilash;
pedagogik kadrlar kasb mahorati darajasi va sifatini uzluksiz oshirib borish, OTM bitiruvchilarini magistratura va PhD dasturlari boʻyicha oʻqitish, malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlari oʻquv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, oʻqituvchilar, mutaxassislarni jalb qilish;
universitet ilmiy salohiyatini mustahkamlash, ilm-fanning yanada rivojlanishi, akademik ilm-fan bilan uygʻunlashishni kuchaytirish, professor-oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijaviyligini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishga jalb qilish;
universitetni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash, talabalar, oʻqituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarga ilmiy adabiyotlar elektron katalogi va maʼlumotlar bazasidan foydalanishga imkoniyatlar yaratish.
2-jadvalda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti innovatsion faoliyati prognoz parametrlari keltirilgan. TATUda olib borilgan ijtimoiy tadqiqotlar asosida universitetning yosh olimlar va magistrlarining innovatsion faoliyatga boʻlgan munosabati oʻrganildi, respondentlar orasida oʻz imkoniyatlarini cheklaydigan quyidagi omillar aniqlandi, masalan, respondentlarning 38,9% tijoratlashtirish murakkabligi, 43,2% boshlangʻich rivojlanish infratuzilmasi 45,6% va 27,6% guruxli ishlarni tashkil qilishda va yetakchilikda qiyinchiliklarni aniqladi.
Oʻquv jarayonining sifatiga taʼsir koʻrsatadigan omillardan biri urbanizatsiyadan (ilmiy-taʼlim salohiyatini asosan yirik shaxarlarda joylashganini eʼtiborga olgan holda) tashqari zamonaviy axborot-kommunikatsiya imkoniyatlaridan foydalanish va taʼlim xizmatlari bozorini rivojlantirish (nodavlat taʼlim muassasalarining oʻsishi)ni taʼkidlash lozim. Taʼlim muassasalari kontekstida IT-texnologiyalarga asoslangan taʼlim texnologiyalaridan foydalanish zarurati ushbu muassasalardagi talabalar soni va bozorga yangi taʼlim texnologiyalarini bosqichma-bosqich tabiq qilish bilan belgilanadi (4.3.1-jadval).
Bugungi kunda oliy taʼlimning sifati koʻp jihatdan oʻquv jarayonida IT-texnologiyalarni qoʻllash darajasiga, oʻquvchilarning yangi taʼlim texnologiyalariga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlashga bogʻliq boʻlib, mustaqil taʼlim olishi va motivatsiyasi (ekspert baholash natijalari boʻyicha) asosida qurilgan. IT-texnologiyalarga asoslangan taʼlim texnologiyalaridan foydalanish zarurligi taxmin qilinayotganda quyidagi bosqichlar nazarda tutiladi:
I-bosqich. Respublika va uning hududlaridagi taʼlim xizmatlari bozorida IT -texnologiyalarga asoslangan yangi taʼlim texnologiyalarini ilgari surish (marketing tadqiqotlari, reklama, ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi, infratuzilmani shakllantirish, kadrlar tayyorlash va boshqalar4.3.1-jadval

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish