Mavzuni asoslash.
Bolalar va o’smirlar gigiyenasi soxasida ish olib boruvchi vrachning dolzarb vazifalaridan biri bu-mashg’ulot o’tkazish vktida bolalarni tez charchashini oldini olish va akliy ishlash kobiliyatini uzok vaqt davomida Yuqori darajada kshlab turish uchun qulay sharoit yaratishdir.buning uchun shifokor o’quv-tarbiya jarayoning tashkillashtirishga gigiyenik baxo berishga imkon beradigan tekshirish uslublarini bilishi va tekshiruv natijalariga kura o’quv-tarbiyaviy jarayonni mukobillashtiruvchi asoslangan gigiyenik tavsiyalarni berishi zarur.
Fanlararo va fan ichidagi bogliklik.
Bu mavzuni o’qitish anatomiya fiziologiya va pediyatriya fanlari bo’yicha bilimlarga asoslanadi dars davomida olingan ma'lumotlar o’rnini belgilashda muxim axamiyatga ega.
Mashg’ulot mazmuni.
Nazariy qism
Inson salomatligi-muxim ichki omillar majmui va tashqi taasurotlar ostida o’sish va rivojlanish davrida shakllanadi. Shu munosabat bilan o’sib kelayotgan yosh avlodning salomatligini saqlash va mustaxkamlashga qaratilgan ilmiy va nazariy fanning ya'ni bolalar va o’smirlar gigiyenasi fanining asosiy muammolaridan biri bu bolalar va o’smirlar kontingenti jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini o’rganishdan iboratdir.
Bolalar va o’smirlar axolisining salomatligi ularda kasalliklarning bor yoki yo’qligi bilan aniqlanibgina qolmasdan balki yoshiga mos ravishda uyg’un (garmonik ) rivojlanganligi, shuningdek organizmning asosiy ko’rsatkichlarining me'yoriy darajadagi xolati bilan belgilanadi.bolalar va o’smirlar gigiyena vrachi o’zining amaliy ishi davrida bolalarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini xisobga olgan xolda ularni o’qitish va tarbiyalash uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan ishlarni olib boradi. Bu ko’rsatkichlar asosida bolalar va o’smirlar salomatligini saqlash va mustaxkamlashga qaratilgan profilaktik chora- tadbirlar ishlab chiqiladi va xayotga tatbiq etiladi.
Bolalar va o’smirlar kontingenti salomatlik xolatlariga tavsiya berish uchun kasalliklarni va patologik jaroxatlanishlarning tarqalganliklarini xisobga olgan xolda quyidagi ko’rsatkichlardan keng foydalaniladi. Murojatlar bo’yicha kasallanishni aniqlash, salomatlik indeksi, epizodik kasallanish, tez-tez kasallanuvchi bolalar soni va patologik jaroxatlanish.
Mashg’ulotda qo’llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar.
“ISSIK KARTOSHKA”
“ISSIK KARTOSHKA” USULINI QO’LLASH
Bolalar va o’smirlar jismoniy rivojlanishni tekshirish usularini baxolashda qo’shimcha issiq kartoshka usulidan qo’llaniladi.
Bu usulni talabalarni birlamchi bilimini xamda mashg’ulotda olgan bilimini o’zlashtirish darajasini nazorat qilishda qo’llash mumkin.
Kartoshka issiq turadi pishgan qo’lni kuydirdi deb faraz qilinadi va uni talabalar bir-biriga qo’lma-kul davra tuzib uzatishadi
O’qituvchining to’xtang degan kamandasi yangragan paytda kortoshka qaysi talabani qo’lida bo’lsa o’sha talaba o’qituvchining bergan savoliga javob berishi kerak.Shu tarzda davra bo’yicha kortoshka qo’lma kul aylanib kimda tuxtasa o’sha talaba savolga javob berib boradi. Xar bir savol javobga o’qituvchi kommentariy berib boradi. Protokol tuzilib unda talabalar savolga javobi belgilanib boriladi.Darsga yakun yasalganda o’qituvchi xar bir talaba ballarini xisoblab umumiy ball chiqariladi.
Javoblar quyidagicha baxolanadi:
A) aniq to’liq javob - 5 ball
B) javob bera olmaslik -0 ball
Do'stlaringiz bilan baham: |