Taxliliy qism.
Talabalarga beriladigan savol variantlari
1.Tayyorlov katta o’rta va kichik guruxlaridagi asosiy mashg’ulotlarning davomiyligi va tarkibi?
2.Tayyorlov kata o’rta va kichik guruxlaridagi asosiy mashg’ulotlarning kun tartibida tutgan o’rni?
3.Xar bir guruxdagi ushbu mashg’ulotlarning kun va xaftadagi soni?
4.Tayyorlov katta o’rta va kichik guruxlar kun tartibiga gigiyenik baxo berish?
5.Kun boshidan to oxirigacha mashg’ulot davomida bolalari tizimining funksional xolatining o’zgarishidan foydaniladi?
7.Jismoniy rivojlanish standartlarini ishlab chiqarish tartib qoidalarini tushintirib bering?
8.Jismoniy rivojlanish standartlarini ishlab chiqarishda yoshga boglik ravishda tana uzunligi va vazni ko’krak kafas aylanasining variatsion katorning sinfiy intervallarini aytib bering?
9.Regressiya shkalasini tuzish mezonlarini tushuntirib bering?
“QORBO’RON” usulidan foydalanish
Buning uchun gruxdagi talabalar teng 2 ga bo’linadi. xar bir komandaga kapitanlar tayinlanadi. Xar bir komanda rakib komandaga berish uchun 5-10 dan, davomida 3-4 tadan savol tayyorlashadi.
Tayyorlanib bqlingach komanda kapitanlari eng yaxshi kizikarli tuzilgan savollarni tanlab oladi. Komandalar navbat bilan bir-birlariga savol beradilar.
Tayyorlanishga 1 daqiqa beriladi. Javob 1-2 daqiqa davomida beriladi. xar bir savol javobini to’g’riligini sifatini o’qituvchi sharxlab turadi, protokolda savol-javob va qo’shimcha javoblar ko’rsatiladi. Javoblarga 5 ballik sistemada baxo qo’yiladi. Qo’shimcha javoblarga quyidagi kriteriyalarda baxo qo’yiladi:
to’g’ri qo’shimcha 1 ball, qisman qo’shimchaga 0,1 dan 0,5 ballgacha, noto’g’ri qo’shimcha uchun umumiy balldan - 0,5 ball olib tashlanadi.
Xulosada o’qituvchi xamma ballarni jamlaydi (xar bir komandaniqini aloxida) va 6 ga bo’linadi (3 ta savol-3 ta javob) xosil bo’lgan 80 ball komandaning bir a'zosiniki xisoblanadi. Komandaning aktiv a'zosiga umumiy ballga 0,5 ball ko’shiladi. Passiv a'zolaridan 0,2- 0,3 ball shtraf ball olinadi.
Vaziyatli masalalar:
Masala №1.
7 yoshli shaxarda istiqomat kilayotgan o’g’il bolaning jismoniy rivojlanishi ko’rsatkichlar quyidagicha: bo’yi 122 sm, tana vazni 26,4 kg, ko’krak qafasining aylanasi 61,1sm. ushbu yosh guruxi uchun standart ko’rsatkichlari quyidagicha: bo’yi uchun 121,5 sm, vazni uchun-24,4 kg, ko’krak qafasi aylanasi uchun-61,1sm, ushbu yosh ko’rsatkichlari uchun sigma belgi ko’rsatkichi: bo’y uchun-0,1 sm, vazni uchun 2,3 kg, ko’krak qafasi aylanasi 3,3 sm. bolaning jismoniy rivojlanishiga regressiya shkalasi bo’yicha baxo bering.
Masala№2.
Toshkent viloyatining axoli kam yashaydigan joyida 290 o’ringa mo’ljallangan, bolalar bog’chasining binosi 3 qavatli,blok tarkibida ko’rilgan. Xizmat ko’rsatish doirasi 2 km. Binoda quyidagi xonalar: 12 ta gurux yacheykalari, musiqa va gimnastika zallari, uslubiy xonalar, tibbiy va ma'muriy- xo’jalik xizmati xonalari, oshxona va kir yuvish xonalari joylashtirilgan. Yasli guruxining gurux yacheykasi xonasi 2-chi qavatda joylashtirilgan bo’lib 25 ta bolaga mo’ljallangan. Maktab oldi guruxlarining 6 tasiga bitta umumiy tashqariga chiqadigan yo’lak ajratilgan. Keltirilgan ma'lumotlarga gigiyenik baxo bering.
Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.Talabalarga beriladigan savol varianlari:
Og’zaki:
1.Tayyorlov, katta, o’rta va kichik guruxlaridagi asosiy mashg’ulotlarning davomiyligi va tarkibi?
2.Tayyorlov, katta, o’rta va kichik guruxlaridagi asosiy mashg’ulotlarning kun tartibida tutgan o’rni?
3.Xar bir guruxdagi ushbu mashg’ulotlarning kun va xaftadagi soni?
4.Tayyorlov, katta, o’rta va kichik guruxlar kun tartibiga gigiyenik baxo berish?
5.Kun boshidan to oxirigacha mashg’ulot davomida bolalari organizmining funksional xolatining o’zgarishi?
6.Kern-Irazeka testi yordamida bolalarning maktabga yetukligini aniqlash?
Do'stlaringiz bilan baham: |