YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA « jismoniy rivojlanish standartlari va ularni ishlab chiqish » mavzusi bo’yicha
«doira stol» ishbilarmon o’yini
Bu usul yordamida talabalarning dastlabki bilim darajasi baholanadi va mustahkamlanadi.
Guruh talabalari 2-3 kishidan iborat kichik guruhlarga (KG) bo’linadi. Har bir KG ga savol yozilgan varaqalar tarqatiladi 1-2 daqiqa davomida har bir KG savolga javob yozadi, so’ng javob yozilgan savol keyingi KG ga uzatilib, ulardan boshqa savol olinadi. Agar 6 ta KG tashkil etilgan bo’lsa, 12 daqiqa davomida javoblar yoziladi, 12 daqiqadai so’ng o’qituvchi javob yozilgan qog’ozlarni yig’ib oladi, har bir KG tartib bo’yicha raqamlanadi va javob varianti to’g’risida tartib raqami qo’yilishi so’raladi. Har bir qog’ozda bitta savolga berilgan 6 ta javob varianti keltirilgan bo’ladi. O’qituvchi har bir javobga olingan 6 javob variantini o’qib beradi. Olingan eng to’g’ri javobga yuqori ball qo’yiladi va qolgan javoblarga mos ravishda pastroq ballar qo’yiladi.
Talabalarga mavzu bo’yicha quyidagi muammoli savollar
berilishi mumkin
1. Jismoniy rivojlanish standartlari qanday ishlab chiqiladi?
2.Jismoniy rivojlanish standartlarini ishlab chiqishda qanday ma'lumotlardan foydalaniladi ?
3.Jismoniy rivojlanish standartlarini ishlab chiqish tartib-qoidalarini tushuntirib bering.
4.Jismoniy rivojlanish standartlarini ishlab chiqarishda yoshga bog’liq ravishda tana uzunligi va vazni, ko’krak qafas aylanasining variatsion qatorning sinfiy oraliqlarni aytib bering.
5.Regressiya shkalasini tuzish mezonlarini tushuntirib bering.
MUSTAQIL TAYYORLANISH UCHUN O’Z-O’ZINI NAZORAT SAVOLLARI 1. Jismoniy rivojlanish standartlarini olish uchun sanitariya shifokori qanday chora - tadbirlar o’tkazadi?
2. Regionar standartlardan foydalanish shartlarini tushuntirib bering.
3. Jismoniy rivojlanish standartlarini ishlab chiqish uchun yosh guruhlardagi bolalarning soni qancha bo’lishi lozim?
4. Standartlar ishlab chiqarishda salomatligida qanday o’zgarish bo’lgan bolalarning jismoniy rinojlanish ko’rsatkichlaridan foydalanmaydi va nima uchun?
5. 1 yoshgacha, 1 yoshdan - 3 yoshgacha, 3 yoshdan - 7 yoshgacha va 7 yoshdan katta bolalar jismoniy rivojlanish standartlari ishlab chiqilayotganda, yosh guruhlari qanday aniqlanadi?
6. Jismoniy rivojlanish standartlarini ishlab chiqishda qanday ma'lumotlardan foydalaniladi?
7. Jismoniy rivojlanish standartlarini ishlab chiqish tartib - qoidalarini tushuntirib bering.
8. Jismoniy rivojlanish standartlarini ishlab chiqarishda yoshga bog’liq ravishda tana uzunligi va vazni, ko’krak qafas aylanasining variatsion qatorning sinfiy oraliqlarni aytib bering.
9.Regressiya shkalasini tuzish mezonlarini tushuntirib bering
10.Bolalar va o’smirlar salomatlik holatini dinamik kuzatishdan maqsad nima?