Motivatsiya
Talabalarni kasbiy tayyorlashda muhimliligini qayd etgan holda mavzuni o’rgatish. BO’G bo’lim vrachining asosiy ish faoliyatni baxolovchi SEO va JSX boshqarmasi BO’GBda OSN xujjatlarni o’rganish va taxlili qilish va yuritishni.Bulajak davlat sanitariya vrachariga SEO va JSX boshqarmasi BO’GBda ish yuzasidan ogoxlantiruvchi sanitariya nazorati o’rnatish davomida xujjatlarni to’ldirish va to’lg’azish tartibi orqali yuqori darajadagi javobgarlik va ma'suliyatlilikni o'rgatishdan iborat va talabalarni fikrlash qobiliyatini , mustaqil muloxaza yuritishni va mantqiy fikirlashni ushbu mavzu bo’yicha rivojlantirish
Tashqi va ichki fanlararo bog’liqlik
Shu mavzuni o’qitishda talabalar anatomiya, fizlologiya, pediyatriya va xalq ta'lim vazirligi asosan tashkillashtirilgan bolalar muassasalari. xalq ta'limi bo’limlari, tibbiyot xizmat tarmoqlari bolalarni sog’lom tarbiyalashda katta axamiyatga ega. Tashkillashtirilgan bolalar va o’smirlar muassasalari uchun gigiyenik tavsiyalar va sog’lomlashtiruvchi ishlarni tashkillashni ilmiy asosda ishlab chiqish bilan BO’G shug’ullanadi. Boshqa fanlardan BO’Gning farqi shundaki, bu fan ishlab chiqqan gigiyenik me'yorlar va talablar o’sib rivojlanayotgan organizmlar uchun tatbiq etiladi. Barcha gigiyenik me'yorlar va sog’lomlashtiruvchi ishlarni tashkillashtirishda o’sib, rivojlanayotgan bolalar organizmining morfologik, funksional, psixologik holatining o’ziga xosligi asos qilib olinadi.
NAZARIY QISM
MASHG’ULOTNING QISQACHA MAZMUNI.
Maktabgacha tarbiya muassasalarining loyihasini sanitar - gigiyenik ekspertiza qilishda Respublikamizda ishlab chiqarilgan sanitariya me'yor va qoidalardan foydalaniladi. Ushbu sanitariya me'yor va qoidalarining talablariga binoan MBMlarda bolalarning yosh guruhlari va soni quyida keltirilgan tartib asosida jamlashtirilishi kerak. Yasli -ilk bolalik davridagi birinchi guruhda (1 yoshgacha) bolalarning soni 10 tadan oshmasligi kerak, ilk bolalik davrining ikkinchi guruhida (1 dan 2 gacha) bolalarning soni 15tadan, birinchi kichik guruhda ham ( 2 dan 3 yoshgacha) bolalarning soni 15tadan oshmasligi kerak va maktab oldi guruhlarida-ikkinchi kichik guruhda (3 dan 4 yoshgacha) bolalarning soni 20 tadan oshmasligi kerak, o’rta guruhlarda (4-5 yoshgacha) bolalarning soni 20 tadan, katta guruhlarda (5-6 yoshgacha) bolalarning soni 20 tadan va tayyorlov guruhida bolalarning yoshi 6 dan-7 yoshgacha bolalarning soni esa 20 tadan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |