O’zbekiston respulikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


MASHG’ULOTNING QISQACHA MAZMUNI



Download 10,34 Mb.
bet77/140
Sana27.03.2022
Hajmi10,34 Mb.
#513220
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   140
Bog'liq
3 kurs 6 semestr majmua

MASHG’ULOTNING QISQACHA MAZMUNI.
Bolalarva o’smirlarni antropometrik usul bilan tekshirilganda alohida qiymat ko’rsatkichlaridan (bo’yi, tana vazni, ko’krak qafasi aylanasi, O’TS va h.k.) o’rtacha standart jismoniy ko’rsatkichlarni olish uchun variatsion qatorlar ishlab iladi.
Bularga sog’ligida kuchli ifodalangan siljishlar bo’lgan: endokrin kasalliklar, suyak sili, poliomiyelit asorati, uzoq muddatli surunkali intoksikatsiya (sil, revmatizm), shuningdek, yaqindagina og’ir yuqumli kasalliklarni boshidan o’tkazgan bolalar kiritilmaydi. Ilk yoshdagi bolalar tekshiruvi qatoriga, rivojlangan raxit, Sh darajalk gipotrofiya, chala to’g’ilgan va egizaklar kiritilmaydi. Jismoniy rivojlanish standartlarini statistik hisobotini ishlab chiqish uchun sog’lom bo’lgan salomatlik holatida o’zgarish bo’lmagan bolalarning ma'lumotlari olinadi.
Variatsion qatorlarni ishlab chiqarish uchun olingan materiallar nafaqat salomatligi bo’yicha bo’yicha, jinsi, yoshi, yashash joyi, etnik (irsiy) kelib chiqish va iqtisodiy ahvoli bo’yicha ham bir jinsli bo’lishi kerak.
Jismoniy rivojlanishni o’rganishda tekshirish vaqti va tekshiriluvchining to’g’ilgan kuni to’g’ri solishtirish yo’li bilan uning yoshi aniq ko’rsatiladi.
Tekshirish vaqti va tekshiriluvchining to’g’ilgan vaqti oralig’idagi yillarda, oylarda, kunlarda ko’rsatilgan vaqti uning aniq yoshini ko’rsatadi. Tekshiriluvchining yoshini va yosh guruhini aniq bilish, keyingi guruh tekshiriluvchilari ma'lumotlari bilan yoshi bo’yicha aniq oraliq masofani ta'minlashga imkon yaratadi. (jadval 1)
Yangi to’g’ilgan bolalar - alohida guruhlarga ajratiladi va hayotning birinchi soatlarida tana vazni va bo’yi o’lchanadi.
Bir yoshgacha bolalar - 1 oylik oraliq farq bilan yosh guruhlariga ajratiladi:
1 oylik bolalarga 16 kundan to 1 oyligu 15 kungacha bo’lgan bolalar;
2 oylikka 1 oy І6 kundan to 2 oy 15 kunliklar;
3 oylikka 2 oy 16 kundan to 3 oyligu 15 kungacha va hokazo bolalar kiradi.
3 yoshdan 7 yoshgacha - bolalar 6 oylik farq bilan guruhlanadi: 3 yoshliklar guruhiga - 2 yosh 9 oydan to 3 yosh 2 oy 29 kunlikkacha bo’lgan bolalar kiradi;
3 yosh 6 oyliklar guruhiga esa 3 yosh 3 oydan to 3 yosh 8 oy 29 kungacha bo’lgan bolalar kiradi;
4 yoshlilar guruhiga 3 yosh 9 oydan to 4 yosh 2 oy 29 kunlik bolalar kiritiladi va hokazo.
O’smirlar guruhiga 7 yoshdan to 18 yoshgacha oraliq qabul qilingan, bu yoshdagi bolalar 1 yosh farq bilan guruhlarga bo’linadi, 7 yoshlilar guruhiga 6 yosh 6 oylikdan to 7 yosh 5 oy 29 kunliklar, 8 yoshdagilarga 7 yosh 6 oydan to 8 yosh 5 oy 29 kungacha bo’lganlar va h.k. Har bir yosh va jinsi guruhi uchun standartlar ishlab chiqishda kamida 100 ta kartadan olingan ma'lumotlardan foydalaniladi.
Hujjatlarnn yosh va jins bo’yicha ajratib bo’lingandan so’ng har birini alohida belgi bo’yicha variatsion qator tuzishga kirishiladi. Variatsion qatorlar jismoniy rivojlanishni keng chegarasi o’zgarishlari bilan z'tiborni qaratadi.
Variatsion qatorni tuzish uchun avvalo eng kichik ko’rsatki (min) va eng katta ko’rsatkich (max) topiladi, so’ngra kichigidan kattaga qarab joylashtirilib chiqiladi.
Yosh guruhlar oralig’i (turli xil keltirilgan variantlar oralig’idagi) - keltirilayotgan ko’rsatkichlarning ketma-ketlik darajasiga muvofiq belgilanadi. Jismoniy rivojlanish materiallarini o’rganishda amaliyotda sinfiy oraliqlardan foydalaniladi: bu bo’y uchun - 7 yoshgacha - 1 sm, 7 yoshdan yuqorisiga - 2 sm. qabul qilingan. Tana vazniga sinfiy oraliq - 1 yoshgacha bo’lgan bolalarga 300 g, 1 yoshdan 3 yoshgacha - 500 g, 3 yoshdan 7 yoshgacha - 1 kg, 7 yoshdan kattalar uchun - 2 kg.ni tashkil qilishi kerak. Ko’krak qafasi aylanasi uchun sinfiy oraliq - 3 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun - 1 smni, 7 yoshdan kattalarga esa - 1sm. bo’lishi lozim.
Sinfiy oraliq bo’y uchun 1 sm. bo’lganda, 120 sm.li o’rtacha variantga hamma 119,5 dan to 120,4 sm.gacha bo’lgan belgilar olinadi, 121 sm.ning o’rtacha varianti 120,5 dan to 121,4 sm.gacha bo’lgan holatlar kiradi va h.k. Sinf oralig’i 2 sm bo’lganda sinfiy chegaralari quyidagicha: 115,5 - 117,4; 117,5 - 119,4; 119,3 - 121,4 sm. va h.k.
Bunday holatda, variatsion qatorni tuza turib, har bir sinf uzunligi o’rtacha kattaligi topiladi - «sinf o’rtachasi» u har bir sinflar yig’indisining yarmiga teng. Demak, «sinf o’rtachasi» 115,5 - 117,4 sinfi uchun 116,5 sm ga, 117,5 - 119,4 uchun 118,5 va h.k. ga teng. Bularga mos holda qator quyidagigcha tus oladi: 116,5; 118,5; 120,5; 122,5; 124,5 sm va h.k.
Tabiiyki, sinf oralig’i 1 bo’lgan (1kg, 1sm) variatsion qatorni tuzish qulay. Bu holat 7 yoshdan yuqorilar uchun qo’llanilishi mumkin, max - min va sinf oralig’ini bilib variatsion qator tuziladi. So’ngra kartalarni tartib bilan joylashtirilib, har bir holat alohida belgilanadi (U) bu xarakat natijasida har bir holatni variatsion qatorda bo’linadi va chastotasi belgilanadi (R) holat qaytarilish soni belgilanadi.
So’ngra variatsion qatorni asosiy parametrlari olinadi o’rtacha arifmetik - (M) o’rtacha kvadratik og’ish - (d), o’rtacha arifmetik xatolik-{m(M)} va variatsiya koeffitsiyenti - Sѵ hisoblab topiladi.
n=133; Udp = 31; Ud2p = 2121;

Udp 31
M = M1 + —— = 120 + —— = 120 + 0,23 = 120,23


N 133

Ud2p (Udp)2 2121


d = yo√ ——— – ——— = yo √ ——— – 0,232 = yo 3,99
n n 133

d 399
m (M) = yo —— = ——— = yo 0,35


√n 11,53

d x100 3,99 x 100


CV = ——— = —————— = 31,5%
M 120,23
O’rtacha arifmetik va o’rtacha kvadratik og’ish ko’rsatkichlari hisoblash materiallarini moment usul yordamida topish maqsadga muvofiqdir. Shu usul yordamida statistik ma'lumotlar oson ravishda hisoblab topiladi. Shu usul ishlab chiqilgan parametrlar asosida har bir ko’rsatkichga nisbatan jismoniy rivojlanish standartlari tuziladi.
Jismoniy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlari orasida bir-biriga bo’lgan quyidagicha bog’liqlik mavjuddir, ya'ni baland bo’yli bolalar tana vazni va ko’krak qafasining aylanasi ham katta bo’ladi, ayrim hollarda aksincha. Statistik ishlash tufayli jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini korrelyativ bog’lanishlar usuli yordamida aniqlanadi. Bu maqsadda tana vaznining bo’y uzunligi va ko’krak aylanasining bo’y uzunligi bilan korrelyatsion bog’lanish tuziladi.
Korrelyatsion panjara yordamida miqdorda ko’rsatilgan parametrlar uchun min, max, M, m, korrelyatsiya koeffitsiyenti, regressiya koeffitsiyenti, sigmal og’ish topiladi. Bu parametrlar yordamida regressiya shkalasi ko’rinishidagi baholovchi jadval tuziladi (2 ilovaga qaralsin).
Regressiya shkalasining 1 grafasida sigmal og’ish chegaralari ko’rsatilgan. 2 grafada 1 sm.li oraliq bilan bo’y uzunligi variantlari max dan to min gacha ko’rsatilgan.
Bo’y uzunligi variantlari 5 ta guruhlarga (o’rta, o’rtadan baland, baland, o’rtadan past, past) o’rtacha arifmetik (') dan og’ish darajasiga bog’liq holda bo’lingan.
O’rtacha qilib (M+1d), o’rtadan baland (M-1,1d)dan (M+2d) gacha, baland (M+2,1d) dan yuqori, o’rtadan past M-1,1d dan M -2d gacha va past qilib M -2,1d oralig’idagi kattaliklar olingan.
3 grafada o’rtacha arifmetik tana uzunligi qarshisida o’rtacha arifmetik tana vazni berilgan. Tana vazni variantlari o’rtadan yuqoriga qarab regressiya koeffitsiyentiga mos ravishda uzoqlashadi, pastga ham shu kattalikka mos holda qo’shiladi.
4 grafada ham xuddi shy tartibda ko’krak qafasining aylanasi variantlari berilgan. Baholovchi jadvaldan bo’y uzunligi qzgarganda, tana vazni va ko’krak qafasi aylanasi qanday o’zgarishlarini ko’rish mumkin.

Jamoa va individumni jismoniy rivojlanganligini baholash


Jismoniy rivojlanish biologik qonuniyatlarga bo’ysungan holda, jamiyatning iqtisodiy holatiga ham bog’liqdir. Shuning uchun ham tibbiyot fani nazariyasi va amaliyotida jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari aholining sanitar holatini baholovchi ko’rsatkichlardan biri sifatida qo’llanilib, bolalar va o’smirlar muassasalarida, bolalar poliklinikalarida, o’smirlar kabinetlarida tashkillashtirilib, davriy ravishda o’tkaziladigan chuqurlashtirilgan tibbiy ko’riklarda jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari muntazam aniqlanadi va baholanadi.
Jismoniy rivojlanishni individual baholashda - yaqin vaqtgacha sigmal og’ish usuli qo’llanilgan. Bunda jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari o’rtacha arifmetik ko’rsatkichlarni yosh - jins bo’yicha grafik ifodalangan turiga asoslangan. Bu usulni qo’llash shundan iboratki, individni jismoniy ko’rsatkichlari (bo’yi, og’irligi, ko’krak qafasi aylanasi) standartlar jadvalidan olingan yuqoridagi ko’rsatkichlarni yosh jinsiga mos keluvchi guruhni o’rtacha arifmetik ko’rsatkichlari bilan taqqoslanadi.
Tekshiriluvchi ma'lumotlari tabiiyki, u yoki bu darajada o’rtacha ko’rsatkichdan yuqori tarafga yoki pastki tarafga farq qiladi. Ularni qanchalik farq qilishi haqida fikr yuritish uchun tegishli ishorali (+ yoki -) ko’rsatkichni o’rtacha kvadratik og’ishga bo’linadi (d) bunda sigmal og’ish topiladi. Shunday usul bilan tegishli individni ko’rsatkichi amalda o’rtacha arifmetikdan qancha sigmaga shu yoshlar guruhi bo’yicha farq qilishi aniqlanadi. Qz navbatida tana uzunligi, og’irligi, ko’krak aylanalari uchun ham sigmal og’ishlar topiladi. Sigmal og’ishlarni kattaliklariga qarab, jismoniy rivojlanganlik darajasiga baho beriladi. Jismoniy rivojlanganlikni o’rtacha, o’rtadan yuqori, yuqori, o’rtadan past va past turlari ajratiladi. Bu usulni kamchiligi har bir jismoniy rivojlanganlik ko’rsatkichlari alohida- alohida, bir-biridan ajralgan holda baholanishidir.
Hozirgi paytda jismoniy rivojlanganlikni baholovchi jadval yordamida - regressiya shkalasi bilan aniqlash usuli keng qo’llanilmoqda. Bu usul jismoniy rivojlanganlikni asosiy ko’rsatkichlarining yig’indisini hisobga olgan holda baholash imkoniyatini beradi, lekin bu usulni yakka holda ishlatish hozirgi zamon talablariga javob bermaydi, chunki bolani jismoniy rivojlanish holati haqida to’liq ma'lumot bermaydi. Usul faqat morfologik status ma'lumotlarini berib, biologik rivojlanish darajasini ochib bera olmaydi. Shu bilan birga malumki, individual rivojlanish darajasi - tempi ixtiyoriy yosh guruhlarda bir xil emas, ya'ni qz tengqurlaridan ilgarilovchi yoki ortda qoluvchilar mavjud. Bunday bolalar aytarli ko’p emas, lekin bu narsani e'tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Yuqoridagilarni e'tiborga olgan holda, jismoniy rivojlanganlikni kompleks baholash sxemasi taklif etilgan. Bunda biologik rivojlanish darajasi va organizmni morfofunksional holati hisobga olinadi.
Bu usulda jismoniy rivojlanishnn baholash ikkita bosqichda olib boriladi.
Birinchi bosqich - biologik rivojlanganlik darajasi tana uzunligi, tana uzunligini yillar bo’yicha ortishi va uning yillik qo’shimchasi, doimiy tishlar soni, ikkilamchi jinsiy belgilarni shakllanishi, qizlarda menstruatsiyani boshlangan vaqtlari bo’yicha aniqlanadi. Bu ko’rsatkichlar qzaro bog’langan bo’lib bir-birini tqldirib boradi. Ular chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik rejasiga kiritilgan bo’lishi kerak. Yillar bo’yicha bo’y uzunligi o’sishi o’tgan yilga solishtirib aniqlanadi. 10-jadvalda yoshlar bo’yicha o’g’il va qizlarni o’rtacha biologik rivojlanganlik ko’rsatkichlari keltirilgan. Keltirilgan jadval ixtiyoriy menarche yoshiga tqg’irlab kiritib qo’llanilishi mumkin. Misol uchun joydagi materiallarda menarchening o’rtacha yoshi 13 emas 14 bo’lsa, unda jadval hamma ko’rsatkichlarni 1 yilga surib ishlatiladi, bu bolalar va qizlar uchun ham taalluqli bo’ladi. Ushbu jadvaldan foydalanib bolani jismoniy rivojlanishiga o’rtacha ko’rsatkichdan kalendar bo’yicha mosligi ilgarilab ketgan, yoki ortda qolganligi aniqlanadi.



Download 10,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish