O’zbekiston respulikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


Murojaatlar bo’yicha kasallanishnii aniqlash



Download 10,34 Mb.
bet72/140
Sana27.03.2022
Hajmi10,34 Mb.
#513220
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   140
Bog'liq
3 kurs 6 semestr majmua

Murojaatlar bo’yicha kasallanishnii aniqlash – bu ma’lum vaqt oralig’ida kasallik tufayli tibbiy yordam uchun qilingan murojaatlar yig’indisidir.
Tez-tez kasallanuvchi bolalar soni – bir yil davomida 4 va undan ortiq marta kasal bo’lgan bolalar soni. Salomatlik indeksi - barcha tekshirilganlar orasida yil davomida kasal bo’lmagan bolalarning nisbiy ulushidir (foizlarda).
Patologik jarohatlanish - tekshirilganlarning umumiy soniga nisbatan surunkali kasalliklar va funksional siljishlarning foiz­larda ifodalanadigan chastotasi.
Bolalarda kasalliklar shakllanishining o’ziga xosliklari.
Aholining kasallanishi kasallik holatlari vujudga kelishi va jahon (jamiyat) mavjud bo’lishining qonkret sharoitlarida patologiya­larning tarqalishining ob’ektiv ommaviy hodisasi sifatida aholi turli guruhlari kasallanishi shakllanishining global, umumiy va mintaqaviy o’ziga xosliklariga kiritish mumkin bo’lgan o’zgarishlar tendensiyalari bilan xarakterlanadi.
Bolalar va o’smirlar aholisining salomatlik ko’rsatkichlari mamlakat, mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning u yoki bu darajasi uchun xarakterli bo’lgan o’zgarishlarning ma’lum global tendensiyasiga ega bo’ladi.
Birinchidan, zamonaviy sharoitlarda iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda o’lim darajasining kamayishi va boshqa demografik ko’rsatkichlar yaxshilanishiga bo’lgan global tendensiya aniqlanmoqda. YAqin vaqtgacha bu tendensiya bizning mamlakatimiz uchun ham xarakterli bo’lgan. U ayniqsa tarixiy planda yaqqol ko’zga tashlanadi.
YAqin qtmishda bizning mamlakatimiz uchun xarakterli bo’lgan ikkinchi tendensiya turli ijtimoiy guruhlar salomatlik ko’rsatkichlarining ijtimoiy bir xilligiga bo’lgan tendensiyadir, ya’ni bu holat aholini tibbiy ta’minlash davlat tizimining faoliyati tufayli kelib chiqqan edi. Mamlakat sog’liqni saqlash tizimi rivojlanishining jadal yo’li aholi salomatlik ko’rsatkichlarining birmuncha ijtimoiy bir xilligiga olib kelgan aholi turli qatlamlari hayot darajasini ma’lum bosqichda yaqinlashtarishga, tibbiy xizmatning ta’minlashga imkon berdi. Bu bolalar va o’smirlar salomatlik holatini o’rganishda yaqqol ko’zga tashlanadi.
Turli ijtimoiy guruhlar salomatlik ko’rsatkichlarining ijtimoiy bir xilligiga bo’lgan tendensiya qator yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar uchun xarakterlidir.Shu bilan bir qatorda BSST kam rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholi turli ijtimoiy guruhlari salomatlik darajasining ko’rsatkichlarini yaqinlashtirishni ta’minlash zaruratini o’zining vazifalaridan biri sifatida qo’yadi.
Aholi salomatligi evolyusiyasida uchinchi tendensiya infeksion kasallanishining pasayishi hisoblanadi. Respublikamizda bolalarni emlashning yuqori qamrovligi natijasida bu infeksiyalar tez templarda sporadik holatlargacha qisqarmoqda.
O’sish, rivojlanish va patologik siljishlar shakllanish jarayonlarining yaqin qzaro bog’liqligi kasallanishni salomatlikning boshqa parametrlari, birinchi navbatda jismoniy rivojlanish bilan birgalikda parallel ravishda kqrib chiqish va baholash zaruratini tug’diradi.
Ko’pincha bolalardagi funksional siljishlar 1-3 yoshda paydo bo’ladi va shaharlik bolalarda 1 yoshdan 7 yoshgacha, qishloq bolalarida asosan 3 dan 7 yoshgacha yuqoladi.
Maxsus (longitudinal) tekshiruvlar yordamida bolalar salomatlik holatidagi funksional siljishlarning maksimal darajasini o’zida aks ettiruvchi ma’lum qonuniyatlar o’rnatilgan (2.16 jadval). Buni qkuv-tarbiyaviy jarayonni oqilona tashkillashtirish va o’tkazish, ularni aniqlash va korreksiya qilish uchun kerakli choralarni amalga oshirish uchun bilish zarur.
Summar maktab yo’qlamasi ta’siri natijasida funksional siljishlarga astenik va nevrotik ko’rinishlar, arterial gipotenziya, predanemiya, immunologik rezistentlik va bo’yrak usti bezlari adaptatsion funksiyasining pasayishining uchrash hollari ko’payadi.
Bolalar va o’smirlarda aynan funksional siljishlarning mavjudligi bolani I yoki II salomatlik guruhiga kirishini belgilaydi.

Jamoalarda bolalar va o’smirlar kasallanishini tahlil qilishda shu narsani e’tiborga olish kerakki, turli yoshda kasalliklar bolalar orasida turlicha tarqalgan bo’ladi. Jadvalda turli yoshlarda kasalliklarning rang ko’rsatkichlari bo’yicha taqsimlanishi keltirilgan.


jadval

Turli yosh guruhlarida kasalliklarning rang ko’rsatkichlari bo’yicha taqsimlanigai



Rang

Yosh guruhi

Joyi

1-6

7-10

11-14

15-17

I

Nafas organlari kasalliklari

Nafas organlari kasalliklari

Nafas organlari kasallkklari

Nafas organlari kasalllklari

II

Yuqumli kasalliklar

Yuqumli
Kasalliklar

Jarohat va shikastlanishlar

Jarohat va shikastlanishlar

III

Allergik kasalliklar

Ovqat hazm qilish organlari kasalliklari

Sezgi organlari va asab tizimi kasalliklari

Sezgi organlari va asab tizimi kasalliklari

IV

Ovqat hazm qilish
organlari kasalliklari

Jarohat va shikastlanishlar

Teri va teri osti kletchatkasi
kasalliklari

Ruhiy
Buzilishlar

V

Jarohat va shikastlanish lar

Sezgi organlari va asab tizimi kasalliklari

Ovqat hazm qilish organlari kasalliklari

Yuqumli kasalliklar

Bolalar va o’smirlar o’rtasida kasallanishlarni rang bo’yicha tarqalishini tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, barcha yosh guruhida birinchi o’rinni nafas organlari kasalliklari egallaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o’rtasida nafaqat yuqumli, balki allergik va ovqat hazm qilish organlari kasalliklari ham keng tarqalgan. Bolalar yoshi kattalashishi bilan kasalliklarning tarkibi ham o’zgaradi. Kasallanishlar tarkibi hamma bolalar va o’smirlar muassasalarida bir xil emas, bu turli omillarga bog’liqdir. Umumiy kasallanishni kamaytirish hamda bolalar va o’smirlar salomatligini mustahkamlash yuzasidan kompleks ish olib borganda, sanitar shifokor yuqumli kasalliklarni kamaytarishga va jarohatlanishlarni oldini olishga katta e’tibor berishi kerak, chunki ular bolalar o’limi va nog’ironligining asosiy sababchisidir. Shunday qilib, o’sib kelayotgan yosh avlodning salomatligini saqlash va mustahkamlashda bolalar organizmlariga ta’sir etayotgan salbiy omillarni o’rganish va ularni bartaraf etish tibbiy-profilaktikaning asosiy vazifalaridan biridir.

Download 10,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish