NAZARIY QISM MASHG’ULOTNING QISQACHA MAZMUNI SEO va JSX boshqarmasi shifokoranin ishi birinchi navbatda bolalar va o’smirlar jamolarida salomatlik xolatini o’rganish va sog’lomlashtiruvchi chora—tadbirlarni o’tkazishga bog’liq bo’lgan muxim tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan. Bolalar va o’smirlar jamoalarida kasallanish xolatini taxlil qilish va o’rganish odatda muassasani tanishishdan boshlanadi. Bolalar va o’smirlar muasasasalarida kasallanish ko’rsatkichlarni taxlil qilish faqat kasalliklarni pozologik shakllari sonin oshishi yoki kamashi xolatlarini kayt qilish bilan cheklanib qolishi kerak emas. Bu bolalar va o’smirlar jamoasida kasalliklarni kelib co’qishini va tarqalishini mezonlarni aniqlashdan iborat bo’lishi kerak. Kasallanish sabablarni taxlil qilish BUMda bolalar va o’smirlarga davolash profilaktik yordamni tashkillashtirishdagi zaif joylarni aniqlashga imkonini beradi. Ko’pchilik xollarda amaliy faoliyatda bolalar axolisining salomatlik xolati dinamikasi axolining turli guruxlari orasida kasalliklarning paydo bo’lishi va patologiyalarning tarkalishining ob’ektiv ommaviy xodisasi, jamiyat mavjud bo’lishining turli shakllari va qonkret sharoitlarida namoyon buluvchi odamlarning xozirgi va utgan avlodini atrof muxit bilan uzaro ta’sirining natijasi sifatida namoyon buluvchi kasallanish bo’yicha baxolanadi. Tibbiy-statistik ko’rsatkichlar bo’yicha umumiy, infeksion va aloxida nozologik shakllar,vaqtinchalik mexnat kobiliyatini yo’qotish, murojaat qilish, gospitalizatsiya chastotasi bo’yicha noinfeksion kasallanish ajratilishi mumkin. Bolalar va o’smirlarning kasallanishi xaqidagi ma’lumotlarni olishga xam imkon beruvchi majburiy profilaktik chuqurlashtirilgan tibbiy ko’riklardan o’tishi lozim. Bolalar qontingenta salomatlik xolatini xarakterlash uchun qo’shimcha ravishda quyidagi ko’ratkichlardan foydalaniladi.
Salomatlik indeksi-barcha tekshirilganlar orasida yil davomida kasal bo’lmagan bolalarning nisbiy ulushidir (foizlarda).
Patologik jaroxatlanish tekshirnlganlarning umumiy soniga nisbatan surunkali kasalliklar va funksional siljishlarning foizlarda ifodalanadigan chastotasi.
Bolalar salomatlik holatini baholash, uning salomatligini keltirib chiqaruvchi mezonlarni xarakterlash salomatlikni aniqlovchi belgilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
tekshiruv vaqtida hech qanday kasallikning yo’qligi;
garmonik va yoshga mos bo’lgan rivojlanish (jismoniy va ruhiy);
funksiyalarning normal darajasi;
kasalliklarga nisbatan og’ishning yo’qligi.
Bolalar va o’smirlar gigiyenasi instituti populyasiya salomatligining uni «salomatlik guruhlari»ga taqsimlash yo’li bilan sifat xarakteristikasini berishni taklif qildi.
Bolalar tibbiy ko’rik natijalariga asoslangan holda 5 ta guruhga bo’linadilar:
1-sog’lom, normal rivojlanayotgan, funksional siljishlarsiz;
P-sog’lom, funksional yoki katta bo’lmagan morfologik siljishi bo’lganlar;
SH-kompensatsiya holatidagi kasallar;
IV-subkompensatsiya holatidagi kasallar;
V-dekompensatsiya holatidagi kasallar.
Birinchi guruh-bu surunkali kasalliklari bo’lmagan shaxslar, kuzatuv davri mobaynida kasallanmagan yoki kamdan kam kasal bo’luvchi va normal, yoshiga mos bo’lgan jismoniy va nerv-psixik rivojlanishga ega bo’lgan shaxslar (sog’lom, siljishlar).
Ikkinchi guruhni surunkali kasalliklar bilan og’rimaydigan, lekin ba’zi funksional va morfologik siljishlarga ega bo’lgan, shuningdek, tez-tez (yiliga 4 marta va undan ko’p) yoki uzoq (bitta kasallik bo’yicha 25 kundan ko’proq) kasallanuvchi bolalar va o’smirlar tashkil etadi {sog’lom,morfofunksional siljishlari bo’lgan va qarshiligi pasayganlar).
Uchinchi guruh kompensatsiya holatidagi surunkali kasalliklari yoki tug’ma patologiyasi bo’lgan, surunkali kasalliklarining o’tkirlashuvi kamdan-kam va yengil qtuvchi, umumiy holati va o’zini his qilishida sezilarsiz buzilishlari bo’lgan bolalarni qz ichiga oladi {kompensatsiya holatidagi kasallar).
Turtinchi guruhga subkompensatsiya holatidagi surunkali kasalliklari yoki tug’ma rivojlanish nuqsonlari bo’lgan, o’tkirlashuvdan so’ng umumiy holati va o’zini his qilishida buzilishlari bo’lgan, o’tkir interkurrent kasalliklardan so’ng cho’zilgan reqonvalessensiya davri kuzatiladigan shaxslar kiradi {subkompensatsiya holatidagi kasallar).
Beshinchi guruhga dekompensatsiya holatidagi og’ir surunkali kasalliklari bo’lgan va funksional imkoniyatlari sezilarli darajada pasaygan kasallarni kirgizishadi (dekompensatsiya holatidagi kasallar). Bunday kasallar umumiy profildagi bolalar va o’smirlar muassasalariga bormaydilar va ommaviy ko’riklardan qtmaydilar.
Bolalarni salomatlik guruhlariga bo’lish pediatriyada keng qo’llaniladi, lekin u jamoada bolalar salomatlik holatini bir vaqtda baholashda ko’proq ahamiyatga molik. Bolalarni salomatlik guruhlariga bo’lish quyidagilar uchun juda muhim:
bolalar populyasiyasi salomatligini xarakterlash, salomatlikning statistik ko’rsatkichlari va guruh sonini olish;
fazoda va vaqtda, turli hududlarda solishtirma qiyoslash;
bolalar tibbiy muassasalari va alohida shifokorlarning davolash-profilaktik ishining samaradorligini baholash;
bolalarning jamoaviy salomatligiga ta’sir qiluvchi hatar omillarini aniqlash va samarasini solishtirish;
maxsuslashtirilgan xizmatlar kadrlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash.