1.2. Tashqi va ichki fanlararo bog’liqlik
Bu mavzuvi o‘qitish pediyatiriya, anatomiya, filologiya va xalq ta’lim vazirligi asosan tashkillashtirilgan bolalar muassasalari. xalq ta’limi bo‘limlari, tibbiyot xizmat tarmoklari bolalarni sog’lom tarbiyalashda katta axamiyatga ega. Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik. Tashkillashtirilgan bolalar muassasalari uchun gigiyenik tavsiyalar va sog’lomlashtiruvchi ishlarni tashkillashni ilmiy asosda ishlab chiqish bilan BO’G shug’ullanadi. Boshqa fanlardan BO’Gning farqi shundaki, bu fan ishlab chiqqan gigiyenik me’yorlar va talablar o‘sib rivojlanayotgan organizmlar uchun tatbiq etiladi. Xammaga ma’lumki o‘sib, rivojlanayotgan bola organizmi kattalarnikidan xar tomonlama farq qiladi.Barcha gigiyenik me’yorlar va sog’lomlashtiruvchi ishlarni tashkillashtirishda o‘sib, rivojlanayotgan bolalar organizmining morfologik, funksional, psixologik xolatining o‘ziga xosligi asos qlib olinadi.
2. 1.Nazariy qism
Bolalar va o‘smirlar kontingenti salomatlik holatiga tavsif berish uchun kasalliklarni va patologik jarohatlanishlarning tarqalganlik-larini hisobga olgan holda quyidagi ko‘rsatkichlardan keng foydalaniladi: murojaatlar bo‘yicha kasallanishni aniqlash, salomatlik indeksi, epizodik kasallanish, tez-tez kasallanuvchi bolalar soni va patologik jarohatlanish.
Kasallanish bo‘yicha murojaatlar soni – bu ma’lum vaqt oralig’ida kasallik tufayli tibbiy yordam uchun qilingan murojaatlar yig’indisidir. Murojaatlar bo‘yicha kasallanishni aniqlash uchun poliklinika kartalaridan (112-shakl), bolalarga kasallik tufayli berilgan tibbiy ma’lumotnomalardan ko‘chirmalar olinadi. Tibbiy yordam uchun qilingan barcha murojaatlarni hisobga olish bolalar va o‘smirlar kontingenti orasida tarqalgan kasalliklarning tarkibi va tuzilishi va har bir nozologik shaklning solishtirma og’irligini aniqlashda yordam beradi. Buning uchun ma’lum bir nozologik shakl bo‘yicha qilingan murojaatlarning, tibbiy yordam uchun qilingan umumiy murojaatlar soniga nisbatini foizdagi ko‘rsatkichlari olinadi. Murojaatlar bo‘yicha kasallanishni tahlil qilish murojaatlar sonining aniqlashda, shuningdek umuman kasal bo‘lmagan va bir necha marta kasal bo‘lgan bolalarni aniqlashda yordam beradi.
Bir yil davomida 4 va undan ortiq marta kasal bo‘lgan bolalar tez-tez kasal bo‘luvchi bolalar guruhiga kiritiladi. Amaliyotda tez-tez kasal bo‘luvchi bolalar soni tekshirilgan bolalarning umumiy soniga nisbatining foizdagi ko‘rsatkichidan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |