1. Kirish kism..
2. Nazariy kism
3.Analitik kism:
-Keys-stadi
-Testlar
4. Amaliy kism
O’quv mashg’uloti maqsadi:
Bolalar va o‘smirlar aholisi salomatlik ko‘rsatkichlari xaqida bilimlarni chuqur o‘rganish, salomatlik holati xaqidagi amaliy ko‘nikmalarni o‘rganish va tahlil qilishdan iborat .Talabalarga odamning sog’lig’i ichki organizmda bo‘ladigan va tashqi omillarning ta’siri natijasida uning o‘sishida, jismoniy rivojlanishida yetuklashadi, o‘zgaradi, bunyodga keladi.
Bolalarning yoki o‘smirlarning salomatligi, kasallikning bor yoki yo‘qligi bilan emas, balki uning garmonik rivojlanishi va normal o‘sishi bilan xarakterlanadi.
Shuning uchun bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘limida ko‘p muamolarni xal qilishda, ya’ni bolalar salomatligini kuchaytirishga qaratilgan va boshqa ko‘p muammolarni xal qilishda, bolada bo‘layotgan biologik o‘zgarishlarni, ya’ni uning o‘sishi va rivojlanishini bilish lozim.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturlarining bajarilishi va joriy sanitariya nazorati orqali maktab, maktab-internatlarda ta’lim va tarbiya sharoitlarning bajarilishi va tadbiq qilinishi va bajarilishi, bolalar orasida yuqumli va somatik kasalliklarning yutsishi va oldini olish qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishi va amaliyotga tadbiq qilinishini nazorati orqali fanning tarbiyaviy axamiyati tushuntiriladi.Talabalarni fikirlash qobiliyatini, mustaqil muloxaza yuritishni va mantqiy fikirlashni ushbu mavzu bo‘yicha rivojlantirish., qadamma – qadam bajarish, bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish
Talaba bilishi lozim:
- Bolalar va o‘smirlar jamoasining salomatlik holati o‘rganish va taxlil qilish.
-Bolalar va o‘smirlar salomatlik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan atrof-muhit omillarni gigiyenik tahlil qilish
-Bolalar va o‘smirlar jamaosi yashash joyining ekologo-gigiyenik holatini baholash va uning tibbiy demografik holatin tahlil qilish
-Bolalar va o‘smirlar jamoasining ruhiy holatining buzilishining sabablarini aniqlash.
-Ruhiy salomtlik holatda psixogigiyenaning tutgan o‘rni.
-Salomatlik holatni ta’minlashning monitoringi va uni baholash tartibi.
-Salomatlik guruhlarini aniqlash.
-Kasalliklar tarqalishining asosiy guruxlarini aniqlash.
-BMlar tarbiyalanuvchilari salomatlik holati va kasallanish ko‘rsatkichlarini o‘rgangan holda sog’lomlashtiruvchi chora-tadbirlar ishlab chiqish va tavsiyalar berish
Talaba bajara olishi lozim:
-Salomatlik holatni baholash va umumiy kasallanish darajasini aniqlash va taxlili qilish.
-Murojatlar usulini bo‘yicha salomatlik holatni taxlili qilib kasallanish darajasini aniqlash va taxlili qilish.
-Salomatlik indeksi ko‘rsatkichini aniqlash va gigiyenik tahlil qilish
-Tez-tez kasallanuvchi bolalarni soni aniqlash va bolalarni salomatlik holatni taxlili qilib kasallanish darajasini aniqlash va taxlili qilish
-Patologik zararlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha salomatlik holatni taxlili qilish.
-Yuqumli va somatik kasalliklar darajasini aniqlash va baholash.
-Bolalarni 026 va 112, 086 shakllarni taxlil qilish va o‘rganish.
-BMlar tibbiy xonasidagi tibbiy xujjatlarni to‘ldrilishini o‘rganish va taxlil qilish.
-Sanitar-gigiyenik va profilaktik chora-tadbirlarni tashkillashtirilish va bajarilishini taxlil qilish.
-Salomatlik guruxlarini aniqlash.
-Kasalliklar tarqalishining asosiy guruxlarini aniqlash