5.3 BO’G quyidagi muammolarni yyechish bilan shug‘ullanadi:
1.Bolalar va o‘smirlar salomatligi va jismoniy rivojlanishi.Bu muammo organizmning biologik va ijtimoiy omillarga bog’liq bo‘lgan o‘sish va rivojlanishning umumiy konunlarini aniqlash, turmushni turli sharoitlarining bolalar salomatligiga,jismoniy rivojlanishga bo‘lgan ta’sirini turli yosh guruxlarining kasallanish sababini taxlil qilish hamda Bularning sog‘ligini mustahkamlash tadbirini belgilaydi. .
Salomatlik xolatini o‘rganish BO’G da ahamiyatli bo‘lib, o‘sib kelayotgan avlodning salomatlik darajasini aniqlash,amalga oshirilayotgan gigiyenik va sog’lomlashtiruvchi tadbirlar salomatligini nazorat qilish,salomatlik holatidagi o‘zgarishlarni aniqlab turib,gigiyenik kuzatishlarni keyingi yunalishini aniqlash imkonini tug‘diradi.
2.Bolalar va o‘smirlar faoliyati gigiyenasi. Bu muammolar turli faoliyatlar (o‘qish va mehnat faoliyati, ishlab chiqarish,mehnat va dam olish)ni o‘rganish va ularning gigiyenik asoslarini ishlab chiqish,bolalarning ish qobiliyatini saqlash va oshirish , Shuningdek, qattiq toliqishning oldini olish, barcha yoshdagi bolalar uchun kun tartibini ,turli o‘quv yurtlari o‘quvchilari uchun o‘quv va ishlab chiqarish mashg’ulotlari tartibini to‘g‘ri tuzish bilan bog’liq bo‘lgan muammolarni o‘rganish, bolalar va o‘smirlarni funksional xolati, jismoniy rivojlanishi va salomatlik xolatiga jismoniy tarbiyaning barcha turlarining ta’sirini o‘rganish, sport turlari bilan bog’liq bo‘lgan jaroxatlanish va shikaslanishlarning oldini olish hamda vrach nazoratinio‘rganish kabi vazifalarnio‘z ichiga oladi.
3.Bolalar va o‘smirlarning ovqatlanish gigiyenasi.Bunda ovqatlanishning o‘sib kelayotgan organizmning normal rivojlanishi va salomatligi manbai sifatidagi o‘rnihamda va uning ozik-ovqatga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganiladi ,bog‘cha va maktabda to‘g‘ri ovqatlantirishni tashkil etiladi, qishloq xo‘jalik ishlari vaqtida, sayoxatlarida ishlab chiqarish sharoitlarida normal ovqatlanish qoidalarini, ovqatdan zaxarlanishning oldini olish tadbirlari ishlab chiqiladi.
4.Atrof-muhit gigiyenasi. Bu bo‘limga bolalar va o‘smirlar muassasalarini loyixalarini ishlab chiqish, xavo almashinuvi, etarli issiklik,erug‘likni etarli mikdorda ta’minlanishi, ularni axoli punktida joylashtirish bilan bog’liq masalalarni, Shuningdek sanitar-gigiyenik uskuna qurilmalarni ,o‘quv va ishlab chiqarish jixozlari, mexnat qurollari ,o‘quv qo‘llanma, O’yinchoq va boshqa buyumlarga taaluqli masalarni hal etish kabi vazifalar kiradi.
5.Bolalar va o‘smirlarga tibbiy-sanitariya xizmatini ko‘rsatish. Bu muammo bolalar va o‘smirlarga tibbiy sanitariya xizmatini ko‘rsatini tashkil qilishning asosiy negizlarini ilmiy asosda o‘rganish va ishlab chiqish , sog’lomlashtirish va yuqumli kasalliklarga karshi chora tadbirlarni belgilash va tashkil etish
Bolalar va o‘smirlar gigiyenasida sog’lom va bemor bola organizmida kecho‘vchi funksionalo‘zgarishlar xususiyatlarihaqidagi ma’lumotlardan foydalaniladi bundan kelib chiqqan xolda o‘quv ishlari, kun tartibi, jismoniy tarbiya va bemor bolalarni ovqatlantirish normalari belgilanadi.
Bolalar va o‘smirlar muassasalarni rejalashtirish, loyixalash, qurish obodonlashtirish va jixozlash, xonalarni joylashuvini to‘g‘ri tashkil etish, yorug‘lik va xavo almashinuvini etarliligini ta’minlashda BO’G bo’yicha mutaxassis muxandislar maslaxatlariga ham amal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |