O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/107
Sana07.07.2022
Hajmi1,77 Mb.
#755537
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107
Bog'liq
O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to

Ichki va tashqi savdo. 
Xonlikning ichki va tashqi savdosidan davlat xazinasiga 
durustgina daromad tushgan. Ichki savdo-sotiqda Xivaning usti yopiq bozori alohida 
ahamiyatga ega bo‘lgan. Bozor yo‘lining ikki tarafiga ustaxona-do‘konlar qurilgan. 
Bozordagi savdo o‘rinlaridan foydalanganlik uchun 
tagjoy 
deb ataluvchi alohida 
soliq olingan. 
Xonlikdan, asosan, qorako‘l teri, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari Eron, 
Hindiston, Xitoy va Turkiya kabi davlatlarga eksport qilingan. 
XVI asr oxirlaridan boshlab, Rossiya bilan ham savdo-sotiq birmuncha yo‘lga 
qo‘yila boshlandi. Xiva elchilari, asosan, gazlama va to‘qilgan buyumlar olib 
borishgan. Chunonchi, Xiva elchisi 1620-yilda Qozon shahrida 670 kiyimlik mato 
sotganligi manbalarda qayd etilgan. Rossiyaga gilam, qoqi meva, qorako‘l terisi, 
o‘simliklardan tayyorlangan bo‘yoqlar ham olib borilgan. 
Xiva savdogarlari Rossiyaning Nijniy Novgorod yarmarkasida faol qatnasha 
boshlaganlar. 
Ilm-fan. 
XVI
-
XVIII asrning birinchi yarmi Xiva xonligida ilm-fan taraqqiyoti 
butunlay to‘xtab qolgani yo‘q. Bu davrda tarix ilmi o‘ziga xos o‘rinda turgan. 
Chunonchi, Xiva xoni Abulg‘oziyxon Xiva tarixshunosligi maktabiga asos soldi. 
Abulg‘oziyxon fan va madaniyat tarixida „Shajarayi turk“ va „Shajarayi 
tarokima“ asarlari bilan o‘chmas nom qoldirdi. 
„Shajarayi turk“ asarining 9-bobi bevosita Xorazmning 1512-1663-yillardagi 
ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag‘ishlangan. Unda aniq tarixiy voqealar, turkiy xalqlar 
an’analari, Xiva va Buxoro munosabatlari jarayoni yoritilgan. Pul muomalasi haqida 
ma’lumotlar berilgan. 
Abulg‘oziyxonning yana bir katta xizmati shundan iboratki, u o‘z asarlarini oddiy 
kitobxon uchun turkiy tilda yozgan. Shuning uchun ham ayrim olimlar uning 
asarlarini yangi o‘zbek tili yozma yodgorligi, deb hisoblashadi. 
Vengriyaning mashhur sharqshunosi X. Vamberi 
„Abulg‘oziyning „Shajarayi 
turk“i uchun butun dunyo undan minnatdor“,
deb yozgan edi. Bu asar bir necha 
asrlardan beri ko‘plab tillarga tarjima qilib kelinmoqda. 
Abulg‘oziyxonning topshirig‘i bilan „Dastur ul-amal“ asari ham yozilgan. 
Afsuski, bu asar muallifi hamon aniqlangan emas. Ushbu asarda Sohibqiron Amir 
Temurdan tortib Zahiriddin Muhammad Boburga qadar temuriylar shajarasi qisqacha 
sharhlangan. Har bir hukmdorga qo‘lyozmaning bir bo‘limi bag‘ishlangan. 
XVI asrda Xiva xonlari kutubxonalarida xattotlik, husnixat maktabi shakllandi. 
Mashhur xattot Hamadoniy 1556-yilda Eshmuhammadxonga 
„Shohnoma“n

miniaturalar uchun ochiq joy qoldirib ko‘chirib berdi. 
XVII-XVIII asrlarda Xivada Muhammad Yusuf Rojiy, Bobojon Sanoiy, 
Muhammad Rizo Oxund kabi qator usta xattotlar yashab, mehnat qilganlar. Ular 
she’riy asarlar, tarjima va tarixiy kitoblarni ko‘chirganlar. Har bir kitobni bezashda 


108 
bir necha soha ustalari ishtirok etgan. Bular – 
qog‘oz qirquvchi, kotib-xattot, 
muzahhib, lavvohlar, miniaturachi rassom va sahhoflar
edilar. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish