1. Kreativ fikrlash qobilyatini , ko’nikmasini shakllantirish.
2. larda interfaollikni va kirishimlilikni rivojlantirish.
3. Dars jarayonida kreativ faoliyat jarayonlarini tashkil etish.
4.Dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda mavzuga oid muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish.
5.Dars jarayonida turli innovatsion texnologiyalardan foydalanish
Masalan, “Yelpig’ich” metodi murakkab va ko’p tarmoqli bo’lib, muammoli mavzularni o’rganishga qaratilgan. Ushbu metodning mazmun- mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha bir yo’la axborot beriladi, ushbu axborotlarni lar o’zlari topishlari kerak. Aytaylik, o’qish fanida biror qahramonga “Yelpig’ich” metodi orqali ma’lumot berish topshirig’i beriladi. Bunda lar berilgan qahramonning ijobiy va salbiy tomonlari, yutuq va kamchilikni ifodalab beradilar. O’quvchlar shunda butun matn mazmuni ustida ishlaydilar.
Dars jarayonida o’qituvchi tomonidan qo’llanadigan turli innovatsion texnologiyalar Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik larida kreativ fikrlash motivatsiyalarini shakllantirish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, quyidagi texnologiyalardan foydalanish yaxshi samara bera oladi:
O’tgan o’quv yillarida qo’llangan darsliklardandan farqli o’laroq hozirgi yangi avlod darsliklari bir muncha murakkab bo’lib, yangi DTS talablariga asoslangan, kompetensiyaviy ta’limga mos keladi. Lekin bu darsliklardagi mavzularni larga yetkazishda har bir Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o’qituvchisining o’zi ham kreativ pedagoglik qobilyatiga ega bo’lishi kerak.
Tanqid (kritika (lot)-hukm qilish mahorati) – inson faoliyatining biror sohasiga aloqador hodisani baholash, analiz qilish. U xatolarni topish va muhokama qilishdan iboratdir. Tanqid-nimaningdir yoki kimningdir kamchiliklarni baholash, nima yoki kimdir haqida salbiy fikr yuritishdir.Oʻzgalarni tanqid qilish qaralayotgan muammoga ularning munosabatini oʻziniki bilan mos kelishini istashdir.Bu esa odatda manmanlikka olib keladi.Boshqalar ham shu ruhda tarbiyalanganliklari uchun tanqidchining fikrlarini qabul qilishni istashmaydi.Demak, tanqid oʻzgalarning axborot-energetik olamiga tajovuzdir.
Tanqidiy fikrlash – narsalar va hodisalarni analiz qilib asosli xulosalar chiqarish maqsadidagi mulohazalar sistemasi boʻlib, u tanqidiy baholash xarakteriga ega. Yaʼni u tanqidga tayangan analitik fikrlashdir.
Demak tanqidiy fikrlash maqbul yechimni topishning yaxshi usullaridan biri boʻlsa-da, undan doimo foydalanish maqsadga muvofiq emas.Odam oʻzini doimo toʻgʻri deb hisoblamasligi kerak.Garchi bu rohat bagʻishlasa-da, u boshqa nuqtayi nazarlarga eʼtibor bermasligimizga olib keladi.Barcha qarorlarni qabul qilish uchun ham tanqidiy fikrlash zarur boʻlavermaydi.Koʻpincha tanqidiy fikrlashdan koʻra “ijodiy fikrlash” elementlarini qoʻllagan maʼqul.
“Ijodiy fikrlash” - muammoning yechimini topish maqsadida yangi narsani yaratish maqsadidagi fikrlashdir.
Taʼlimda ijodiy fikrlash-mavzuning maʼnosini tushunishga yoʻnaltirilgan, oʻquvchilarning yangi gʻoyaga, xulosaga kelishini taʼminlaydigan fikrlash.
Fikrlash narsalarning yaxshi tomoni va ularni yana-da yaxshilashga qaratilgan boʻlmogʻi kerak. Shu nuqtayi nazardan “tanqidiy fikrlash” fikrlashning eng yaxshi usuli boʻlmay taʼlim jarayonida unga ortiqcha eʼtibor berish maqsadga muvofiq emas.Oʻquvchilarga har qanday vaziyatda ham voqeaning ijodiy tomonlarni topishga oʻrgatish kerak.Ular baʼzan aniq, baʼzan esa ong ostida yashirin boʻladilar.
“Tanqidiy fikrlash” ruhida taʼlim olganlarning ong ostida esa maʼlumotlardan kamchiliklar izlash ruhiyati hukmron boʻlib, ularda idrok maʼlumotlarni “ijodiy fikrlash” nuqtayi nazaridan talqin qilish koʻnikmasi yetishmaydi. Bu esa jamiyatdagi mavjud muammolarning asosiy sababidir. Shuning uchun taʼlim tizimidan “tanqidiy fikrlash” degan tushunchani olib tashlash kerak. U shu soha mutaxassislariga maxsus kurslarda oʻqitilishi mumkin. Lekin barcha taʼlim oluvchilar uchun uning mutlaqo keragi yoʻq.
Do'stlaringiz bilan baham: |