O‘zbekiston respublikasixalq ta’lim vazirligi sirdaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi kafedrasi


-Mavzu: Chaqiruvga qadar boshlang‘ ich tayyorgarlik darslarida keys-stadi metodidan foydalanish



Download 403,28 Kb.
bet28/52
Sana31.12.2021
Hajmi403,28 Kb.
#274646
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52
Bog'liq
Чёт 2.2. мутахасис

5-Mavzu: Chaqiruvga qadar boshlang‘ ich tayyorgarlik darslarida keys-stadi metodidan foydalanish

Reja:
1. KЕYS texnologiyasi

2. KЕYS texnologiyasining qo’llanilishi
KЕYSLAR

Bugungi kunda ta’lim sohasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga misolqilib “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risidagi qonun”ni olishimiz mumkin. Ta’lim jarayonida har bir pedagog o’z ishiga ma’suliyat bilan yondashishi kerak.O’z faniga o’z vaqtida kelishi, agar kechga qolayotgan bo’lsa, larini ogohlantirishi kerak. Chunki har bir o’z ustozi, murabbiysidan o’rnak oladi va o’zi uchun ideal shaxs deb biladi. Lekin ba’zi bir pedagoglar o’z ishlariga ma’suliyat bilan yandashmaydilar va buning oqibatida yosh avlod tarbiyasida jiddiy o’zgarishlar, pedagog shaxsiga nisbatan salbiy fikrlar vujudga keladi. 4-bosqich talabalari oxirgi darsida fan o’qtuvchisi kechga qolganligi sababli darsdan ketib qolganlar. Fan o’qtuvchisi dars xonasiga kirganda lar yo’qligini ko’rib, raxbariyatga guruh larini darsdan qochib ketganligi to’risida dalolatnoma bergan. Ertasi kuni raxbariyat guruh larini jazolaganligi uchun guruh lari fan o’qtuvchisiga nisbatan salbiy qarash va fikrlarga tug’ildi.

Xulosa:

Qisqacha qilib xusosa qilsak, ta’lim jarayonida nafaqat pedagog kadrlar balki va talabalar ham ma’suliyatli yondashish zarur. Bu esa o’z navbatida ta’lim samaradorligini va pedagoglar va lar o’rtasidagi munosabatga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.



Keys:

Ma’lum muddat tibbiy davolanishda bo‘lib, yangi o‘quv yilidan yana qaytadan ishga qaytgan “Kasbiy ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi N.Xafizov menejment bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 303 guruhida kasbiy pedagogika fanidan seminar mashg‘ulotini o‘tkazayotgan edi. Seminar mashg‘ulotida talabalarni kichik guruhlarda ishlashlarini tashkillashtirdi. Talabalar kichik guruhlarda ishlarni davom ettirayotgan bir paytda, mashg‘ulot boshlanganiga o‘ttiz daqiqa bo‘lganida mazkur guruh talabasi A.Petrova eshiqni ochib, auditoriyaga kirishga ruxsat so‘radi. O‘qituvchi esa mashg‘ulot boshlanganiga ancha vaqt bo‘lganini, u bir necha marotabadan bo‘yon kechikib kelayotganini aytib, mashg‘ulot vaqtida kechga qolgan talaba A.Petrovaning auditoriyaga kirishiga ruxsat bermadi. Talaba esa, auditoriyadan chiqib ketishni xohlamadi. O‘qituvchi undan auditoriyadan chiqib ketishni talab etdi va oxir-oqibat xonadan chiqarib yubordi. Ertasi kuni auditoriyaga kiritilmagan qizning onasi nomidan fakultet dekanatiga shikoyat xati kelib tushdi. SHikoyat xatida talaba-qizning onasi homilador ekanligiga qaramasdan va har qanday holatda ham o‘qituvchi talabani mashg‘ulotga kiritmasdan, uni turtib auditoriyadan chiqarib yuborgani pedagogik etika zid ish ekanligi, o‘qituvchining kompetentligini aniqlash uchun Davlat test markazidan xolis ekspertlar chaqirib, sinovdan o‘tkazish va shikoyatga yozma ravishda javob qaytarish, agar kerakli chora ko‘rilmasa, yuqori tashkilotlarga murojaat qilishi haqidagi talabni qo‘ygan edi. Ertasi kuni fakultet dekani va o‘rinbosari N.Xafizovni bu haqida ogohlantirdi. O‘qituvchi esa dekanga u hech qanday ortiqcha harakat qilmagani, talaba qiz hamma vaqt darsga kechikib kelishini aytib qo‘pol munosabatda bo‘ldi. Bir hafta muddat o‘tib, dekan kafedra mudiridan mazkur masalani yig‘ilishda muhokama qilib, qaror chiqarib berishni so‘radi.

Kafedra majlisida mazkur masala muhokama etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari har qanday vaziyatda ham N.Xafizovni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi. Biroq talaba-qizning homilador ekanligini hisobga olib, undan uzr so‘rash haqidagi taklifni kiritishdi. N.Xafizovga so‘z berilganda esa, u pedagoglik odobiga zid hech qanday xatti-harakat sodir etmaganligini, talaba-qizdan uzr so‘ramasligini bildirdi. Oradan bir hafta muddat o‘tib, N.Xafizov kafedra mudirining ishdan bo‘shamasligi haqidagi iltimosiga karamasdan, o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi.

YUqorida keltirib o‘tilgan vaziyatni tahlil eting. Siz N.Xafizovning o‘rnida bo‘lganingizda qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz? N.Xafizovning ishdan bo‘shab ketishi to‘g‘ri bo‘ldimi?

Aniq vaziyatlarni bosqichma-bosqich tahlil etish va hal etish bo‘yicha talabalarga uslubiy ko‘rsatmalar

Ish bosqichlari va vaqti

Maslahat va tavsiyanomalar

1. Keys bilan tanishish (individual) – 3 daqiqa

Taqdim etilgan aniq vaziyatlar bilan tanishib chiqing. Muammoli vaziyat mazmuniga alohida e’tibor qarating. Muammoli vaziyat qanday masalani hal etishga bag‘ishlanganligini aniqlang.

2. Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlash (individual va kichik guruhlarda) – 5 daqiqa

Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlang. O‘z fikringizni guruh bilan o‘rtoqlashing. Muammoni belgilashda isbot va dalillarga tayaning. Keys matnidagi hech bir fikrni e’tibordan chetda qoldirmang.

3. Muammo echimini topish va erishiladigan natijani aniqlash – 7 daqiqa

Guruh bilan birgalikda muammo echimini toping. Muammoga doir echim bir necha variantda bo‘lishi ham mumkin. SHu bilan birga siz topgan echim qanday natijaga olib kelishi mumkinligini ham aniqlang.

4. Keys echimi uchun taklif etilgan g‘oyalar taqdimoti (kichik guruhlarda) – 5 daqiqa

Guruh bilan birgalikda keys echimiga doir taqdimotni tayyorlang. Taqdimotni tayyorlashda sizga taqdim etilgan javdalga asoslaning. Taqdimotni tayyorlash jarayonida aniqlik, fikrning ixcham bo‘lishi tamoyillariga rioya qiling.

Keys echimi uchun taklif etilgan g‘oyalar taqdimoti uchun chizma namunasi



Muammo (asosiy va kichik muammolar)

Echim

Natija


Keys: Tarbiyachi eng avvalo o’zi tarbiyalangan bo’lishi lozim!

Adabiyot darsida o’qituvchi yo’qlama qilayotganda darsga kech qolgan talaba eshikni ochib, kirishga runsat so’radi.O’qituvchi talabaga qarab, uning ismi-familiyasini so’radi.Talaba o’zining ismi-familiyasini aytdi. O’qituvchi birdan istehzoli kulib: Ota-onang ism quriganday senga shu ismni qo’ygan ekan-da, - dedi va o’tirishga ruhsat berdi. Talaba nima deyishini va nima qilishini bilmay, noiloj joyiga borib o’tirdi. Darshing qanday o’tganini bilmadi. Bir necha kun o’ziga kelolmay yurdi. Ayniqsa bu so’zni o’qituvchi-tarbiyachidan eshitganini hech bir qolipga sig’dirolmay, bir umrga bu «ziyoli»dan qalbida qora dog’ qoldi.

O’qituvchining ma’naviy qiyofasini baholang.O’z nomi, kasbiga loyiq bo’lgan o’qituvchi, mohir pedagog bunday vaziyatda o’z vazifasini qanday qilib ado etgan bo’lar edi?

Keys: Qush uyasida ko’rganini qiladi!

Shuhratning yolg’iz o’g’ilchasining tili chiqqan - biram shirin-ki! Shuhrat o’zi bolaligida sho’n o’sgan, uning ustiga otasiz katta bo’lgan bo’lib, ba’zi mahalla bolalariga qo’shilib tarbiyasi buzildi.Shu sabab uylanganidan keyin ham bosilmadi.Ba’zan hotini bilan san-manga borib qolishganda og’zidan bodi kirib, shoddi chiqar, hech kimni pisand qilmas, birovga quloq solmas edi.Bir kuni uyga Shuhratning do’stlaridan biri kelib qoldi.Ular gaplashib o’tirishganida Shuhratning hovlida qo’shnilarning bolalari bilan o’ynayotgan o’g’li ularning biri bilan urishib qoldi.Jazavaga tushgan o’g’li SHuhratning qo’y-qo’yiga qaramasdan haligi bolani urar, tili endi chiqqan bo’lishiga qaramasdan oldi-orqasiga qaramasdan so’kar, muomalaga ko’nmas edi.Bundan hijolat bo’lgan Shuhratning o’rtog’i ketish taraddudiga tushdi.Uning esiga Shuhrat bilan bo’lgan ba’zi o’tmish notiralari tushdi.

Shuhratning o’rtog’i ketgandan keyin bu voqeani oila a’zolari quyidagicha qarshiladilar:

A) Dada: yashavor, ota-o’g’il! Boplading o’rtog’ingni.Bo’sh kelma – bo’shashsang hammadan kaltak eysan.Zo’r bo’lsang hamma seni hurmat qiladigan bo’ladi. SHunday bo’lsin - katta bo’lsang qahramon bo’lasan!

B) Buvi: bolam, senga har doim o’g’lingni taltaytirverma, oqibati yomon bo’ladi, deyman. Boshqalarda ham o’g’il bor, faqat senda emas. Undan keyin, sen bolaligingni tashla.Endi o’zing ham farzand katta qilyapsan. Onirini o’yla;

V) qo’yavering, oyi. Katta bo’lsa, esi kirib qoladi.hali yosh-ku, nimani biladi. Ayb qo’shnining o’g’lidan o’tgan-da, bo’lmasa bunaqa qilmas edi.

Keys: Ota-onang yomon bo’lsa, bog’lab boq!

Yangi kelin turmush o’rtog’i, qayinota va qayinonasi bilan birga yashaydi. Kelinning turmush o’rtog’i kuni bilan ishda.Kelin esa uyda.hali u bahona, hali bu bahona qayinona kelinini yoqtirmay tez-tez janjal ko’taradi. Kelinning turmush o’rtog’i bu janjallarga aralashishni yoqtirmaydi. Kelin va kuyov sevib turmush qurishgan, bir-birini sevishadi, munosabatlari juda yanshi.

Oiladagi bu holatda kelin qayinonasi bilan qanday muomalada bo’lishi kerak? Oiladagi ruhiy holatni yanshi tomonga o’zgartirish uchun bu oilada qanday munosabatlarni qaror toptirishi kerak?

A) Kelin janjal chiqqanda qayinonasiga: «Men o’g’lingizga yalinib tegkanim yo’q. Meni o’zingiz topib, holi-jonimga qo’ymay kelin qilgansiz.Endi yomon bo’lib qoldimmi.Men qanday bo’lsam shundayman. Bilganingizni qiling», - deb har gal orani ochiq qilishi kerak;

B) Janjal chiqqanda kelin qayinonasidan baland kelib, uning boshqa janjal chiqarmasligiga harakat qilishi kerak;

V) Kelin har gal janjal chiqish sababini o’rganib, tahlil qilib, ulardan qayinonasi bilan bo’ladigan kelgusi munosabatlari uchun nulosa chiqarishi kerak. qayinonasining narakterini o’rganishi, shunga qarab muomila qilishi, qayinotasi, turmush o’rtog’i bilan maslahat qilishi, qayinonasidan o’tgan bo’lsa kechirishi, o’zining kamchiliklarini tuzatib, o’zidan ayb o’tganda albatta qayinonasidan kechirim so’rashi, uning hurmatini joyiga qo’yishga harakat qilishi kerak.

Download 403,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish