Harbiy jinoyatlarning turlari va ular uchun javobgarlik
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tayotgan askar-matroslar, serjant-starshinalar va ofitserlar sodir etgan nojo‘ya harakatlari, qilmishlari uchun O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan asosda jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Bo‘ysunmashk, ya’ni buyruqni bajarishdan ochiqdan ochiq bosh tortish, shuningdek, buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmashk — 279-moddaga asosan, 2 yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi. O‘sha qilmish bir guruh shaxslar tomo- nidan sodir etilgan bo‘lsa, og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa — 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa — 5 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilish bilan jazolanadi.
Buyruqni ehtiyotsizlik tufayli bajarmashk ko‘p miqdorda zarar etkazilishi yoki og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa — 280-moddaga asosan, 2 yilgacha xizmat yuzasidan cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi. O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa — 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Boshliqqa, shuningdek, harbiy xizmat yuzasidan o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan boshqa shaxsga qarshilik ko‘rsatish yoki uni mazkur vazifalarni bo‘zishga majbur etish — 281-moddaga asosan, 2 yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan, qurol ishlatib sodir etilgan bo‘lsa, og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa — 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa — 5 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jangovar vaziyatda boshliqni o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, bunday harakat amalga oshirilishi uchun etarli asoslar mavjud bo‘lsa — 282-moddaga asosan, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Boshliqni do‘pposlash, uning badaniga engil yoki o‘rtacha, og‘ir shikast etkazish u harbiy xizmat yuzasidan o‘z vazifalarini bajarganligi munosabati bilan yoki bajarayotgan vaqtda sodir etilgan bo‘lsa — 283-moddaga asosan, uch yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Badanga og‘ir shikast etkazish, shuningdek, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan, qurol ishlatib sodir etilgan bo‘lsa — 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa — 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bo‘ysunuvchining o‘z boshlig‘ini, shuningdek, boshliqning o‘ziga bo‘ysunuvchini haqorat qilishi shunday harakatlar uchun intizomiy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa — 284-moddaga asosan, 2 yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki 3 oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Bir-biriga tobe bo‘lmagan harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid Nizom qoidalarini bo‘zish, ya’ni muntazam xo‘rlash, azob berish, sog‘liqning bo‘zilishiga sabab bo‘lgan badanga engil shikast etkazish yoki o‘rtacha, og‘ir shikast etkazish, qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish — 285-moddaga asosan, 6 oyga qamoq yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Marodyorlik, ya’ni halok bo‘lganlarning yoki yaradorlarning buyumlarini jangovar vaziyatda egallash — 286-moddaga asosan, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Muddatli xizmat harbiy xizmatchining harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek, harbiy qismdan qisqa muddatga ruxsat berilganda, boshqa xizmatga tayinlanganda yoki boshqa xizmat joyiga o‘tkazilganda, xizmat safaridan, ta’tildan yoki davolash muassasasidan o‘zrli sabablarsiz bir kecha-kundo‘zdan ortiq, lekin o‘n kecha-kundo‘zdan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida xizmat joyida hozir bo‘lmashgi, shunday qilmishlar uchun intizomiy jazo chorasi qo‘llanilmaganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa — 287-moddaga asosan, 6 oygacha qamoq yoki 1 yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi.
Muddatli xizmat harbiy xizmatchisi, ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxs, praporshik, michman yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchining qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek, o‘zrli sabablarsiz belgilangan muddatdan o‘n kecha-kundo‘zdan ortiq, lekin bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida xizmat joyiga etib kelmashgi — 2 yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, xizmatga belgilangan muddatda o‘zrli sabablarsiz bir oydan ortiq vaqt ichida etib kelmashk ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa — 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, muddatidan qat’i nazar — 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Dezirtirlik, ya’ni harbiy xizmatdan butunlay bo‘yin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga etib kelmashk — 288-moddaga asosan, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha qilmish ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxs, praporshik, michman yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan bo‘lsa — 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Halok bo‘layotgan harbiy kemani o‘z xizmat vazifalarini oxi- rigacha bajarmagan komandir tomonidan, shuningdek, koman- dirning tegishli farmoyishi bo‘lmasdan kema jamoasi tarkibidagi shaxs tomonidan tashlab ketilishi — 289-moddaga asosan, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa — 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘zining biron a’zosini mayib qilish, ya’ni harbiy xizmatchining o‘z badaniga biron shikast etkazish yo‘li bilan, shuningdek, o‘zini yolg‘ondan kasallikka solib, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yo‘li bilan harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan bo‘yin tovlashi yoki bu vazifalarni bajarishdan bosh tortishi — 290-moddaga asosan, 6 oygacha qamoq yoki 1 yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakat jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa — 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qorovul (soqchilik) xizmati Nizom qoidalarini qorovul tarkibiga kirgan shaxs tomonidan zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda bo‘zish, basharti, mazkur qorovul bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan bo‘lsa — 291-moddaga asosan, 2 yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoxud 3 oygacha qamoq yoki 1 yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi. O‘sha qilmish badanga og‘ir shikast etkazishiga, odam o‘limiga, boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa — 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa — 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ichki xizmat Nizomi qoidalarini, shuningdek, garnizonda patrullik qilish qoidalarini zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda bo‘zish, tegishli xizmat bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan bo‘lsa — 292-moddaga asosan, 2 yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki 6 oygacha qamoq yoxud 1 yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jangovar navbatchilikni o‘tash (jangovar xizmat) qoidalarini bo‘zish qo‘riqlanayotgan obektlarga zarar etkazilishiga yoki jangovar topshiriq bajarilmay qolishiga sabab bo‘lsa — 293-moddaga asosan, 2 yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki 6 oygacha qamoq yoxud 1 yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha qilmish O‘zbekiston Respublikasiga to‘satdan qilingan hujumni o‘z vaqtida payqamaganlik yoki daf etmaganlikda ifodalansa, shuningdek, og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa — 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |