Do‗kon Do‗kondagi xarid jarayonida, sotuvchini ikkilanishdan paydo bo‗lgan turli
injiqliklar bilan qiynamaslik joiz. Kassaga yaqinlashganda qiymat aniqlangach, oxirgi
daqiqalarda karmon yoki sumka kovlab vaqt ketkazmaslik uchun xarid uchun
taxminiy hisob bo‗lishi lozim. Qaytimni tekshirib, uzoq qolib kyetish ham nojoiz.
Hayotning zamonaviy tizimi bizdan aniq va tez harakatlarni talab qiladi. Do‗kon
eshigida avval chiqayotganlarni o‗tkazib yuborib, so‗ng kirish tiqilinchni paydo
qilishning oldini olgan bo‗lasiz.
Katta do‗konlar va boshqa ko‗pchilikka xizmat ko‗rsatadigan muassasalarda
bosh kiyim yechilmaydi. Ammo individual xizmat ko‗rsatilayotgan mijoz (masalan:
144
atelye, sberkassa yoki pochta) bosh kiyimini yechishi va xizmatchi bilan
ko‗rishmog‗i lozim.