O‗zbekiston respublikasioliy va o‗rta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/309
Sana11.01.2022
Hajmi1,82 Mb.
#352721
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   309
Bog'liq
этика ва этикет Дарслик

«o„tib  ketsam  maylimi», 
«kechirasiz»
so‗zlarini aytib o‗tishni unumaslik joiz).  
O‗tib  ketayotgan  ayollarni  orqasidan  tez-tez  o‗grilib  qarashdan  ayniqsa, 
yoningizda  ayol  kishi  bo‗lsa,  o‗zni  tiygan  yaxshi.  Sherigi  bilan  ketayotgan  tanishni 
to‗xtatish  ham  bundan  istisno  emas.  Ko‗chada  chekmaslikka,  tuflamaslikka  harakat 
qilish kerak. Hech bo‗lmasa vatanparlik nuqtai nazaridan – ona Yerga tuflayotganini 
bilgan  odam  buni  boshqa  qaytarmasa  kerak.  Zotan,  buyuk  vatandoshlarimizdan  biri 
Ahmad Yassaviy, Umar Xayyom o‗z asarlarida tuflash tugul tuproqqa ehtiyot bo‗lib 
qadam bosish kerakligini odamlarga bejiz uqtirishmagan.  
Ko‗pchilik bilan yurish tavsiya etilmaydi. Agar shoshayotib, oldinda ketayotgan 
odamni  yonidan  o‗tib  ketmoqchi  bo‗lsangiz,  uni  chap  tomonidan  o‗tishga  harakat 
qilmoq, 
«o„tib ketsam maylimi», «kechirasiz»
 so‗zlarini aytib o‗tishni unumaslik joiz. 
Agar  yo‗lda  to‗xtashga  to‗g‗ri  kelsa  (biror  tanishini  uchratib  qolsangiz,  sumkadan 
biror  narsani  olmoqchi  bo‗lsangiz),  chetga  o‗tgan  ma‘qul.  Tirsak  yoki  qo‗l  bilan 
tiqilinch  joylarda  turtib-surtib  o‗tishga  intilish  qo‗pollikdir.  Agar  bu  o‗ta  zaruriyat 
kasb etsa, uzr so‗rashni unutmaslik lozim.  
Yo‗lda  o‗ng‗aysiz  holatga  tushib  qolmaslik  uchun,  masalan,  tanishni  ko‗rmay 
o‗tib  kyetish,  salomga  alik  olmaslik  hollari  bo‗lmasligi  uchun  ziyrakroq  bo‗lgan 
ma‘qul.  Juda  shoshib  turgan  va  gaplashishga  moyil  bo‗lmagan  odamni  to‗xtatish 
befarosatlikdir.  Harakat  ko‗p  bo‗lgan  joylarda  uzoq  suhbatlar  olib  borilmaydi.  Shu 
bilan  birga  hozirda  rusm  bo‗lgan  musiqa  uchun  mo‗ljallangan  telefon  jihozlarni 


141 
 
quloqqa taqib olish bir tomondan tushunmovchilikni, ikkinchi tomondan esa hayotga 
xavf  ham  tug‗dirishi  mumkinligini  o‗ylab  ko‗rish  lozim.  Musiqaning  balandligi 
orqavarotdan  kelayotgan  avtomobilni  shovqini  eshitmay  qolish  mumkin.  Imkon 
boricha  bunday  narslarni  eshitadigan  darajada  musiqaning  ovozi  past  bo‗lgani 
ma‘qul.  
Agar yo‗lda biror bir ma‘lumot va ko‗rsatmaga muhtoj bo‗lib qolsangiz, savollar 
bilan  ichki  ishlar  xodimiga  yoki  haydovchiga  murojaat  qilish  mumkin.  Ularni 
topolmagan  taqdirda  uzr  so‗ragan  holda  yo‗lovchilarga  murojaat  qilsa  bo‗ladi. 
Kerakli  ma‘lumotga  ega  bo‗lgandan  so‗ng,  tashakkur  bildirish  odobdandir.  Agar 
sizdan ko‗chada biror bir narsa so‗rashsa, tavoze‘ bilan aniq, ravshan va qisqa javob 
berish  kerak.  Uzoqdan-uzoq  tushuntirishlar  bilan  murakkablashmagan  ma‘qul. 
Ko‗chada ovqatlanish odobga to‗g‗ri kelmaydi. Yaqin-atrofdagi restoran, bufet yoki 
qahvaxonaga kirgan ma‘qul. Bolalar oldida o‗zingizni madaniyatliroq tuting (garchi 
o‗z  farzandlaringiz  bo‗lmasa  ham)  –  har  qanday  katta  yoshdagi  odam  o‗zi  istar-
istamas yonida turgan bolalarga ta‘sir qila olish xususiyatiga ega. 
Ko‗chada  ayolning  chap  tarafidan  yuriladi,  agar  ikkita  erkak  bo‗lsa,  chapdan 
yoshrog‗i  yuradi.  Agar  yo‗lda  ta‘mirlash  ishlari  olib  borilayotgan  bo‗lsa,  erkak 
trotuardan tashqarida yuradi. Agar uchta bo‗lib ketayotgan bo‗lsangiz, o‗rtadagi joyni 
nufuzliroq odamga beriladi. Masalan, professor ikkita talaba o‗rtasida, ayol kishi ikki 
erkak o‗rtasida, ikkita ayolnining o‗rtasida bitta erkak yuradi. Bunday vaziyatda har 
bir ayol uchun erkak tayanchiq vazifasini o‗taydi, hamda suhbat ham jonliroq bo‗ladi. 
Agar to‗rtta bo‗lib ketayotgan bo‗lsalar juft bo‗lib olganlari yaxshi. Yoshi kattaroqlari 
oldinda, yoshlar orqada. Beshta bo‗lsalar biri uchtadan, ikkinchisi ikkitadan bo‗linib 
olishadi. Zinapoyadan ko‗tarilayotganda erkak ayoldan kerak bo‗lganda qo‗llab turish 
uchun  bir  pog‗ona  pastroq  ketadi.  Zinapoyadan  tushayotganda  esa  ayol  qoqilib 
ketaganida ushlab qolish mumkin bo‗lgan masofada tushadi. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish