O‗zbekiston respublikasioliy va o‗rta


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/309
Sana11.01.2022
Hajmi1,82 Mb.
#352721
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   309
Bog'liq
этика ва этикет Дарслик

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
 
1.
 
Karimov I. A. O‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. - T., O‗zbekiston, 
2011. 
2.
 
Abdulla  Sher.  Axloqshunoslik.  O‗zbekiston  milliy  faylasuflari  jamiyati.  –  T., 
2010. 293-b. 
3.
 
Javliev T. An‘analar – hayot sabog‗i. - T., ―O‗zbekiston‖, 1992. 
4.
 
Этикет от А до Я. www. еtiksite.  ru. 11. КБ. 
5.
 
Правила этикета. www. еtiksite.  org.   3 КБ. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


145 
 
10-MAVZU. TURMUSH ETIKETI 
 
Oila 
Oila  —  tarixan  tarkib  topgan  o‗ziga  xos  va  mos  ijtimoiy  guruh  bo‗lib,  uning 
a‘zolari  bir-birlari  bilan  nikoh,  qon-qarindoshlik,  umumiy  turmush  va  o‗zaro 
huquqiy, axloqiy va boshqa munosabatlar bilan bog‗langandir. Oila nikoh zaminida 
vujudga  keladi.  Nikoh  esa  erkak  va  ayol  orasidagi  munosabatlarning  jamiyat 
tomonidan tan olingan, ma‘qullangan ifodasi hisoblanadi. 
―Oila uch jihatni: o‗zining bevosita ko‗rinishi bo‗lmish nikohni; oilaviy mulk va 
anjomlar hamda ular haqidagi g‗amxo‗rlikni; bolalar tarbiyasini o‗z ichiga oladi‖.
32
 
Oilamuqaddas    urf  –  odatlarimizni    saqlaydigan    tarbiya  o‗chog‗idir. 
Yoshlarning  ma‘naviy  qiyofasi,  ularning  hatti–harakatlari,  xulq–atvorlari  dastlab 
oilaviy munosabat  madaniyatida ifodalanadi.  Oilaviy munosabat madaniyati nima? 
Bu  –  oilada  insonga  xos  va  mos  sharoitlarni  yaratish,  oilaning  vazifalarini  to‗la 
bajarish, oilaviy turmush tarzini to‗g‗ri shakllantirish, oila a‘zolarining xulq – odobi, 
dunyoqarashi,  mafkurasini,  oilaviy  hayotning  davomiyligini  ta‘minlashdir.  
Mustahkam  oila  mustahkam  jamiyatning  asosidir.  Shunday  ekan  jamiyat  oilalarni  
mustahkamlash,  oilaviy  munosabatlar  madaniyatini  takomillashtirishga  alohida 
e‘tibor  berib kelmoqda. 
Oila,  jamiyat  va  davlat  bilan    o‗zaro  bog‗liq  bo‗ladi  va  ular  bilan  bir  vaqtda 
rivojlanib boradi. Oila nafaqat axloqiy balki demografik, iqtisodiy, ijtimoiy,  madaniy 
va boshqa  muhim  funksiyalarni  bajaradi. Shuning uchun jamiyat va davlat  oilaning 
farovon bo‗lishidan  manfaatdor bo‗ladi.   
Oila  a‘zolari  bir  –  birlari  bilan  umumiy  turmush,  o‗zaro  iqtisodiy  –  mulkiy, 
huquqiy, axloqiy, ruhiy a‘loqalar bilan bog‗lanadi. Oilaning  birinchi vazifasi o‗z nasl 
–  nasabini  davom  ettirishdan,  tarbiyali  farzandlarni  o‗stirishdan,  oila  a‘zolarining 
tirikchiligini, bo‗sh vaqtini ko‗ngilli o‗tkazishni  ta‘minlashdan iboratdir. 
Nikoh  –  erkak  va  ayolning  teng  huquqli,  erkin  va  ixtiyoriy  ittifoqi  bo‗lib,  u 
fuqarolik  holati  dalolatnomalarini    yozish    organlarida  tuziladi    va  oila  tuzish 
maqsadiga xizmat qiladi.  
Oila  nikohdan  boshlanadi.  Nikoh  rasmiy,  qonunlar  asosida  o‗tkazilgandagina 
haqiqiy hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasi Oila kodeksining birinchi moddasida 
nikoh  fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  qayd  yetish  organlarida  tuzilishi  lozimligi 
ko‗rsatilgan. 
Nikohdan  o‗tivchilar  FHDYOga  ariza  berganlaridan  keyin  bir  oy  o‗tgach, 
Shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi. 
                                                           
32
Abdulla SHer. Axloqshunoslik. O‗zbekiston milliy faylasuflari jamiyati. – Toshket, 2010. 293-b. 


146 
 
Uzrli  sabablarga  ko‗ra  FHDYO  bir  oy  sinov  muddati  o‗tgunga  qadar  nikoh 
tuzishga ruxsat berishi mumkin. 
Balog‗atga yetmaganlarning nikohga kirishining oldini olish, ularning sog‗ligini 
himoya qilish maqsadida hamda oilani qurish uchun ma‘lum hayotiy tajriba, jismoniy 
va  ma‘naviy  etuklik  talab  qilinishini  e‘tiborga  olgan  holda,  qonun  nikoh  yoshini 
erkaklar uchun o‗n sakkiz yosh, ayollar uchun o‗n yetti yosh etib belgilangan. 
Uzrli  sabablar  bulgan,  alohida  hollarda  nikoh  yoshi  erkak  va  ayollarga  bir 
yoshga  kamaytilishi  mumkin.  Bu  sabablarga,  masalan:  nikohga  kiruvchi  ayol 
homilador  bo‗lib  qolishi,  bir  taraf  og‗ir  kasal  bo‗lgan  yoki  harakatdagi  armiyaga 
ketayotgani va boshqa shunga o‗xshash hollar kiradi. Bunda nikoh davlat ro‗yxatidan 
o‗tkaziladigan  joydagi  tuman,  shahar  hokimi  nikoh  yoshini  ko‗pi  bilan  bir  yilga 
kamaytirishi mumkin. 
Nikoh,  nikohga  kiruvchilarning  ixtiyoriyligi,  erkin  roziligi  asosida  tuziladi. 
Nikohni tuzish  uchun bo‗lajak  er-xotin o‗z  roziligini erkin ifoda  yetish qobiliyatiga 
ega  bo‗lishi  kerak.  Agar  shaxs  o‗z  hatti-harakatlari  oqibatni  tushunmaydigan  holda 
(qattiq  mastlik,  ruhiy  holatining  vaqtincha  buzilishi)  yoki  aldov  oqibatda  nikohdan 
o‗tgan bo‗lsa, bunday nikoh qonunda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topiladi. 
Nikoh  tuzishga  majbur  qilish  qonun  bilan  taqiqlanadi.  Ayolni  o‗z  erkiga  xilof 
ravishda erga tegishga majbur qilish O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 
136-moddasiga ko‗ra jazolanadi. 
Nikoh  tuzish  haqidagi  arizani  berishda  shaxsni  aniqlovchi  hujjatlar:  pasport, 
harbiy  bilet, ofitser, praporshikning  shaxsiy  guvohnomasi, nikohlanuvchilarning biri 
ilgari nikohda bo‗lgan bo‗lsa, nikohdan ajralganlikni tasdiqlovchi hujjat (guvohnoma 
yoki  sud  qarori), nikohni  haqiqiy  emas  deb topilganligi to‗g‗risidagi sud qarori,  er-
xotindan birining o‗limi to‗g‗risidagi guvohnoma ko‗rsatilishi kerak. 
Nikoh  nikohlanuvchilarning  xohishiga  ko‗ra  tantanali  ravishda  qayd  etilishi 
mumkin. 
Bu  oila  tuzilishi  va  yaratilishining  huquqiy  jihatlari.  Axloq  nazariyasi  nuqtai 
nazaridan oilaning asosi bo‗lmish nikoh – ezgu maqsadga yo‗naltirilgan, zimmasiga 
zurriyot qoldirishdek yuksak mas‘uliyat yuklangan sevgi, sevishning ijtimoiylashgan 
ko‗rinishi.  Sevgi-muhabbat  faqat  erkinlikda  namoyon  bo‗lishini  hisobga  olinadigan 
bo‗lsa,  nikohni  ma‘lum  ma‘noda,  an‘analar,  urf-odatlar  va  e‘tiqodlarga 
moslashtirilgan  sevgining  yashash  sharti  deyish  mumkin.
33
  O‗zbek  oilasining 
dunyodagi boshqa oilalarga o‗xshash tomoni ko‗p, shu bilan birga o‗ziga xos jihatlari 
bor. Xalqimizning: "Nikoh eng avvalo Arshi a‘loda o‗qiladi, keyin esa yerda" degan 
naqli  behuda  aytilmagan.  Ota-bobolarimizning  azaliy  tushunchalari  bo‗yicha  nikoh 
ilohiy  ahd,  oila  muqaddasdir.  "Xotinlaringiz  ziroatgohingizdir"  deyiladi  Qur‘oni 
                                                           
33
Qarang Abdulla Sher. Axloqshunoslik. O‗zbekiston milliy faylasuflari jamiyati. – Toshket, 2010. 294-b. 


147 
 
karimning  Baqara  surasi  223-oyatida.  Oila  qurishdan  asosiy  maqsad  farzand 
ko‗rishdir. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish