153
or qiladigan erkaklar uchun «azizim, onajonisi, ….xon» kabi shirin so‗zlarni
ishlatishlari mumkin.
Agar ayol har kuni dasturxonga taom olib kelsa, er hadeb rahmat deyaverishi
shart emas. Yoki ayol kyetishdan oldin er uning ustiga paltosini kiydirib qo‗ysa ham
ayolni minnatdorchilik bildirish zaruriyat taqozo etmaydi. Ammo «Vanaxonadagi
xalatim olib keling» degan iltimoslarga minnatdorchilik bildirish lozim. Insonlar
bilan munosabatda ohang asosiy o‗rinni egallaydi. «Choy quy» degan so‗zning o‗zi
ham iliq muhabbat bilan yo‗g‗rilgan ohangda eshitilishi, «Choy quying, iltimos!» deb
aytilgan qo‗rs ohang ko‗ngilni og‗ritishi mumkin. Yuvingandan so‗ng albatta, vanna
yoki rakovinani yuvib qo‗ying. Bu hammaning burchidir. Idish yuvadigan rakovinaga
tuflash, og‗iz chayish, tish yoki yuzni yuvish madaniyatsizlikdir.
Xullas, uyni ozoda tutish faqat uy bekasiga bog‗liq emas, bu barcha oila
a‘zolarini ishidir.
Ota-onaning tashqi ko‗rinish ham, ayniqsa, farzandlar oldida muhim ahamiyat
kasb etadi. Bolani bog‗chadan olgani borganda, bolalar kichkina bo‗lsa ham
solishtirish xususiyatiga egaligini unutmasligi lozim. Bolalar ota-onalaridan
uyalishga yo‗l qo‗ymaslik lozim. Bunda «Ota-onani, ayniqsa, onani sevish shart» deb
qo‗yilgan talablar doimo o‗zini oqlayvermaydi. Men kelinman, qaynona-qaynotamga
qaraymi, erimgami yoki bolalargami deb boshqalarni ham o‗zini ham aldaydigan
kelinlar oxir-oqibat soxtalikni ko‗rsatib qo‗yadilar. Atrofdagilarni, ayniqsa bolalarni
bunday uslub bilan o‗ziga tortish, ularni rahmini keltirish o‗xshovsiz hiyla xolos.
Axloqshunoslikda muhabbat erkinlikda namoyon bo‗ladi, degan ilmiy xulosani
nazardan chetda qoldirmang.
Hech qachon bolalarning mehnati uchun «pora» bermaslik lozim. «Buni qilsang,
uni olib beraman» qabilida. Buning o‗rniga unga ixtiyor bergan ma‘qul. Istagan ishni
tanlab olsin. Ammo bajarsin. Mehnatsiz yashab bo‗lmaslikka o‗rgatish lozim.
Agar o‗zingiz namuna bo‗lmasangiz bunday «tarbiya»ning hech foydasi
bo‗lmaydi. Bolalar oldida bir-birining vazifalarini «eslatib» urushmaslik kerak. Agar
sizdagi o‗zaro ziddiyatni bolalar
bilib qolsalar, ular sizdan foydalana boshlaydilar.
Bunga qarshi faqat va faqatgina oiladagi axloqiy muhit choradir.
37
Oilaviy bayramlar – har bir oilaning shaxsiy ishidir. Ammo tug‗ilgan kunda
birlaShuv va hamjihatlikning bo‗lishi turgan gap. Hammaga ma‘lumki ayollar o‗z
tug‗ilgan kunlarini erlari yoddan chiqarishlarini juda og‗ir qabul qiladilar.
Er-xotinlar o‗rtasidagi asosiz paydo bo‗laveradagian bahslarning qat‘iy chorasi –
ko‗p hollarda ajrashish bilan tugaydi. Ammo bunga noiloj vaziyatlardagina yo‗l
qo‗yish mumkin. Munozaradagi ma‘lum qoidalarga amal qilib, bu baxtsizlikdan
qutulish mumkin. Masalan, hech qachon o‗z norozilikarni kinoyali ohangda
37
Abdulla SHer. Axloqshunoslik. O‗zbekiston milliy faylasuflari jamiyati. – Toshket, 2010. 295-b.
154
aytmaslik lozim – bu odamni haqoratlaydi va instinktiv ravishda qarshilik qilishga
undaydi. Yurakdagi dardning hammasini faqat mulozamat, muloyimlik va bosiqlik
bilan ayta olish mumkin. Bu oilada ijobiy javob – tushunishni vujudga keltiradigan
yagona ohangdir. Muomala
qila olishning ziddi jizzaki, buyrug‗ona ohangdir.
Ochiqdan-ochiq odamga achinishni e‘lon qilish ham, aksil ta‘sir beradi. Bundan
tashqari fikrni oxirgacha aytmaslik,
Do'stlaringiz bilan baham: