O‗zbekiston respublikasioliy va o‗rta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/309
Sana11.01.2022
Hajmi1,82 Mb.
#352721
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   309
Bog'liq
этика ва этикет Дарслик

Kelinlik  liboslari
.  Kelinning  odobi,  uning  o‗zligi,  borligini  namoyon  etadigan 
tomonlardan  biri,  uning  garderobi,  ya‘ni  kiyinishidir.  Uch-to‗rt  ko‗ylakni  yuvib 
dazmollab o‗qishga, ishga kiyib tejamkorlikka o‗rgangan qizlar to‗y munosabati bilan 
keyin  birdaniga  ikki  yoqdan  bir  necha  o‗n  sidra  sarpolik  bo‗lib  qoladilar.  Zotan, 
borini  bordek  ko‗rsatish,  kamini  yashirib,  sevinib  yurish  ayollarning  qo‗llarida. 
Birinchi  navbatda  ikki  tomon  sarpolarini  qishligini-qishlikka,  yozligini-yozlikka 
ajratiladi.  Keyin  kiyimlar  yana  qishligi-qishlikka,  uyligi-uylikka  ajratiladi.  O‗z 
navbatida,  ular  yana  sarxillanadi,  masalan:  liboslar  ichidan  atoqlik  mehmonga 
kiyiladiganlarini  (kelin  salomlar,  to‗y-hashamlar)  kiyim  javoningizning  to‗riga 
chiroyli qilib ilib qo‗ying. Kerak paytda darrov kiyib chiqasiz. Uyliklar ham bir sidra 
saralanadi.  
Masalan:  mehmon  kelganda  kiyiladiganlari  alohida  osiladi.  Mavsumga  qarab 
ertalab,  peshinda,  kechqun  kiyiladiganlari,  bayram-hayitlarda  kiyiladiganlari, 
ajratiladi.  Ayrimlar  kelinlar  doimo  yasanib  yurishlari  kerak,  tez-tez  kiyim 
almashtirish  kerak  deb  bir  yilga  qolmay  barcha  kelinlik  liboslari  ohorini  to‗kib  kir 
tog‗orada  chiritadi.  Ertalab  hovli  supurganda  uy  yig‗ishtirganda  sun‘iy  matodan 
to‗qilgan  ko‗ylak  lozim  kiygan  ma‘qul  (homiladorlik  vaqti  bundan  mustasno). 
Yuvganda  aynimaydi.  Nonushtani  tayyorlab  bo‗lgach,  odatda  oshxonada  ovqati  isi 
kelib  turmaslik  uchun,  nonunushtaga  ko‗pchilik  bilan  o‗tirishdan  avval  libosni 
almashtirgan  ma‘qul.  To‗g‗ri  yaltirog‗i  bor  kiyimlar  kelin  liboslarining  ko‗rki 
hisoblanadi. Ammo oshirvormaslik, ya‘ni bachkanalik darajasiga ko‗tarmaslik lozim. 
Ish  yoki  o‗qishga  qatnaydigan  kelinlar  yaltirog‗i  yo‗q  kiyimlar  kiygani  ma‘qul. 
Kelinman deb, bosh oyoq yaltiroq kiyganlar boshqalar diqqatini tortadi xolos. Tungi 
kiyimlar  alohida  saqlangani  ma‘qul.  Yana  bir  nozik  masala  –  ayrim  kelinlarning 
xonasi  egasi  ko‗chib  ketgan  uyga  o‗xshaydi.  Hamma  joyda  kiyim,  lozim,  ko‗ylak, 
xalat.  Divanda  er  kiyimi,  stulda  xalat,  krovatda  ro‗mol-u  ko‗ylak.  Turlanish  kerak 
ekan  deb  kiyimni  duch  kelgan  erga  uloqtirib,  boshqasini  kiyib  ketaverish  yaxshi 
emas.  
To‗g‗ri, yoshlarning ham kattalarga, ham ro‗zg‗orga, hamda keti tugamaydigan 
mehmonlarga xizmat ko‗rsatishi bunday nozik jussiga og‗irlik qiladi. Ammo birinchi 
navbatda turmush o‗rtog‗i, so‗ng o‗zingiz e‘tiborga loyiq ekanligingizni unutmaslik 
lozim.  Kelinning  xonadonga  xizmatchi  bo‗lib  kelishi  –  kelajakda  uni  professional 
darajadagi xizmatchiga, uy bekasi bo‗lib kelishi esa uy bekalikka olib keladi. O‗ziga 
nisbatan  e‘tiborsizlik  atrofdagilarni  ham  shunday  munosabatda  bo‗lishiga  sabab 
bo‗lishi  mumkin.  Ammo  hadeb  turlanaverish  ham  ayol  ko‗rkini  ―sindiradi‖.  Bora-
bora  bunday  ayollar  o‗zini  yanada  chiroyli  ko‗rsatishning  eng  murakkab  yo‗llarini 
qidirishga majbur bo‗lib qoladilar. 
Zeb-ziynatning,  taqinchoqning  o‗ziga  yarasha  ma‘naviy  yuki,  o‗ziga  yarasha 
ma‘naviy  qadriyati,  tarbiyaviy  ahamiyati  bor.  Taqinchoqlar  xilini  xiliga,  rangini 


151 
 
rangiga, kiygan libosga moslab taqiladi. Bu taqinchoqlar uncha qimmat ham bo‗lmas, 
ularning bezagi kiygan libos bilan uyg‗unlashib, go‗zal ansambl tashkil etadi. 
Lekin bu degan kelin bo‗lish rusmlarini joy-joyiga qo‗yaman deb, ota-ona, opa-
singil,  aka-ukalar  rizqini  qiyib  bo‗lsa-da,  boshqalardan  qolishmaslik  eng  yomon 
narsadir.  Bu  bilan  baxtli  bo‗laman  degan  odam  qattiq  adashadi.  Yomon  niyatda 
bo‗lgan  odam  baribir,  qanday  e‘tiborli  bo‗lishingizdan  qat‘iy  nazarda sizga  bo‗lgan 
munosabatini  o‗zgartirmaydi.  Aybni  doimo  barchadan  va  barcha  narsalardan  topsa 
bo‗ladi.  Beayb  parvardigor.  Ota-onalar  ne  azobda  qiynalib  qiziga  qilib  bergan  bu 
sarpolar hech qancha vaqt o‗tmay sandiqda keraksiz narsa bo‗lib yotishini unutmaslik 
lozim. Ortiqcha xarajat, uvol va isrof keyin o‗zining samarasini beradi. Agar yoshlar 
avvaldan  kirim  va  chiqim  borasida  o‗ylamasalar,  bunday  oilaning  kelajakdagi 
iqtisodiyotini tasavvur qilish mumkin.  
 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish