O‘zbekiston respublikasining uy-joy kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha turar joydan foydalanganlik



Download 368,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/62
Sana25.02.2022
Hajmi368,92 Kb.
#463710
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62
Bog'liq
24.12.1998. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

59-modda. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha turar joydan foydalanganlik
uchun to‘lanadigan haq
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joylardan ikkilamchi ijaraga berish
shartnomasi bo‘yicha foydalanganlik va kommunal xizmatlar uchun to‘lanadigan haq miqdori
taraflar kelishuviga muvofiq belgilanadi, lekin uning miqdori shu joy uchun ijaraga oluvchi
tomonidan to‘lanayotgan haq hamda kommunal xizmatlar haqidan oshib ketmasligi kerak.
60-modda. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini bekor qilish
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ikkilamchi ijaraga berish
shartnomasining muddati tugagandan so‘ng ikkilamchi ijaraga oluvchi shartnomani qayta
tiklashni talab qilishga haqli emas va u egallab turgan turar joyni ijaraga oluvchining talabidan
keyin ham bo‘shatib bermasa, unga boshqa turar joy berilmagan holda sud tartibida ko‘chiriladi.
Ijaraga berish shartnomasi bekor qilingan hollarda ham ikkilamchi ijaraga oluvchi unga boshqa
turar joy berilmagan holda xuddi shu tartibda ko‘chiriladi.
Agar ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi muddati ko‘rsatilmay tuzilgan bo‘lsa, ijaraga
oluvchi ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi bekor qilinishi haqida ikkilamchi ijaraga oluvchini uch
oy oldin ogohlantirishi shart.
Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi, shuningdek ushbu Kodeksning 
69-moddasi 
hamda
119-moddasining 
ikkinchi qismida
 nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra ham bekor qilinishi mumkin.
61-modda. Vaqtincha yashovchilar
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi
ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar o‘zaro kelishuvga binoan
va 
ijaraga 
beruvchini 
oldindan 
xabardor 
qilgan 
holda 
vaqtincha 
yashovchilarga
(foydalanuvchilarga) turar joyda tekin yashab turishlari uchun ruxsat etishga haqlidirlar. Vaqtincha
yashovchilarning yashab turish muddati olti oydan oshmasligi kerak.
Vaqtincha yashovchilar turar joydan foydalanishda mustaqil huquqqa ega bo‘lmaydilar.
Ularning xatti-harakatlari uchun ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi javobgardir.
Vaqtincha yashovchilar ular bilan kelishilgan yashab turish muddati o‘tganidan keyin, agarda
bunday muddat kelishilmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchi, uning oila a’zosi yoki u bilan doimiy
yashayotgan fuqaro tomonidan tegishli talab qo‘yilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan yetti kun ichida
turar joyni bo‘shatishlari shart. Talab rad etilgan taqdirda vaqtincha yashovchilar sud tartibida
boshqa turar joy bermasdan ko‘chirilishlari lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bir kishi hisobiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni ijtimoiy normasi haqidagi qonunchilik
talablariga rioya etilmasa, ijaraga beruvchi vaqtincha yashovchilarning yashab turishlarini taqiqlab
qo‘yishi mumkin.
(61-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish