O‘zbekiston respublikasining uy-joy kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ijaraga oluvchining turar joyga oila a’zolari va boshqa fuqarolarni ko‘chirib



Download 368,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/62
Sana25.02.2022
Hajmi368,92 Kb.
#463710
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62
Bog'liq
24.12.1998. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

51-modda. Ijaraga oluvchining turar joyga oila a’zolari va boshqa fuqarolarni ko‘chirib
kiritish huquqi
Ijaraga oluvchi belgilangan tartibda ijaraga beruvchining roziligi bilan oila a’zolarini, oilaning
voyaga yetgan barcha a’zolarining bergan yozma roziligiga binoan esa, munitsipal, idoraviy uy-joy
fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyidagi ijaraga olingan turar joyga boshqa
fuqarolarni ko‘chirib kiritishga haqlidir. Oilaning voyaga yetmagan a’zolarini ko‘chirib kiritish uchun
bunday rozilik talab etilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Turar joyga boshqa shaxslarni ko‘chirib kiritishga qonunchilikning har bir kishiga
mo‘ljallangan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi talablariga rioya etilgan holda yo‘l
qo‘yiladi, voyaga yetmagan bolalarni va mehnatga qobiliyatsiz yolg‘iz ota-onalarni ko‘chirib kiritish
hollari bundan mustasno.
(51-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Turar joyga ijaraga oluvchining oila a’zosi sifatida ko‘chib kelgan va ijara shartnomasiga
kiritilgan fuqarolar, agar ular ko‘chib kirayotganda bu shaxslar, ijaraga oluvchi va u bilan birga
yashovchi oila a’zolari o‘rtasida turar joydan foydalanish tartibi to‘g‘risida boshqacha kelishuv
tuzilmagan bo‘lsa, boshqa oila a’zolari bilan turar joydan foydalanishda teng huquqlarga ega
bo‘ladilar.


Ijaraga oluvchining turar joyiga vasiy yoki homiy sifatida ko‘chib kirgan fuqarolar, shuningdek
ijara shartnomasiga kiritilmagan boshqa shaxslar bu turar joyga nisbatan mustaqil huquqqa ega
bo‘lmaydilar.
52-modda. Vaqtincha bo‘lmagan fuqarolar turar joyining saqlanishi
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar
joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar
vaqtincha bo‘lmaganida turar joy olti oy muddat davomida ularning hisobida saqlanib turadi.
Vaqtincha bo‘lmaganida fuqarolarning turar joyi quyidagi hollarda olti oydan ortiq muddatga
saqlanib turadi:
harbiy xizmatga chaqirilganda – chaqiruv bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tashning butun davri
mobaynida;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirilganda – kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tashning
butun davri mobaynida;
Oldingi
 tahrirga qarang.
ish sharoitlari va xususiyati bo‘yicha (kema ekipaji, geologiya, qidiruv partiyalarining,
ekspeditsiyalarining xodimlari va hokazolar), chet elga xizmat safarida bo‘lish yoki ta’lim olishi
munosabati bilan (studentlar, doktorantlar va boshqalar) doimiy yashash joyidan vaqtincha jo‘nab
ketilganda – ushbu ishni bajarish, xizmat safarida bo‘lish yoki ta’lim olishning butun davri
mobaynida;
(52-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi
O‘RQ-456-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-
son)
bolalar tarbiyalash uchun bolalar muassasasiga, qarindoshlarga yoki homiylarga, vasiylarga
topshirilganda – ular ushbu muassasada, qarindoshlar yoki homiylar, vasiylar qaramog‘ida
bo‘ladigan butun davr mobaynida, agar bolalar chiqib ketgan turar joyda oilaning boshqa a’zolari
yashash uchun qolgan bo‘lsa. Agar bolalar chiqib ketgan turar joyda ularning oila a’zolari yashash
uchun qolmagan bo‘lsa, ushbu xona bolalarning muassasada bo‘lishi muddati tugaguncha yoki
qarindoshlar yoxud homiylar, vasiylar qaramog‘idan qaytib kelgan bolalar voyaga yetguncha,
shuningdek tegishli hollarda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida
o‘qish tugaguncha yoxud mamlakat Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmat muddati tamom
bo‘lguncha ushbu turar joy ijara shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga berib turilishi mumkin;
homiy, vasiy vazifasini bajarish munosabati bilan jo‘nab ketilganda – ushbu vazifalarni
bajarishning butun davri mobaynida;
davolanish uchun davolash-profilaktika muassasalariga jo‘nab ketilganda – davolanishda
bo‘lgan butun davr mobaynida;
qamalganda yoki ushbu turar joyda yashash imkoniyatini istisno etuvchi ozodlikdan mahrum
etish yoki boshqa jazo chorasiga mahkum etilganda – qamoqda bo‘lishning yoki jazoni o‘tashning
butun davri mobaynida, agar turar joyda oilaning boshqa a’zolari yashash uchun qolgan bo‘lsa.
Agar ko‘rsatilgan fuqarolar chiqib ketgan turar joyda ularning oila a’zolari yashash uchun qolmagan
bo‘lsa, bunday fuqarolar qamoqdan ozod bo‘lguncha yoki jazoni o‘tab kelguncha bo‘lgan
muddatga ushbu xona ijara shartnomasi asosida boshqa shaxslarga berib turilishi mumkin.
Vaqtincha bo‘lmaganida shaxsning turar joydan foydalanish huquqi ushbu moddaning
ikkinchi qismida 
ko‘rsatilgan muddatlar tugagan kundan boshlab olti oy mobaynida saqlanib
qoladi.
Agar ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar
uzrli sabablarga ko‘ra turar joyda olti oydan ortiq muddat bo‘lishmasa, bu muddat shu shaxslarning
arizasiga binoan ijaraga beruvchi tomonidan, nizoli hollarda esa, sud tomonidan uzaytirib berilishi
mumkin.

Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish