Ijaraga oluvchining turar joyiga vasiy yoki homiy sifatida ko‘chib kirgan fuqarolar, shuningdek
ijara shartnomasiga kiritilmagan boshqa shaxslar bu turar joyga nisbatan mustaqil huquqqa ega
bo‘lmaydilar.
52-modda. Vaqtincha bo‘lmagan fuqarolar turar joyining saqlanishi
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar
joyni
ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar
vaqtincha bo‘lmaganida turar joy olti oy muddat davomida ularning hisobida saqlanib turadi.
Vaqtincha bo‘lmaganida fuqarolarning turar joyi quyidagi hollarda olti oydan ortiq muddatga
saqlanib turadi:
harbiy xizmatga chaqirilganda – chaqiruv bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tashning butun davri
mobaynida;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirilganda – kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tashning
butun davri mobaynida;
Oldingi
tahrirga qarang.
ish sharoitlari va xususiyati bo‘yicha (kema ekipaji, geologiya,
qidiruv partiyalarining,
ekspeditsiyalarining xodimlari va hokazolar), chet elga xizmat safarida bo‘lish yoki ta’lim olishi
munosabati bilan (studentlar, doktorantlar va boshqalar) doimiy yashash joyidan vaqtincha jo‘nab
ketilganda – ushbu ishni bajarish, xizmat safarida bo‘lish yoki ta’lim olishning butun davri
mobaynida;
(52-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi
O‘RQ-456-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-
son)
bolalar tarbiyalash uchun bolalar muassasasiga, qarindoshlarga yoki homiylarga, vasiylarga
topshirilganda –
ular ushbu muassasada, qarindoshlar yoki homiylar, vasiylar qaramog‘ida
bo‘ladigan butun davr mobaynida, agar bolalar chiqib ketgan turar joyda oilaning boshqa a’zolari
yashash uchun qolgan bo‘lsa. Agar bolalar chiqib ketgan turar joyda ularning oila a’zolari yashash
uchun qolmagan bo‘lsa, ushbu xona bolalarning muassasada bo‘lishi muddati tugaguncha yoki
qarindoshlar yoxud homiylar, vasiylar qaramog‘idan qaytib kelgan
bolalar voyaga yetguncha,
shuningdek tegishli hollarda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida
o‘qish tugaguncha yoxud mamlakat Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmat muddati tamom
bo‘lguncha ushbu turar joy ijara shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga berib turilishi mumkin;
homiy, vasiy vazifasini bajarish munosabati bilan jo‘nab ketilganda – ushbu vazifalarni
bajarishning butun davri mobaynida;
davolanish uchun davolash-profilaktika muassasalariga jo‘nab ketilganda – davolanishda
bo‘lgan butun davr mobaynida;
qamalganda yoki ushbu turar joyda yashash imkoniyatini istisno etuvchi ozodlikdan mahrum
etish yoki boshqa jazo chorasiga mahkum etilganda – qamoqda bo‘lishning yoki jazoni o‘tashning
butun
davri mobaynida, agar turar joyda oilaning boshqa a’zolari yashash uchun qolgan bo‘lsa.
Agar ko‘rsatilgan fuqarolar chiqib ketgan turar joyda ularning oila a’zolari yashash uchun qolmagan
bo‘lsa, bunday fuqarolar qamoqdan ozod bo‘lguncha yoki jazoni o‘tab kelguncha bo‘lgan
muddatga ushbu xona ijara shartnomasi asosida boshqa shaxslarga berib turilishi mumkin.
Vaqtincha bo‘lmaganida shaxsning turar joydan foydalanish huquqi ushbu moddaning
ikkinchi qismida
ko‘rsatilgan muddatlar tugagan kundan boshlab olti oy mobaynida saqlanib
qoladi.
Agar ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar
uzrli sabablarga ko‘ra turar joyda olti oydan ortiq muddat bo‘lishmasa, bu muddat shu shaxslarning
arizasiga binoan ijaraga beruvchi tomonidan, nizoli hollarda esa, sud tomonidan uzaytirib berilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: