O‘zbekiston respublikasining uy-joy kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Xizmat turar joylaridan foydalanish



Download 368,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/62
Sana25.02.2022
Hajmi368,92 Kb.
#463710
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62
Bog'liq
24.12.1998. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

77-modda. Xizmat turar joylaridan foydalanish
Xizmat turar joylaridan foydalanish munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli
kommunal uy-joy fondidagi turar joylardan foydalanish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
78-modda. Ijara shartnomasini bekor qilish
Xizmat turar joyi ijara shartnomasi mehnat, xizmat munosabatlari tugatilishi bilan bir vaqtda
bekor bo‘ladi.
Agar mehnat, xizmat munosabatlari tiklansa, xizmat turar joyini ijaraga oluvchi xizmat turar
joyi ijara shartnomasi muddati tugagandan keyin ham ijara shartnomasini qayta tiklashda imtiyozli
huquqni saqlab qoladi.
79-modda. Boshqa turar joy bermasdan xizmat turar joylaridan ko‘chirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Korxona, muassasa, tashkilot bilan mehnat munosabatlarini uzgan xodimlar, shuningdek
saylab qo‘yiladigan lavozimlarni egallab turgan shaxslar, harbiy xizmatchilar qonunchilikda nazarda
tutilgan hollarda ular bilan birga yashayotgan barcha shaxslar bilan birgalikda boshqa turar joy
bermasdan xizmat turar joyidan ko‘chiriladilar.
(79-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar xizmat turar joyi ijara shartnomasi muddati tugagach, ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari
va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar shu turar joyni bo‘shatib berishdan bosh tortsalar, ular
boshqa turar joy bermasdan sud tartibida ko‘chiriladilar, ushbu Kodeksning 
80-moddasida
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
80-modda. Boshqa turar joy bergan holda xizmat turar joylaridan ko‘chirish
Boshqa turar joy bergan holda xizmat turar joylaridan quyidagilar ko‘chiriladilar:
I va II guruh nogironlari;
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va baynalminalchi jangchilar;
harbiy xizmatni o‘tayotganida halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan harbiy xizmatchilarning
oilalari;
nogiron farzandlari bo‘lgan oilalar;
tarbiyachi-ota-onalar, oilaviy bolalar uyi tugatilgan taqdirda;
xizmat turar joyi bergan tashkilotlarda kamida o‘n yil ishlagan (xizmat qilgan) shaxslar;
egallab turgan lavozimi munosabati bilan turar joy berilgan bo‘lib, lavozimidan bo‘shagan,
lekin turar joyni bergan korxona, muassasa, tashkilot bilan mehnat munosabatlarini uzmagan
shaxslar;
xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishi yoxud korxona, muassasa, tashkilot
tugatilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar;
o‘zi ishlagan korxona, muassasa, tashkilotdan pensiyaga chiqqan xodimlar;
xizmat turar joyi berilgan shaxs vafot etganda uning oila a’zolari;
voyaga yetmagan farzandlari bilan birga yashayotgan yolg‘iz shaxslar.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolarga shu Kodeksning 
9-
moddasida 
belgilangan talablarga javob beradigan hamda ushbu aholi punkti chegarasi doirasida
bo‘lgan turar joy beriladi.

Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish