O‘zbekiston respublikasining uy-joy kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ijaraga berilgan turar joyni ta’mirlash



Download 368,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/62
Sana25.02.2022
Hajmi368,92 Kb.
#463710
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62
Bog'liq
24.12.1998. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

62-modda. Ijaraga berilgan turar joyni ta’mirlash
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi
ijaraga berilgan turar joyni ta’mirlash, agar turar joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha
tartib belgilanmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchining majburiyatiga kiradi.
Ijaraga berilgan turar joyni kapital ta’mirlash, agar shu turar joyni ijaraga berish
shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ijaraga beruvchining majburiyatiga kiradi.
Ijaraga berilgan turar joyni ijaraga oluvchining roziligisiz qayta qurishga, o‘zgartirishga, agar
bunday qayta qurish va o‘zgartirish uy-joydan foydalanish sharoitlarini tubdan o‘zgartirsa, yo‘l
qo‘yilmaydi.
63-modda. Uyning kapital ta’mirlanishi munosabati bilan fuqarolarga turar joy berish


Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar
joy kapital ta’mirlanayotganda, ta’mirlashni ijaraga oluvchini ko‘chirmasdan amalga oshirish
mumkin bo‘lmasa, ijaraga beruvchi ta’mirlanayotgan turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor
qilmagan holda ijaraga oluvchiga, uning oila a’zolariga va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarga
kapital ta’mirlash o‘tkazish vaqtida boshqa turar joy berishi shart. Ijaraga oluvchi bu turar joyga
ko‘chib kirishni rad etgan taqdirda ijaraga beruvchi uning ko‘chib o‘tishini sud tartibida talab qilishi
mumkin.
Kapital ta’mirlash vaqtida beriladigan turar joy sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga
javob berishi hamda shu aholi punkti chegarasi doirasida joylashgan bo‘lishi kerak.
Ijaraga oluvchini, uning oila a’zolarini va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarni ular egallab
turgan turar joydan boshqa turar joy maydoniga ko‘chib o‘tishi va (ta’mirlash tugagach) ilgarigi
joyiga qayta ko‘chib o‘tishi ta’mirlanishi kerak bo‘lgan turar joy tasarrufida bo‘lgan ijaraga
beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ijaraga oluvchi kapital ta’mirlash munosabati bilan boshqa turar joyda yashagan davrda u
foydalanish va kommunal xizmatlar uchun kapital ta’mirlash vaqtiga berilgan turar joy uchun haq
to‘laydi.
Kapital ta’mirlash davrida vaqtinchalik turar joy berish o‘rniga ijaraga oluvchiga, uning oila
a’zolariga va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning roziligi bilan doimiy foydalanish
uchun boshqa obod turar joy berilishi mumkin.
Turar joy ta’mirlab bo‘lingach, ijaraga beruvchi turar joyni ijaraga oluvchiga qaytarishdan bosh
tortgan holda ijaraga oluvchi sudga murojaat etishga haqlidir.

Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish