O‘zbekiston respublikasining uy-joy kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zoligidan chiqarish



Download 368,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/62
Sana25.02.2022
Hajmi368,92 Kb.
#463710
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62
Bog'liq
24.12.1998. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

104-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zoligidan chiqarish
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a’zosi umumiy yig‘ilish qarori bo‘yicha quyidagi
hollarda kooperativdan chiqarilishi mumkin:
haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan hujjatlar taqdim etilishi, agar bu hujjatlar kooperativga kirish
uchun asos bo‘lgan bo‘lsa;
turar joyni yoki umumiy foydalanishdagi obyektlarni muntazam buzgan yoki shikastlantirgan
yoxud ulardan o‘z maqsadi bo‘yicha foydalanmayotgan bo‘lsa.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi ustavida va qonunchilikda tegishli kooperativ a’zoligidan
chiqarishning boshqa hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
(104-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperatividan chiqarilgan a’zo turar joydan ko‘chirilishi kerak va uy-
joy qurilishi har bir kvadrat metrining qiymati qimmatlashganligi hisobga olingan holda tegishli
pay badali unga qaytarib beriladi.
VII BO‘LIM. TURAR JOYDAN FOYDALANISh HUQUQI
12-bob. TURAR JOYNI ALMAShTIRISh VA AYIRBOShLASh
105-modda. Turar joyni almashtirish predmeti
Quyidagilar turar joyni almashtirish predmeti bo‘lishi mumkin:
bir yoki bir necha xonadan iborat turar joy;
ijaraga oluvchi, pay jamg‘armasining qismiga huquqi bo‘lgan uy-joy qurish yoki uy-joy
kooperativining a’zosi, turar joy mulkdori ulushiga to‘g‘ri keladigan turar joyning qismi, shu
jumladan tutash xona yoki ushbu Kodeks 106-moddasining 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan
sharoitlar mavjud bo‘lgan taqdirda, xonaning qismi.
106-modda. Turar joyni almashtirish


Ijaraga oluvchilar, pay jamg‘armasining qismiga huquqi bo‘lgan uy-joy qurish yoki uy-joy
kooperativining a’zolari yoxud ularning oila a’zolari, shuningdek turar joyning umumiy mulki
ishtirokchilari o‘z ulushlariga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydonining qismini boshqa turar joyning
ijaraga oluvchilari, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi yoxud ularning oila a’zolari bilan
almashtirishga haqlidirlar, almashtirish oqibatida ko‘chib kirayotganlar bu joyda yashash uchun
qolayotganlarning oila a’zosi sifatida yoxud umumiy mulk ishtirokchilari sifatida ko‘chib kirishlari
kerak.
Turar joylarni almashtirish uning ishtirokchilari soni cheklanmagan holda amalga oshiriladi.
Turar joylarni almashtirish huquq va majburiyatlarni o‘zaro o‘tkazish tarzida mahalliy davlat
hokimiyati organlari qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Turar joylarni almashtirish aynan bir uydagi yoki turli uylardagi turar joylarda, shu jumladan
turli aholi punktlarida joylashgan turar joylarda yashayotgan fuqarolar o‘rtasida ham amalga
oshirilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar
joyni ijaraga oluvchi va uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlarining a’zolari o‘zlari bilan birga
yashovchi voyaga yetgan oila a’zolarining, shu jumladan ular bilan doimiy yashayotgan, vaqtincha
bo‘lmagan fuqarolarning yozma roziligiga binoan egallab turgan turar joyini qonunchilikda
belgilangan tartibda almashtirishga haqlidirlar. Bunda voyaga yetmagan oila a’zolarining roziligi
ota-onalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa, vasiylik va homiylik organlari tomonidan
tasdiqlanadi.
(106-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Korxona, muassasa, tashkilotlarning uylari, kvartiralaridagi turar joylarni faqat ularning roziligi
bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Almashtirishga rozilik berilmaganligi ustidan sud tartibida
shikoyat qilinishi mumkin.
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyning ijaraga oluvchisi egallab
turgan turar joyni faqat shu uy-joy fondining turar joyida yashovchi ijaraga oluvchi bilan
almashtirishi mumkin.

Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish