11-bob. UY-JOY QURISh VA UY-JOY KOOPERATIVLARI UYLARIDAN TURAR JOY OLISh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI 99-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari uylaridan turar joy olish va ulardan foydalanish huquqini amalga oshirish shartlari hamda tartibi Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosiga kooperativ a’zolarining umumiy yig‘ilishi
qaroriga ko‘ra, pay badali miqdoriga muvofiq, bir yoki bir necha xonadan iborat bo‘lgan alohida
kvartira beriladi.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari uyidagi kvartiralarga mahalliy davlat hokimiyati organi
beradigan orderga muvofiq ko‘chib kiriladi. Order berishni rad etish ustidan sud tartibida shikoyat
qilinishi mumkin.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativi pay badali turar joyning qurilish yoki xarid qiymati umumiy
summasiga teng bo‘lgan mulkiy (pul) badali hisoblanadi. Uy-joy qurish kooperativi a’zolariga
beriladigan kvartiralarning qiymati uyni qurish uchun amalda qilingan xarajatlardan kelib chiqqan
holda belgilanadi.
Pay badali uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi tomonidan bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib
to‘lanadi.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi pay badalining qolgan qismini muddatidan oldin
to‘lash huquqiga egadir.
100-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosining huquq va majburiyatlari Oldingi tahrirga qarang. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi kooperativ ustavida hamda qonunchilikda nazarda
tutilgan huquqlarga va majburiyatlarga egadir.
(100-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining turar joy mulkdori bo‘lmagan a’zosi o‘zi bilan birga
yashovchi, pay jamg‘armasiga bo‘lgan huquqi tan olingan oila a’zolarining, shu jumladan vaqtincha
bo‘lmaganlarining yozma roziligi bilan egallab turgan turar joyini uy-joy qurish yoki uy-joy
kooperativining turar joy mulkdori bo‘lgan boshqa a’zosi bilan almashtirishga haqlidir, bunda turar
joyni almashtirayotgan shaxs kooperativ a’zoligiga qabul qilingan bo‘lishi va u kredit hamda
foizlarning tegishli qismini to‘lash xususidagi kooperativ ustavining talablarini bajarishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a’zosi qonunchilikka muvofiq turar joyni ijaraga yoki
arendaga berishga haqlidir.
(100-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)