Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq qarzini soliq toʻlovchilar



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

124-modda. Soliq qarzini soliq toʻlovchilar 
konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining 
boshqa mol-mulki hisobidan undirish 
(1-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga doir 
soliq qarzini shu konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining boshqa mol-mulki hisobidan 
undirishda ushbu Kodeks 123-moddasining qoidalari ushbu moddada nazarda tutilgan 
xususiyatlarni hisobga olgan holda qoʻllaniladi. 
(2-q.)
Soliqni soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining mol-mulki 
hisobidan 
undirish 
birinchi 
navbatda 
mazkur 
konsolidatsiyalashgan 
guruh masʼul 
ishtirokchisining ushbu Kodeksning 122-moddasiga muvofiq undiruvga qaratilmagan naqd pul 
mablagʻlari va banklardagi pul mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. 


(3-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisida ushbu 
Kodeksning 122-moddasiga muvofiq undiruvga qaratilmagan naqd pul mablagʻlari va banklardagi 
pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan yoki umuman boʻlmagan taqdirda, soliqni undirish mazkur 
guruhning boshqa aʼzolaridan ularning naqd pul mablagʻlari hamda banklardagi pul mablagʻlari 
hisobidan amalga oshiriladi. 
(4-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarida ushbu 
Kodeksning 122-moddasiga muvofiq undiruvga qaratilmagan naqd pul mablagʻlari va banklardagi 
pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan yoki umuman boʻlmagan taqdirda, soliqni undirish mazkur 
guruh masʼul ishtirokchisining boshqa mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi. Bunday undiruv 
ushbu Kodeks 123-moddasi toʻrtinchi qismining 2-6-bandlarida belgilangan ketma-ketlikda 
amalga oshiriladi. 
(5-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining mol-mulki 
yetarli boʻlmagan taqdirda, soliqni undirish ushbu Kodeks 123-moddasi toʻrtinchi qismining 2-6-
bandlarida belgilangan ketma-ketlikda mazkur guruh oʻzga ishtirokchilarining boshqa mol-mulki 
hisobidan amalga oshiriladi. 
(6-q.)
Soliq organi soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi mavjud axborot asosida boshqa mol-mulki 
hisobidan soliq qarzini undirish amalga oshiriladigan soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan 
guruhi ishtirokchilarining tarkibini hamda avvalgi ishtirokchilarning mol-mulki yetarli boʻlmagan 
taqdirda mazkur ishtirokchilardan undiruv qanday ketma-ketlikda amalga oshirilishini mustaqil 
tarzda belgilaydi. 
(7-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining soliq qarzini boshqa mol-mulk 
hisobidan undirish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan ishtirokchilariga nisbatan soliq toʻlovchilar uchun 
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquq va kafolatlar tatbiq etiladi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish