Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq qarzini bank hisobvaraqlaridagi



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

121-modda. Soliq qarzini bank hisobvaraqlaridagi 
pul mablagʻlari hisobidan undirish 
(1-q.)
Soliq qarzi belgilangan muddatda toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan taqdirda, soliq 
qarzini undirish - undiruvni bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlariga (shu jumladan, korporativ 
kartalardagi pul mablagʻlariga) qaratish yoʻli bilan majburiy tartibda amalga oshiriladi.
(2-q.)
Ushbu moddaning qoidalari faqat yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi 
tadbirkorlarga nisbatan qoʻllaniladi. 
(3-q.)
Soliq qarzini majburiy tartibda undirish toʻlanmagan soliq qarziga ega boʻlgan soliq 
toʻlovchidan yoki soliq agentidan, ushbu Kodeksning 120 va 122-moddalarida nazarda tutilgan 
hollarda esa boshqa shaxslardan ham amalga oshirilishi mumkin.
(4-q.)
Soliq qarzini undirish soliq organi tomonidan majburiyatga ega shaxsning 
hisobvaragʻi ochilgan bankka ushbu shaxsning hisobvaraqlaridan zarur pul mablagʻlarini hisobdan 
chiqarish va budjetga oʻtkazish uchun inkasso topshiriqnomasini elektron shaklda yuborish yoʻli 
bilan amalga oshiriladi. 
(5-q.)
Soliq organining majburiyatga ega shaxsning hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini 
hisobdan chiqarish va budjetga oʻtkazishga doir inkasso topshiriqnomasining shakli hamda uni 
bankka yuborish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston 
Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda belgilaydi. 
(6-q.)
Agar soliq toʻlovchi soliqni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini mustaqil ravishda 
yubormagan boʻlsa, soliq organining inkasso topshiriqnomasi soliq toʻlovchining hisobvaragʻiga 
soliqni toʻlash uchun belgilangan muddat tugagach uch ish kunidan kechiktirmay qoʻyiladi.
(7-q.)
Soliq organining majburiyatga ega shaxsning hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini 
hisobdan chiqarish va budjet tizimiga oʻtkazishga doir inkasso topshiriqnomasi bank tomonidan 
fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunchiligida belgilangan toʻlovlar navbatini hisobga olgan holda bank 
tomonidan soʻzsiz bajarilishi shart. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(8-q.)
Quyidagi hollarda soliq organlari majburiyatga ega shaxslarning hisobvaraqlaridan 
pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjet tizimiga oʻtkazishga doir bajarilmagan (toʻliq yoki 
qisman) inkasso topshiriqnomalarini chaqirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi: 
1) ushbu Kodeksning 11-bobiga muvofiq soliq qarziga nisbatan kechiktirish yoki boʻlib-
boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilganda; 
2) soliq qarzi uzilganda, shu jumladan ushbu Kodeksning 12-bobiga muvofiq ortiqcha 
toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan summalar hisobga olinishi munosabati bilan soliq qarzi 
uzilganda; 
3) ushbu Kodeksning 96-moddasiga muvofiq undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan soliq 
qarzi hisobdan chiqarilganda; 


4) ushbu Kodeksning 83-moddasiga muvofiq taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti 
boʻyicha soliq va penya summalari kamaytirilganda. 
(9-q.)
Soliq qarzini undirish milliy valyutadagi talab qilib olguncha depozit 
hisobvaraqlaridan, bunday hisobvaraqlarda mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda esa - 
majburiyatga ega shaxsning chet el valyutasidagi talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlaridan 
amalga oshirilishi mumkin. Majburiyatga ega shaxsning valyuta hisobvaraqlaridan soliq qarzini 
undirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta sotiladigan sanada belgilangan 
kursi boʻyicha milliy valyutada undiriladigan summaga ekvivalent summada amalga oshiriladi. 
(10-q.)
Soliq qarzini undirish muddatli depozitlarga joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan, 
ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amalga oshirilmaydi. 
(11-q.)
Valyuta hisobvaraqlarida turgan mablagʻlarni undirish chogʻida soliq organining 
rahbari (rahbar oʻrinbosari) inkasso topshiriqnomasi bilan bir vaqtning oʻzida bankka 
majburiyatga ega shaxsning valyutasini sotish uchun topshiriqnoma yuboradi. Mazkur 
topshiriqnoma bank tomonidan u olingan kundan keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay 
bajariladi. Chet el valyutasini sotish bilan bogʻliq xarajatlar shu majburiyatga ega shaxsning 
hisobidan amalga oshiriladi. 
(12-q.)
Soliq organining majburiyatga ega shaxsning bankdagi hisobvaraqlaridan pul 
mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjet tizimiga oʻtkazishga doir inkasso topshiriqnomasi bank 
tomonidan inkasso topshiriqnomasi olingan kundan keyingi bir operatsiya kunidan kechiktirmay, 
valyuta hisobvaraqlaridan undirishda esa - ikki operatsiya kunidan kechiktirmay bajariladi. 
(13-q.)
Agar bank tomonidan soliq organining inkasso topshiriqnomasi olingan kunda 
majburiyatga ega shaxsning hisobvaraqlarida uni bajarish uchun pul mablagʻlari yetarli boʻlmasa, 
inkasso topshiriqnomasi shu hisobvaraqlarga pul mablagʻlari kelib tushishiga qarab, har bir 
bunday tushum kunidan keyingi bir yoki ikki operatsiya kunidan kechiktirmay, hisobvaraq 
valyutasiga bogʻliq holda bajariladi. Mazkur inkasso topshiriqnomasi bank tomonidan fuqarolik 
toʻgʻrisidagi qonunchiligida belgilangan toʻlovlar navbatini hisobga olgan holda bank tomonidan 
bajariladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(14-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilaridan bank 
hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan soliq qarzini undirishning oʻziga xos xususiyatlari 
ushbu Kodeksning 122-moddasida belgilanadi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish