(1-q.)
Banklar va bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir litsenziya asosida bank
operatsiyalarining ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, shuningdek sugʻurta
tashkilotlari qonunchilik talablariga muvofiq zaxira fondlarini tashkil etadi.
(OʻzR 21.04.2021-y.
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(2-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan zaxira
fondlariga ajratmalar
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda, quyidagi normalar doirasida xarajatlar jumlasiga
kiritiladi:
banklar tomonidan - qonunchilikda belgilangan normaning 80 foizidan koʻp boʻlmagan
miqdorda;
bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir litsenziya asosida
bank operatsiyalarining
ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va sugʻurta tashkilotlari tomonidan -
qonunchilikda nazarda tutilgan normalardan yuqori boʻlmagan miqdorda.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
(3-q.)
Ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalari sof foyda hisobidan
shakllantiriladigan zaxira fondlarini tashkil etish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(4-q.)
Haqiqiy xarajatlar, ularga nisbatan zaxira fondi shakllantirilgan boʻlsa, tashkil etilgan
zaxira fondi summasi hisobidan hisobdan chiqariladi.
316-modda. Kafolatli taʼmirlash va kafolatli
xizmat koʻrsatish yuzasidan kelgusi xarajatlar
uchun zaxirani shakllantirish xarajatlari
(1-q.)
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchi
kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatish yuzasidan kelgusi xarajatlar uchun zaxira
tashkil
etishga haqli. Bunday zaxirani shakllantirishga doir ajratmalar ushbu moddada nazarda tutilgan
tartibda chegirmalar jumlasiga kiritiladi. Soliq toʻlovchi bunday zaxirani tashkil etish toʻgʻrisidagi
qarorni mustaqil ravishda qabul qiladi va soliq solish maqsadlari uchun hisob siyosatida
ajratmalarning eng yuqori miqdorini aniqlaydi.
(2-q.)
Zaxira xaridor bilan tuzilgan shartnoma shartlariga
muvofiq kafolatli muddat
davomida xizmat koʻrsatish va taʼmirlash nazarda tutilgan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan
tashkil etiladi. Mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish sanasidagi zaxiraga ajratmalar
summasi xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
(3-q.)
Tashkil etilgan zaxiraning miqdori kafolatli taʼmirlash va xizmat koʻrsatish boʻyicha
soliq toʻlovchi tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlarning mazkur tovarlarni
(xizmatlarni) oʻtgan uch yil davomida realizatsiya qilishdan olingan
tushum hajmidagi ulushi
sifatida aniqlanadigan, hisobot (soliq) davrida mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya
qilishdan olingan tushum summasiga koʻpaytirilgan eng koʻp miqdordan oshmasligi kerak. Agar
soliq toʻlovchi tovarlarni (xizmatlarni) kafolatli taʼmirlashni va xizmat koʻrsatishni bajarish sharti
bilan realizatsiya qilishni uch yildan kam muddatda amalga oshirayotgan boʻlsa, tashkil
etilayotgan zaxiraning eng koʻp miqdorini hisob-kitob qilish uchun mazkur tovarlarni
(xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning bunday realizatsiya qilishning haqiqiy
davridagi hajmi inobatga olinadi.
(4-q.)
Ilgari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishni kafolatli taʼmirlash
va xizmat
koʻrsatish sharti bilan amalga oshirmagan soliq toʻlovchi mazkur chiqimlar uchun kutilayotgan
xarajatlarning miqdoridan oshmaydigan miqdordagi zaxirani tashkil etishga haqli. Kutilayotgan
xarajatlar deganda kafolat muddati inobatga olingan holda kafolat majburiyatlarini bajarish
rejasida nazarda tutilgan xarajatlar tushuniladi.
(5-q.)
Soliq davri tugagach, soliq toʻlovchi tashkil etilgan zaxiraning
miqdoriga kafolatli
taʼmirlash va xizmat koʻrsatish boʻyicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlarning mazkur
tovarlarni (xizmatlarni) oʻtgan davrda realizatsiya qilishdan olingan tushum hajmidagi ulushidan
kelib chiqqan holda tuzatish kiritishi kerak.
(6-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan soliq davrida kafolatlar berish sharti bilan realizatsiya
qilingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha kafolatli taʼmirlash va xizmat koʻrsatish uchun toʻliq
foydalanilmagan zaxira summasi soliq toʻlovchi tomonidan keyingi soliq davriga oʻtkazilishi
mumkin. Bunda keyingi soliq davrida yangi tashkil etilayotgan zaxiraning summasiga zaxiraning
oldingi soliq davridagi qoldigʻi summasi miqdorida tuzatish kiritilishi kerak. Agar yangi tashkil
etilayotgan zaxiraning summasi oldingi soliq davrida tashkil etilgan zaxira qoldigʻining
summasidan kam boʻlsa, ular oʻrtasidagi farq soliq toʻlovchining joriy soliq davridagi daromadlari
tarkibiga kiritilishi lozim.
(7-q.)
Agar soliq toʻlovchi zaxira tashkil etish toʻgʻrisida
qaror qabul qilsa, kafolatli
taʼmirlashga doir haqiqiy xarajatlarni hisobdan chiqarish tashkil etilgan zaxira hisobidan amalga
oshiriladi. Agar tashkil etilgan zaxiraning summasi soliq toʻlovchi tomonidan amalga oshirilgan
taʼmirlash xarajatlarining summasidan kam boʻlib qolsa, ular oʻrtasidagi farq chegirmalar
jumlasiga kiritilishi lozim.
(8-q.)
Soliq toʻlovchi tovarlarni (xizmatlarni) kafolatli taʼmirlash va ularga kafolatli xizmat
koʻrsatish sharti bilan sotishni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, ilgari tashkil etilgan va
foydalanilmagan zaxiraning summasi kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatishga doir
shartnomalarning amal qilish muddatlari tugaganidan keyin daromadlar tarkibiga kiritilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: