Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarni



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

309-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarni 
taʼmirlash xarajatlari 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi modda) 
(Oldingi tahririga qarang) 
(1-q.)
Soliq solish maqsadlarida soliq toʻlovchi tomonidan amortizatsiya qilinadigan 
aktivlarni taʼmirlash uchun amalga oshirilgan xarajatlar qaysi hisobot (soliq) davrida amalga 


oshirilgan boʻlsa, oʻsha hisobot (soliq) davrida haqiqiy chiqimlar miqdorida xarajatlar jumlasiga 
kiritiladi. 
(2-q.)
Agar ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi oʻrtasidagi shartnomada (qarz oluvchi va qarz 
beruvchi oʻrtasidagi shartnomada) ijaraga oluvchining (qarz oluvchining) xarajatlari oʻrnini 
ijaraga beruvchi (qarz beruvchi) tomonidan qoplash nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu modda 
qoidalari ijaraga oluvchining (qarz oluvchining) mazkur xarajatlariga nisbatan ham qoʻllaniladi. 
310-modda. Foizlar va ayrim chiqimlar boʻyicha xarajatlar 
(1-q.)
Soliq toʻlovchining qarz majburiyatlari (kreditlar, tovar va tijorat kreditlari, qarzlar, 
bank omonatlari, bank hisobvaraqlari yoki rasmiylashtirish usulidan qatʼi nazar, boshqa jalb 
qilingan mablagʻlar) boʻyicha foizlar tarzidagi xarajatlari ushbu Kodeksning VI boʻlimida nazarda 
tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, haqiqiy stavkadan kelib chiqib, chegirib 
tashlanadi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga 
qarang) 
(2-q.)
Yuridik shaxsning nazorat qilinadigan qarzi bilan bogʻliq xarajatlari ushbu moddaning 
birinchi qismi qoidalari hisobga olingan holda, ushbu moddada belgilangan eng koʻp qiymatlardan 
oshmaydigan miqdorda chegirib tashlanadi. Mazkur qoida quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi: 
1) qarz mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlarga; 
2) neustoykalarning (jarimalar, penyalarning) summalari, javobgarlikning boshqa choralari 
qoʻllanilganligi natijasida, shu jumladan shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun zararlarning 
oʻrnini qoplash natijasida toʻlanishi lozim boʻlgan summalarga. 
(3-q.)
Ushbu modda maqsadlarida yuridik shaxsning quyidagi qarzlari nazorat qilinadigan 
qarzlar deb eʼtirof etiladi: 
1) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlmagan, mazkur soliq toʻlovchi 
aksiyalarining (ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) paylar, ulushlarning) 20 foizidan ortigʻiga 
bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan chet ellik yuridik yoki jismoniy shaxs oldidagi qarzi;
2) ushbu Kodeksning 37-moddasiga muvofiq ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan chet 
ellik shaxsning oʻzaro bogʻliq shaxsi deb eʼtirof etiladigan boshqa shaxs oldidagi qarzi; 
3) ushbu qismning 1 va (yoki) 2-bandlarida koʻrsatilgan shaxslar oldida kafillik qiluvchi, 
kafil sifatida ish yurituvchi shaxs yoki ushbu soliq toʻlovchining ushbu moddaning toʻrtinchi 
qismida koʻrsatilgan qarzini toʻlashni taʼminlash yuzasidan majburiyatni boshqacha tarzda oʻz 
zimmasiga oladigan boshqa shaxs oldidagi qarz. 
(4-q.)
Nazorat qilinadigan qarz soliq davridagi quyidagi qarzlarning jami summalarini oʻz 
ichiga oladi: 
qarz mablagʻlari boʻyicha; 
javobgarlikning boshqa choralari qoʻllanilganligi natijasida, shu jumladan shartnoma 
majburiyatlarini buzganlik uchun zararlarning oʻrni qoplanishi natijasida toʻlanishi lozim boʻlgan 
neustoykalar (jarimalar, penyalar) summalari boʻyicha. 
(5-q.)
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismi maqsadlari uchun soliq davrida mavjud boʻlgan 
qarz deganda, qaysi xoʻjalik operatsiyasi natijasida joriy hisobot (soliq) davrida qarz yuzaga 
keladigan yoki koʻpayadigan boʻlsa, oʻsha har bir xoʻjalik operatsiyasining qiymat koʻrsatkichlari 
summasi, shuningdek joriy hisobot (soliq) davrining boshida toʻlanmagan qarzning summasi 
tushuniladi. 


(6-q.)
Agar ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan chet ellik shaxs yoki boshqa 
shaxslar oldidagi nazorat qilinadigan qarz miqdori soliq toʻlovchining xususiy kapitalidan uch 
baravardan ortiq boʻlsa, faqat lizing faoliyati bilan shugʻullanuvchi banklar va soliq toʻlovchilar 
uchun esa oʻn uch baravardan ortiq boʻlsa, xarajatlarning chegirib tashlanishi lozim boʻlgan eng 
koʻp miqdorini aniqlashda ushbu moddaning yettinchi - toʻqqizinchi qismlarida belgilangan 
qoidalar qoʻllaniladi. 
(7-q.)
Soliq toʻlovchi nazorat qilinadigan qarzning har bir turi boʻyicha eng koʻp summalarni 
har bir hisobot (soliq) davrining oxirgi sanasida hisoblab chiqarishi shart. Hisob-kitob nazorat 
qilinadigan qarz boʻyicha ayrim chiqimlarning (xarajatlarning) soliq davri boshlanganidan 
eʼtiboran oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlangan summasini tegishli hisobot (soliq) davrining 
oxirgi sanasida hisob-kitob qilinadigan kapitallashtirish koeffitsiyentiga boʻlish yoʻli bilan amalga 
oshiriladi. 
(8-q.)
Ushbu moddaning yettinchi qismida koʻrsatilgan kapitallashtirish koeffitsiyenti 
tegishli nazorat qilinadigan, toʻlanmagan qarz miqdorini ushbu chet el tashkilotining soliq 
toʻlovchi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi ulushiga 
muvofiq boʻlgan xususiy kapital miqdoriga boʻlish hamda olingan natijani uchga, banklar va faqat 
lizing faoliyati bilan shugʻullanuvchi soliq toʻlovchilar uchun esa oʻn uchga boʻlish yoʻli bilan 
aniqlanadi. 
(9-q.)
Xususiy kapital miqdorini aniqlashda soliq toʻlovchining aktivlari summasi va 
majburiyatlari miqdori (soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarz summalari, shu jumladan ular boʻyicha 
kechiktirish va boʻlib-boʻlib toʻlash summalari hisobga olinmaydi) tegishli hisobot (soliq) 
davrining oxirgi kunidagi buxgalteriya hisobi maʼlumotlari asosida aniqlanadi. 
(10-q.)
Nazorat qilinadigan qarzning har bir turi boʻyicha ushbu moddaning oltinchi - 
toʻqqizinchi qismlariga muvofiq hisob-kitob qilingan, biroq haqiqatda hisoblangan xarajatlardan 
koʻp boʻlmagan summalar xarajatlar jumlasiga kiritiladi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish