(2-q.)
Investitsiyaviy chegirma amortizatsiya xarajati deb eʼtirof etiladi.
(3-q.)
Investitsiyaviy chegirma quyidagi miqdorda qoʻllaniladi:
1) yangi texnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik
va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlarining va (yoki) axborot tizimlarini
yaratishga doir investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy taʼminotini
sotib olishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summalarining 20 foizi miqdorida;
(OʻzR 29.12.2021-
y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi band)
2) ishlab chiqarishni yangi qurilish
shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari
uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga yoʻnaltiriladigan
mablagʻlar summasining 10 foizi miqdorida.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuni
tahriridagi band)
(4-q.)
Ushbu Kodeks 317-moddasining 17-bandiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan
xarajatlar boʻyicha investitsiyaviy chegirma berilmaydi.
(5-q.)
Investitsiyaviy chegirma yangi texnologik uskunani ishga tushirish amalga oshirilgan
yoxud oʻz ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta
jihozlash
amalga oshirilgan, ishlab chiqarish yangi qurilish shaklida kengaytirilgan,
ishlab
chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish amalga
oshirilgan, laboratoriya testlarini va sinovlarini oʻtkazish uchun komplekslar, axborot tizimlarini
yaratish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy taʼminoti
sotib olingan hisobot (soliq) davrida qoʻllaniladi.
(6-q.)
Ushbu modda maqsadlarida tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish jarayonida soliq
toʻlovchi tomonidan foydalaniladigan, chiqarilgan kunidan eʼtiboran koʻpi bilan uch yil oʻtgan
mashinalar va uskunalar (shu jumladan transport uskunalari) yangi
texnologik uskunalar deb
eʼtirof etiladi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga
qarang)
(7-q.)
Amortizatsiya qilinadigan aktiv u boʻyicha investitsiyaviy chegirma qoʻllanilgan
sanadan eʼtiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan, bepul berilgan va boshqacha tarzda chiqib
ketgan
taqdirda, investitsiyaviy chegirmaning amal qilishi bunday aktivning chiqib ketishi roʻy
bergan hisobot (soliq) davrida jamgʻarilgan amortizatsiya summasidan uni chegirib tashlash orqali
bekor qilinadi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(8-q.)
Ushbu modda yettinchi qismining qoidalari amortizatsiya qilinadigan aktivning
favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofat, yongʻin, avariya va shunga oʻxshash boshqa holatlar) tufayli
chiqib
ketishi hollariga nisbatan, shuningdek amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlangʻich
qiymati uning chiqib ketish sanasiga qadar ushbu Kodeksning 306-moddasida belgilangan
normalar boʻyicha toʻliq amortizatsiya qilinishi mumkin boʻlgan hollarda tatbiq etilmaydi.
(OʻzR
29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
Do'stlaringiz bilan baham: