430
ko’rsatilgan muddatlarda taqdim etmaslik uning aylanmadan soliqni to’lashga
roziligi hisoblanadi.
Yangi tuzilayotgan yuridik shaxslar davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan
e’tiboran tadbirkorlik faoliyati sub’ektini davlat ro’yxatidan o’tkazish chog’ida
tanlangan soliq solish tartibini ko’rsatish orqali aylanmadan soliqni to’lash tartibini
tanlash huquqiga ega.
Yuridik shaxslar aylanmadan soliqni qo’llashdan ushbu Kodeks 249-
moddasiga muvofiq qo’shilgan qiymat solig’i soliq to’lovchisi sifatida, bir vaqtning
o’zida aylanmadan soliqni to’lashdan voz kechishga ro’yxatdan o’tishga
ariza
topshirilgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab ixtiyoriy voz kechishga
haqli.
Qo’shilgan qiymat solig’i va foyda solig’ini to’lashga ixtiyoriy o’tgan soliq
to’lovchilar aylanmadan soliq to’lashga kamida o’n ikki oydan keyin,
joriy soliq
davri yakunlari bo’yicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan olgan daromadlar bir
milliard so’mdan oshmaslik sharti bilan qayta o’tishga haqli.
Soliq davri davomida tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan daromadi bir
milliard so’mdan oshgan soliq to’lovchilar, shu jumladan, yangi tashkil etilgan
yuridik shaxslar va yangi ro’yxatdan o’tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, bunday
oshish ro’y bergan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab qo’shilgan
qiymat solig’i va foyda solig’ini to’lashga o’tadilar.
Agar yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar yoki yangi ro’yxatdan o’tgan yakka
tartibdagi tadbirkorlarda tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan
daromad summasi
ro’yxatdan o’tgan sanadan kalendar yili tugagunga qadar, 365 ga bo’lingan va
ro’yxatdan o’tgan sanadan kalendar yili tugagunga qadar kunlar soniga
ko’paytirilgandagi bir milliard so’mga teng summadan oshsa,
u holda bunday
shaxslar ro’yxatdan o’tgan yilning keyingi yildan boshlab qo’shilgan qiymat solig’i
va foyda solig’ini to’lashga o’tadilar.
Vositachilik, topshiriq shartnomasi bo’yicha hamda vositachilik xizmatlari
ko’rsatishga oid boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi
soliq to’lovchilar shu jumladan, telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki)
provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko’rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar
tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan daromadni realizatsiya bo’yicha umumiy
aylanmadan (bitim summalaridan) kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi.
Tugallanmagan qurilish ob’ektlari va foydalanmayotgan
ishlab chiqarish
maydonlari mulkdorlari bo’lgan - yuridik shaxslar, investitsion loyihaning amalga
oshirilmaganligi to’g’risida xulosa berishga vakolati bo’lgan vakolatli organning
xulosasi chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab qo’shilgan
qiymat solig’i va foyda solig’ini to’lashga o’tadilar.
Moliyalashtirishning
markazlashtirilgan
manbalari hisobiga ob’ektlar
qurilishini (bundan joriy va kapital ta’mirlash mustasno) bajaruvchi yuridik
shaxslar, bunday qurilashga shartnoma rasmiylashtirilgan oydan keyingi oyning
birinchi sanasidan boshlab qo’shilgan qiymat solig’i va foyda solig’ini to’lashga
o’tadilar.
Soliqni to’lash soliq to’lovchini quyidagilardan ozod etmaydi:
431
soliq agentining Ushbu Kodeks bilan
uning zimmasiga yuklatilgan,
majburiyatlarini bajarish;
agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, hisobvaraq-
faktura taqdim qilish, xarid kitobi hisobi va sotish kitobi hisobini yuritish
majburiyatidan.
Do'stlaringiz bilan baham: