O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


 - BOB. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

65 - BOB. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan 
faoliyatga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari 
 
468 - modda. Umumiy qoidalar 
 
Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartnoma bo’lib, bu shartnomaga muvofiq 
O’zbekiston Respublikasi haq olish asosida hamda muayyan muddatga chet ellik 
investorga bitimda ko’rsatilgan er qa’ri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va 
foydali qazilmalarni kavlab olish uchun mutlaq huquqlar beradi. 
Mahsulot taqsimotiga oid bitim quyidagilarni nazarda tutadi: 
hisob - kitob yuritish va hisobot berish tartibini; 
soliq solish va boshqa to’lovlarni to’lash shartlarini; 
chet ellik investorning ulushini olib chiqib ketish tartibini. 
469 - modda. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga 
oshiriladigan faoliyatga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari 
 
Chet ellik investor mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to’g’risidagi qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda mahsulot taqsimotiga oid 
bitimning amal qilish muddati mobaynida quyidagilarni to’laydi: 
foyda solig’i; 
qo’shilgan qiymat solig’i
3) er solig’i; 
4) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
5) er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar, bundan 
qo’shimcha foyda solig’i mustasno; 
6) yagona ijtimoiy to’lov;
7) aktsiz solig’i. 
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa 
majburiy to’lovlar (er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bundan mustasno), agar 


428 
mahsulot taqsimotiga oid bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, 
O’zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar bo’yicha 
undiriladi. Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va aktsiz solig’i O’zbekiston 
Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar bo’yicha undiriladi. 
Chet ellik investorga soliq solish quyidagi xususiyatlar inobatga olingan holda 
amalga oshiriladi: 
1) foyda solig’i mahsulot taqsimotiga oid bitim bo’yicha ishlarni bajarish 
chog’ida olingan daromad bo’yicha va faoliyatning boshqa turlari bo’yicha olingan 
daromad bo’yicha alohida - alohida to’lanadi. Mahsulot taqsimotiga oid bitim 
bo’yicha ishlarni bajarish chog’ida olingan daromadlar yuzasidan foyda solig’i 
solish ob’ekti bitim shartlariga binoan chet ellik investorga tegishli bo’lgan, 
chegirmalar qilinmagan holda foydaga qolgan mahsulotning qiymatidir; 
2) mineral xom ashyoni kavlab olish hajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot 
qiymatiga nisbatan foizli nisbatda mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlariga 
muvofiq belgilanadigan va pul shaklida yoki kavlab olingan mineral xom ashyoning 
bir qismi tarzida to’lanadigan er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; 
3) mahsulot taqsimotiga yoki ma’lum bir maqsadga erishishga oid kelishuvlar 
tuzilayotganda kelishuv shartlarida ko’rsatib o’tilgan imzolanadigan bonus va 
tijoratbop topilma bonuslari; 
4) atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to’lovlari; 
Agar yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan yuridik shaxslar birlashmasi 
investor sifatida ish yuritayotgan bo’lsa, bunday birlashmaning ishtirokchilaridan 
biri yoki mahsulot taqsimotiga oid bitim bo’yicha ishlarni bajaruvchi operator soliq 
majburiyatlarining bajaruvchisi bo’ladi. Bunda litsenziya olgan investor bir oylik 
muddatda davlat soliq xizmati organini mazkur birlashmadan soliq majburiyatini 
bajaruvchi bo’lib qatnashadigan ishtirokchi to’g’risida yozma ravishda xabardor 
etishi shart. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish