Agar hududdan foydalanishning maxsus qoidalarini joriy etmay turib, shaharsozlik sohasida jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ta’minlash mumkin bo‘lmasa yoki qiyin bo‘lsa, shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinadi.
Alohida tartibga solinishi lozim bo‘lgan shaharsozlik faoliyati obyektlari (bundan buyon matnda shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari deb yuritiladi) umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik bo‘lishi mumkin. Mazkur obyektlarni umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik obyektlar jumlasiga kiritish qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Shaharsozlik faoliyati quyidagi hollarda alohida tartibga solinishi lozim:
hududlar va aholi punktlari tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchraganda;
hududlar konsentratsiyasi yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq kimyoviy va biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar, yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq miqdordagi radioaktiv moddalar bilan ifloslanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur faoliyat muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda amalga oshirilayotganda.
(7-modda uchinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4- yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari jumlasiga quyidagi aholi punktlari kiritilishi ham mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri; Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti — Nukus shahri; viloyatlarning ma’muriy markazi bo‘lgan shaharlar; hududida madaniy meros obyektlari bo‘lgan shaharlar; kurort-shaharlar;
qo‘riqxona-shaharlar;
Oldingi tahrirga qarang.
yashash va faoliyat ko‘rsatishning alohida rejimi belgilangan aholi punktlari (harbiy shaharchalar va o‘zga rejimli hududlar, davlat qo‘riqxonalaridagi, tabiat bog‘lari va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi aholi punktlari).
(7-modda to‘rtinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4- yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari chegaralari ma’muriy- hududiy tuzilmalar chegaralariga to‘g‘ri kelmasligi mumkin hamda ular qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hududlar va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish hududlardan foydalanishning quyidagilar qamrab olingan maxsus qoidalarini joriy etish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
maxsus shaharsozlik normalari va qoidalari;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashning alohida tartibi; obyektlar qurilishiga maxsus ruxsatnomalar berish.
Tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan hududlar va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish:
hududlar va aholi punktlarini mazkur ta’sirdan himoya qilishning maxsus tarhlari va loyihalarini ishlab chiqish;
shaharsozlik hujjatlarini kompleks muhandislik qidiruvlari natijalarini hisobga olmasdan turib ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishni taqiqlash orqali amalga oshiriladi.
Konsentratsiyasi yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq kimyoviy va biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar, yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq miqdordagi radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlar, agar bunday hududlarda aholining yashashi hamda xo‘jalik va boshqa faoliyat olib borishi inson hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirayotgan bo‘lsa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilinishi va ularga maxsus ishlov berilishi lozim. Mazkur hududlarning
ifloslanish darajasiga hamda ularni sog‘lomlashtirish usuliga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ulardan foydalanishning alohida rejimi joriy etilishi yoki boshqa funksional maqsadi belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniy meros obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlari bo‘lgan hududlarda va aholi punktlarida muhofaza zonalarining chegaralari belgilanib, ular doirasida madaniy meros obyektlariga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazadigan yoki ularning holatini yomonlashtiradigan hamda ularning yaxlitligini va saqlanishini buzadigan xo‘jalik hamda boshqa faoliyat cheklanadi yoki taqiqlanadi.
(7-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniy meros obyektlarining, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning muhofaza zonalari chegaralari shaharsozlik hujjatlari bilan belgilanadi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(7-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |