modda. Fuqarolarning qulay yashash va faoliyat ko‘rsatish muhiti bilan ta’minlanish huquqi
Har bir fuqaro qulay yashash va faoliyat ko‘rsatish muhiti bilan ta’minlanish huquqiga ega.
Shaharsozlik faoliyatining amalga oshirilishida fuqarolarning qulay yashash va faoliyat ko‘rsatish muhiti bilan ta’minlanish huquqi:
shaharsozlik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
hududlar va aholi punktlarini rivojlantirishning shaharsozlik jihatidan rejalashtirilishi; fuqarolarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etishi;
binokorlik materiallari va qurilish sohasidagi buyumlarning sertifikatlanishi;
shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish ustidan davlat va jamoat nazorati; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik natijasida fuqarolarga yetkazilgan
hamda ularning yashash va faoliyat ko‘rsatish muhiti yomonlashuviga sabab bo‘lgan zararni belgilangan tartibda kompensatsiya qilish, shuningdek fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash;
shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish orqali ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |