modda. Obyektlar qurilishi bo‘yicha pudratchilar
O‘z faoliyatini qonun hujjatlari asosida olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar obyektlar qurilishi bo‘yicha pudratchilar bo‘lishi mumkin.
Obyektlar qurilishi bo‘yicha pudratchilar:
binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning yangi amaliy yechimlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining tegishli tarkibiy bo‘linmasi va buyurtmachi bilan kelishgan holda shaharsozlik hujjatlariga binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning arxitektura-badiiy ko‘rinishi hamda amaliy yechimini yomonlashtirmagan tarzda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilaydigan o‘zgartishlar kiritish;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchidan zarur texnik maslahat olish; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Obyektlar qurilishi bo‘yicha pudratchilar shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |