O‘zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi I bob. Umumiy qoidalar


modda. Viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari



Download 40,46 Kb.
bet18/53
Sana31.12.2021
Hajmi40,46 Kb.
#230071
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
Bog'liq
04.04.2002Shaharsozlik kodeksi-конвертирован

modda. Viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari


Viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida: shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi,

shuningdek uy-joy fondi hamda jamoat va ishlab chiqarish obyektlari saqlanishini ta’minlaydi; aholini oqilona joylashtirish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni

rivojlantirish masalalarini hal qiladi;

mahalliy ahamiyatga molik obyektlarni qurishga doir shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi vazifalarini bajaradi, bunday obyektlarning moliyalashtirilishini ta’minlaydi;

obyektlar qurilishi to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;

Oldingi tahrirga qarang.

o‘z hududida shaharsozlik faoliyatini, basharti bu faoliyat ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari talablariga mos kelmasa, cheklaydi, to‘xtatib qo‘yadi yoki taqiqlaydi. Tadbirkorlik subyektlarining shaharsozlik faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish va taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno;



(19-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59- son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda)

shaharlarning, shahar posyolkalarining bosh rejalari ishlab chiqilishini tashkil etadi; qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini, aholi punktlari hududlarining qismlarini batafsil

rejalashtirish loyihalarini (bundan buyon matnda batafsil rejalashtirish loyihasi deb yuritiladi) va dahalarni, mavzelarni hamda aholi punktlari rejalashtirilgan tuzilmalarining boshqa qismlarini qurish loyihalarini (bundan buyon matnda qurish loyihasi deb yuritiladi) tasdiqlaydi;

viloyatlar hududini rejalashtirishning tarhlari, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning, shuningdek obodonlashtirishning tarhlari va loyihalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi;

tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi;

mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari chegaralarini belgilaydi hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyatini tartibga solish tartibotini o‘rnatadi;

qurish qoidalarini tasdiqlaydi;

aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ishlab chiqilishi va moliyalashtirilishini, davlat shaharsozlik kadastri yuritilishini, shaharsozlik faoliyati obyektlari monitoringi olib borilishini, kompleks muhandislik qidiruvlari o‘tkazilishini, aholi punktlarini mikroseysmik hududlarga bo‘lish xaritalari tuzishni, shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishini va bunday hujjatlar ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;

shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilinayotgan qarorlardan aholini muntazam ravishda xabardor qilib boradi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



  1. Download 40,46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish