O‘zbekiston respublikasining mehnat kodeksi umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Boquvchining vafot etganligi munosabati bilan to‘lanadigan zarar miqdori



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/130
Sana09.02.2023
Hajmi1,04 Mb.
#909453
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   130
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

193-modda. Boquvchining vafot etganligi munosabati bilan to‘lanadigan zarar miqdori
Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan zararni
undirishga haqli bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to‘lanadigan zarar miqdori marhumning
o‘rtacha oylik ish haqi miqdorida, uning o‘ziga va uning qaramog‘ida bo‘lgan, lekin zararni
undirishga haqli bo‘lmagan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarning ulushini chegirib tashlagan holda
belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
169-moddasi
.
Zarar to‘lovini olishga haqli bo‘lgan shaxslarning har biriga tegishli bo‘lgan zarar miqdorini
aniqlash uchun boquvchi ish haqining mazkur shaxslarning hammasiga to‘g‘ri keladigan qismi ular
soniga taqsimlanadi.
Vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lmagan, ammo zarar to‘lovini olish huquqiga ega
bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar uchun zarar to‘lovi miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:
agar ta’minot mablag‘i sud tartibida undirilgan bo‘lsa, u holda zarar to‘lovlari sud tomonidan
tayinlangan summa miqdorida belgilanadi;
agar ta’minot mablag‘i sud tartibida undirilmagan bo‘lsa, u holda zarar to‘lovlari ularning
moddiy ahvoli hamda vafot etgan shaxsning hayotlik vaqtida ularga yordam ko‘rsatish imkoniyatini
hisobga olib belgilanadi.
Agar vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar ham, uning qaramog‘ida
bo‘lmagan shaxslar ham ayni bir vaqtda zarar to‘lovini olishga haqli bo‘lsalar, bunday holda zarar
to‘lovlari miqdori avvalo marhumning qaramog‘ida bo‘lmagan shaxslar uchun belgilanadi. Ular
uchun belgilangan zarar to‘lovi summasi boquvchining ish haqidan chegirib tashlanadi, so‘ngra ish
haqining qolgan miqdoridan kelib chiqib ushbu moddaning 
birinchi
 va 
ikkinchi qismlarida
nazarda
tutilgan tartibda marhumning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar uchun qoplanadigan zarar miqdori
belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.


Boquvchisini yo‘qotganligi munosabati bilan zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan
shaxslarga tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi, xuddi shuningdek boshqa pensiya, ish
haqi, stipendiya va boshqa daromadlar qoplanadigan zarar to‘lovi hisobiga kiritilmaydi. Bunda
qaramoqdagi har bir shaxsga tegishli bo‘lgan zararni qoplash summasi qonun hujjatlarida
belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 17,6 foizidan oz bo‘lishi mumkin emas.
(193-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Keyingi
 tahrirga qarang.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish