22-modda. Kasaba uyushmalari
Kasaba uyushmalarining va ulardagi saylab qo‘yiladigan organlarning davlat va xo‘jalik
organlari, ish beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlaridagi huquqlari
qonun
, ustavlar, jamoa
kelishuvlari va shartnomalari bilan belgilanadi.
23-modda. Xodimlar vakillik organlarining huquqlari
Xodimlarning vakillik organlari quyidagilarga haqlidir:
muzokaralar olib borish, jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzish, ularning bajarilishini
tekshirib turish, ish beruvchiga korxonada mehnat to‘g‘risida normativ hujjatlar tayyorlash
yuzasidan takliflar kiritish;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
31
,
32
,
36
,
40
,
46
,
56-moddalari
.
korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalarni ko‘rib chiqishda qatnashish;
mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlarda xodimlar manfaatini himoya qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
XV bobi
(“Mehnat nizolari”).
ish beruvchi hamda u vakil qilgan shaxslarning qarorlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar yoki
boshqa normativ hujjatlarga zid bo‘lsa yoxud xodimlarning huquqlarini boshqacha tarzda
buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish.
Keyingi
tahrirga qarang.
Vakillik organlari ijtimoiy-mehnat munosabatlarida xodimlarning manfaatlarini himoya
etishga qaratilgan boshqa xatti-harakatlar ham, basharti bu xatti-harakatlar qonun hujjatlariga zid
bo‘lmasa, qilishlari mumkin.
Keyingi
tahrirga qarang.
Xodimlarning vakillik organlari huquqlarining amalga oshirilishi korxonada mehnat
samaradorligini pasaytirmasligi, o‘rnatilgan tartib va ish rejimini buzmasligi kerak.
24-modda. Ish beruvchining xodimlarning vakillik organlari oldidagi majburiyatlari
Ish beruvchi quyidagilarni amalga oshirishi shart:
xodimlar vakillik organlarining huquqlariga rioya qilish, ularning faoliyatiga ko‘maklashish;
xodimlarning manfaatlariga taalluqli qarorlar qabul qilishdan oldin ularning vakillik organlari
bilan maslahatlashish, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda ko‘rsatilgan
hollarda esa, — ularning roziligini olish;
Keyingi
tahrirga qarang.
xodimlar vakillik organlarining takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va qabul qilingan qarorlar
haqida ularga yozma ravishda asosli javob berish;
xodimlarning vakillik organlari a’zolarini korxonaga, manfaatlari ifoda etilayotgan
xodimlarning ish joylariga moneliksiz qo‘yish;
xodimlarning vakillik organlariga mehnat, korxona faoliyati masalalariga va boshqa ijtimoiy-
iqtisodiy masalalarga doir axborotni tekin berish;
xodimlarning vakillik organlariga o‘z vazifalarini bajarishlari uchun zarur sharoit yaratib berish;
xodimlarning vakillik organlariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ
hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
Keyingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |