O‘zbekiston respublikasining mehnat kodeksi umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Mehnat nizolari komissiyasining vakolati



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/130
Sana09.02.2023
Hajmi1,04 Mb.
#909453
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   130
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

263-modda. Mehnat nizolari komissiyasining vakolati
Basharti xodim kelishmovchilikni mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoxud
xodimlarning boshqa vakillik organi ishtirokida ish beruvchi bilan bevosita olib borgan
muzokaralarida hal eta olmagan bo‘lsa, mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida ko‘rib
chiqiladi.
Mehnat nizolari komissiyasi yakka mehnat nizolarini ko‘radi, ko‘rib chiqishning o‘zgacha
tartibi belgilangan mehnat nizolari (
269

276-moddalar
) bundan mustasno.


264-modda. Yakka mehnat nizolarini komissiyada ko‘rib chiqish tartibi
Mehnat nizolari komissiyasi mehnat nizosini ariza berilgan kundan e’tiboran o‘n kun muddat
ichida ko‘rib chiqishi shart. Nizo ariza bergan xodimning ishtirokida ko‘riladi. Xodimning ishtirokisiz
nizoni ko‘rib chiqishga uning yozma arizasi bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. Basharti xodim uzrsiz
sabab bilan komissiya majlisiga kelmasa, mazkur arizani ko‘rib chiqishni kun tartibidan olib
tashlash xususida qaror qabul qilinishi mumkin, bu esa xodimni takroran ariza bilan murojaat etish
huquqidan mahrum qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona,
muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining 
namunaviy qoidalari
(ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 5.4-
bandi.
Xodim, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi mehnat nizosi
ko‘rib chiqilishida ishtirok etish uchun advokat taklif qilish huquqiga ega.
Mehnat nizolari komissiyasi majlisga guvohlarni chaqirtirish, mutaxassislarni taklif qilish, ish
beruvchidan zarur hisob-kitoblar va hujjatlar taqdim etishini talab qilish huquqiga ega.
Majlisda komissiyaning ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa
vakillik organi vakillaridan iborat teng miqdordagi a’zolari ishtirok etishlari kerak.
Mehnat nizolari komissiyasining har bir majlisida raislik vazifasini ish beruvchining va kasaba
uyushmasi qo‘mitasining yoki xodimlar boshqa vakillik organining vakillari navbatma-navbat
bajaradilar. Bunda bir majlisning o‘zida raislik va kotiblik vazifasini bir tarafning vakillari bajarishi
mumkin emas.
Komissiyaning har bir majlisida taraflar tomonidan keyingi majlisning raisi va kotibi
tayinlanadi, ularga majlisni tayyorlash va chaqirish vazifasi yuklatiladi.
Mehnat nizolari komissiyasining majlisida bayonnoma yuritiladi.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish