O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


Rossiya, Yaponiya va Amerikaning qadimgi sivilizatsiyalari



Download 1,75 Mb.
bet28/98
Sana26.02.2022
Hajmi1,75 Mb.
#467592
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

Rossiya, Yaponiya va Amerikaning qadimgi sivilizatsiyalari. Uch lokal sivilizatsiyalar – Rossiya, Yaponiya va Amerika yuqorida keltirilgan sivilizatsiyalarning bosh yo’lidan chetda rivojlandi. Rossiya, Ukraina va Belorussiya hududlarida neolit davri O’rtayer dengizi, Misr, Mesopotamiyadan taxminan ikki ming yil, O’rta Osiyodan I ming yil keyin boshlandi. Buning sababi muzliklarning kech chekinishi, bepoyon hududda aholioning kam sonli bo’lishi, o’rmonlarda ov hayvonlarining mo’l-ko’lligi edi. Muzliklarning shimolga chekinishi va yirik hayvonlarning kamayishi ovchi jamoalarni chorvachilik va o’troq dehqonchilikka o’tishga majbur qildi, keyin kulolchilik, yigiruvchilik va to’qimachilikni o’zlashtirish va chanalarni tayyorlashga o’tish boshlandi.
Er. avv. 5-4 ming yilliklarda o’troq dehqonchilik manzilgohlari (maykop madaniyati) paydo bo’ldi, hududiy jamoaga o’tish boshlandi. Bu sun’iy qayta ishlab chiqarishining boshlanishiga, mehnatning ijtimoiy taqsimotiga, natural jamoalararo ayirboshlashga, jamiyat ijtimoiy tabaqalanishining boshlanishiga asos qo’ydi.
Er. avv. 3-2 ming yilliklarda eneolitning qisqa davridan keyin Shimoliy Kavkaz, Karpat, Qora dengiz bo’yi va Uralda jez davriga o’tish belgilari ko’rindi. Metall quyish, undan mehnat qurollari, qurol-aslaha, taqinchoqlar yasash boshlanadi, manzilgohlar ko’payadi, dehqon va chorvador qabilalar o’rtasida ayirboshlash tizimi tus oladi. Jamoa mulkchiligi katta patriarxal oilalar xo’jaligi bilan birgalikda bordi. Urug’ jamoalari qabilalarga birlashdi. Jamoaning mulki, urushlarda olingan o’lja va boyliklarni o’zlashtirgan urug’-qabila oqsoqollari, harbiy boshliqlar, koxinlar urug’ zodagonlariga aylandilar. Bo’lg’usi davlatlarning kurtagi, ittifoqlari paydo bo’ldi.
Temir davri bu yerda taxminan er. avv. I ming yillikda Dnepr bo’yida, Volga bo’yi, Shimoliy Kavkazda, er. avv. VII asrda Sibir va Oltoyda paydo bo’ldi.
Qadimgi Yaponiyada neolit er. avv. IV ming yillik o’rtalaridan er.avv. 300 yillargacha; eneolit er. avv. 300 yillardan eramizning 300 yiligacha davom etdi. Eramizning 300 yildan 700 yilgacha qo’rg’onlar davri (yoki Yamato-kuchli podsholiklardan birini nomi) deb ataladi, bu vaqtda Yapon orollarida ilk sinfiy jamiyat shakllandi, bir – biri bilan urushayotgan bir necha davlatlar paydo bo’ldi. Qo’shni Xitoy bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalar rivojlandi. Bu davrning oxirida Yamato qabilasi yo’lboshchisi boshchilik qilgan federatsiya tashkil topdi. Bu davlat boshlig’i (“Tenno”-samoviy hukmdor deb nom oldi, keyinchalik-imperator) deb atalgan. Ijtimoiy tabaqalanish natijasida aslzoda yer egalari, erkin dehqonlar, qaram ishchi beminlar (mulki bo’lmagan tenno va aslzodalar xo’jaligida ishlovchilar) va uy qullari ajralib chiqdi. Umumiy ishlov berishni talab qiladigan sholipoyalar jamoa mulki sifatida qaralgan. Xitoy iyeroglif yozuvlaridan o’zlashtirilgan yozuv paydo bo’ldi. Mamlakatda tarqalgan buddaviylik qadimgi sintoizm bilan hamo-hang bo’ldi.
“Tayko islohotlari” natijasida (VII asr o’rtalari) va undan keyingi o’zgartirishlar natijasida yerlar, dehqonlar va yer egalari o’rtasida taqsimlandi (ulardan hammasi davlatga xizmati uchun yer ulushi egalari deb hisoblandilar). Urug’chilik asoslarini yemirgan yangi ma’muriy tuzilish kiritildi, yagona soliqlar joriy qilindi, beminlar dehqonlar bilan tenglashtirildi va qullikni tarqalish imkoniyatlari cheklandi. Ilk o’rta asr davlati shakllanishi uchun shart-sharoit yaratildi. Yaponiya jadallashgan, noaniq ifodalangan ritmda uch birinchi tarixiy bosqichni bosib o’tdi.
Amerikada qadimgi jamiyatlar ajralgan holda, alohida yo’l bilan rivojlandilar. Hozirgi geologik va arxeologik ma’lumotlarga ko’ra Amerika materigida aholining joylashuvi er. avv. okean sathini 50-40 ming yilliklarda 115 metrga pasayishi va bundan 28-10 ming yil oldin okean sathini 120 metrga pasayishi natijasida Osiyodan Bering bo’g’ozi orqali aholining ko’chishini bir necha to’lqini yuz beradi. Bu davrlarda Osiyoning shimolida iqlim nisbatan mo’tadil bo’lib, bu hududda yashagan ovchi qabilalar mamont va boshqa hayvonlar orqasidan Shimoliy Amerikaga ketadilar, keyin esa Markaziy va Janubiy Amerikaga migratsiya qilganlar. Qulay iqlim sharoitlari, yirik hayvonlarning mo’l-ko’lligi yaroqli o’simliklarni mo’l – ko’lligi, aholini tez o’sishiga olib keldi. Natijada er. avv. VII ming yillikda mamontlar qirib yuborildi, bizonlar soni keskin qisqardi. Er. avv. 7-5 ming yilliklarda aholi ratsionida o’simlik ovqatlari ko’proq miqdorini tashkil qila boshladi, dehqonchilik, chorvachilik va baliqchilik bilan birlashib asosiy mashg’ulotga aylandi. Mais (makkajo’xori) asosiy ekinga aylandi, no’xat, qovoq, avokado va achchiq qalampir ham ekilgan. Shimoliy Amerikaning janubiy-sharqida, hozirgi Meksikada va Peru qirg’oqlarida dehqonchilik ma’daniyatlari shakllandi. Natural ayirboshlash tarqaldi va ijtimoiy tabaqalanishning birinchi belgilari paydo bo’ldi.
Taxminan er. avv. 2 ming yillikda dehqonchilik va hunarmandchilikning rivojlanishi natijasida qo’shimcha mahsulotli tizimni ishlab chiqarish imkoniyatini yaratdi, bu ilk sinfiy jamiyatni va Markaziy Amerikada ko’p davlatlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Shaharlar, sug’orish tizimlari, ulkan ibodatxonalar qurila boshlandi. Olmek madaniyati, atstek, maya davlatlari gullab-yashnadi. Jamiyat qat’iy ravishda ijtimoiy guruhlarga bo’lindi: hukmdor, harbiy yo’lboshchi va kohinlar, erkin jamoachi va hunarmandlar, savdogarlar, qullar shular jumlasidandir. Er. avv. I ming yillik o’rtalarida yirik shaharlar qurildi. Astronomiya, matematika, haykaltaroshlik va me’morchilik rivojlandi.
Markaziy Amerikada er. avv. I ming yillikning oxirida Tiauanako sivilizatsiyasi shakllandi, uning gullab-yashnashi arxeologlar klassik davr deb ataydigan uzoq davrga cho’zilib ketdi. U eramizning 3- asridan 8- asrigacha davom etdi. Tiauanako ma’daniyatining tarqalish markazi Boliviya yassi tog’ligida Titikaka ko’li yaqinida edi.
Metallni qayta ishlash (oltin, kumush, mis, jez) keng tarqaldi. Amerika temirni bilmas edi. Shuning uchun bu yerda “oltin jez asri ikkinchi emas, tarixiy sivilizatsiyalarning uchinchi o’rami uchun xosdir.
Amerika kontinentida bu davrda qator imperiyalar mavjud edi. Ularning ichida Inklar imperiyasi eng qudratli edi, bu imperiyaning yuksalishiga XIII asrda asos qo’yildi. Inklar imperiyasi hududi 900 ming. kv km. ni tashkil qilar va u Tinch okeani bo’ylab, 4800 km ga cho’zilib ketgan edi. Mamlakatda Pachakuteka hukmronligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o’tkazilgan edi, bu fransuz tarixchisi L. Bodin “Inklarning sotsialistik imperiyasi” to’g’risida gapirishga asos bo’ldi.
Ink jamiyatida mehnat qilish barcha aholi uchun majburiy edi. Aslzodalar va Oliy inka ham jismoniy mehnat qilishga majbur edilar. Barcha aholi tirikchilik uchun zaruriy vosita va yerga ega edilar. Davlat va kohinlarning ehtiyojini qondirish uchun barcha aholi o’z oilaviy yer ulushiga ishlov bergandan keyin, Inka (davlat)ga va Quyoshga (ibodatxonalar) tegishli yerlarga birgalikda ishlov berishga majbur edilar. Shunday yerlardan olingan mahsulotning bir qismi sug’urta jamg’armalarini yaratishga va beva, yetimlar, keksalar va nogironlarni ta’minotiga ajratilar edi. Hunarmandlar tayyorlagan mehnat qurollari va qurol-aslahalar davlat omborlarida saqlanar edi. Yer va chorva uch qismga bo’lingan: biri-oilani, boshqasi-Inka uchun, uchinchisi-Quyosh ehtiyojlari uchun. Ayirboshlash natural holda edi. Barcha oila boshliqlari quyi va o’rta darajadagi boshqaruv jarayoniga ishtirok etar edilar, oliy hokimiyat inkaga tegishli bo’lib, meros bo’lib o’tar edi. Davlat hokimiyatini bir qancha imtiyozlarga ega bo’lgan zodagonlar vakillari boshqarar edi. Lekin aholining barcha tabaqalari ham huquq va erkinliklardan foydalanmas edilar.
Inklar davlatida yuqori mehnat unumdorligiga erishilgan edi, uning natijasida barcha aholining turmush farovonligini nisbatan qo’llab-quvvatlash imkoniyatini berdi va yana katta shaharlarni, minglab km.ga cho’zilgan yo’llarni qurish, jarliklar ustida osma ko’priklar, 750 km.gacha uzunlikdagi kanallar bunyod qilishga va yuksak madaniyatga erishildi.
Amerikaning o’ziga xos lokal sivilizatsiyalari o’zining barcha texnik va madaniy yutuqlari bilan XV asrning oxiri XVI asrda yevropalik kolonizatorlar tomonidan vahshiylarcha yo’q qilindi. Lokal sivilizatsiyalarning ajralgan rivojlanishi bo’lgan ulkan tarixiy eksperiment vaqtincha uzilib qoldi.



Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish