O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


Ilk sinfiy sivilizatsiya (jez asri)



Download 1,75 Mb.
bet26/98
Sana26.02.2022
Hajmi1,75 Mb.
#467592
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

Ilk sinfiy sivilizatsiya (jez asri). Neolit inqilobining yadrosi qayta ishlab chiqaradigan iqtisodiyotga o’tish edi, sivilizatsiya siklini belgilab bergan neolit inqilobining yuragi jamiyat piramidasining uchinchi va to’rtinchi qavatlaridagi tub o’zgarishlar edi. Bu yerda davrning buyuk voqealari, ijtimoiy kashfiyotlar xususiy mulkchilikni, pul muomalasi, sinflarni, davlatni paydo bo’lishi edi. Bu kashfiyotlar asta-sekin takomillashib keyingi sivilizatsiyalarning qiyofasini belgiladilar. Bu ijtimoiy muassasalarning har biri tarixiy progressning borishi bilan shartlangan edi va u foydali funksiyalarni bajardi.
Jamoa mulkchiligi asosiy ishlab chiqarish vositalarini, nisbatan uncha katta bo’lmagan jamoalar uchun o’zlashtirish shakli edi. Bunday shaklning mavjudligi ularni tirik qolishiga va tabiiy muhitni yuqori darajada noaniqligi va o’zgaruvchanligi, mehnat unumdorligining past darajasi, qo’shimcha mahsulotning yo’qligi natijasi edi. Lekin u endi progressga to’siq bo’ldi. Yerga ishlov berish, hayvonlarni o’stirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, hunarmandchilik va qurilishda yanada samarali texnologiyalarni qo’llab, qo’shimcha mahsulotni tizimli yaratgan ishchilar o’zlarining mahsuldor mehnat natijalarini, jamoani boshqa a’zolari bilan teng taqsim qilishga ko’nmadilar. Mehnat samaradorligini oshirishning eng muhim rag`batlantiruvchi omili o’zining oila a’zolariga (ota tomonidan) meros bo’lib o’tadigan xususiy mulk bo’ldi.
Zamonaviy atamalardan foydalangan holda aytish mumkin bo’lsa, birinchi bor ko’p ukladli iqtisodiyot paydo bo’ldi. Taqsimotda bir tekislikni bartaraf qilish, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarish natijalarini xususiy o’zlashtirish o’zi va oilasi uchun mulkni ko’paytirshga, iqtisodiy manfaatdorlikni yaratdi, mehnat unumdorligini oshirishga intilishni kuchaytiradigan foydani ko’zlab, ayirboshlashni amalga oshirish, boylik to’plash, yaxshi uylar qurish, bezak-taqinchoqlarga ega bo’lish motivatsiya mexanizmlarini harakatga keltirdi. Bu rivojlanish sur’atini ko’p marta jadallashtirdi.
Qo’shni jamoa qabila boshliqlari, harbiy boshliqlar, kohinlar, jamoaning tadbirkor a’zolari, eng yaxshi yerlar, chorva, o’tloq-yaylovlar, harbiy o’ljalarni o’zlashtirib, ularga egalik huquqini o’z qo’llarida to’pladilar. Hukmron tabaqa ana shunday paydo bo’ldi. Jamoaning boshqa a’zolari dehqon, hunarmand, chorvadorlar sifatida ilgari jamoa ixtiyorida bo’lgan mulkning bir qismiga ega bo’ldilar. Ular turli to’lov, majburiyatlarni o’tadilar. Jamoaning mulki hisoblangan o’tloqlar, o’rmonlar, suv havzalari jamoaning umumiiy mulki bo’lib qolaverdi.
Ilk sinfiy sivilizatsiyalarning iqtisodiy munosabatlarini o’ziga xos xususiyati, odam mulk ob’ekti-qullar (asir tushganlar, qarzga botganlar) bo’ldi. Boshda asirga olinganlar o’ldirildi yoki qurbonlik qilindi, yoki diniy bayramlar, zodagonlarning dafn marosimlarida qurbonlikka keltirildilar. Chunki hozircha nazorat va majburlashga asoslangan qo`l mehnati samarasiz edi Ba’zida esa asirlarni to’la huquqli bo’lmagan jamoa a’zolariga aylantirdilar.
Lekin vaqt o’tishi bilan qul mehnati qo’shimcha mahsulot yarata boshladi. Tarixchilarning tadqiqotlariga ko’ra qulchilik jez asrining iqtisodiy asosi bo’lmadi. Jez asrida qo’shimcha mahsulotning asosiy qismini jamoachi-dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar yaratdilar.
Muntazam ayirboshlashning rivojlanishi, turli xil mahsulotlarning qiymatini belgilaydigan ekvivalent yaratishni talab qildi. Insoniyat bu vazifani bajarishga da’vogar bo’lgan chig’anoq, yarim qimmatbaho toshlar, chorva mollari va boshqalarni sinab korib, jez asrida qiymat o’lchovi, muomala va jamg’arish vositasi sifatida metall pul-oltin, keyin kumushni tanladi.
Qayta ishlab chiqarishning tuzilishi murakkablashdi, hajmlari kengaydi, uni uyushqoqligi o’sdi. Buni iqtisodiyotning asosi bo’lgan dehqonchilikni, sug’orma dehqonchilikni yo’lga qo’yish uchun zarur bo’lgan sug’orish tizimini Nil, Dajla va Frot, Hind, Amudaryo va Sirdaryo vodiylarida boshqarish mantiqiy talab qilindi.
Bir necha darajalarda qayta ishlab chiqarishning pog`onaviy tuzilishi yuzaga keldi: quyi-dehqonchilik, chorvachilik yoki hunarmandchilik oilasi, qo’shnni jamoa, yarim tovar yoki tovar quldor xo’ajaliklari: hududiy alohida hududlarda-Yuqori va Quyi Misr nomlarida; davlat hajmida-Misr, OSuriya, Bobilda vujudga keldi. Barqaror bozor shakllandi, (aholining asosiy massasi uchun oziq-ovqat va kiyim-kechakni qamrab olmaydigan, lekin qul oldi-sotisini o’z ichiga olgan), mamlakatlar o’rtasida mahsulot ayirboshlash aloqalari shakllandi.
Mehnat taqsimoti va samaradorligini oshirishda sakrashga erishildi. Sug’orma dehqonchilik yuqori hosildorligi bilan ajralib turar edi. Turli xil hunarlar, jez qurollar ishlab chiqarish, qurol-yarog’, taqinchoqlar, turli gazlamalar, kiyim, poyafzal, dori, san’at buyumlarini ishlab chiqarish rivojlandi. Ilk va Qadimgi Misr podsholigi yozma yodgorliklari ma’lumotlariga ko’ra o’sha vaqtdan ekin yerlari va o’tloqlar, uzumzor va bog’lar, turli xil hunarmandchilik mahsulotlari tayyorlanadigan ustaxonalarni o’z ichiga olgan podsho xo’jaligi mavjud bo’lgan. Shuningdek fir’avn ayonlari, zodagonlar, ibodatxonalarga qarashli xo’jaliklar ham bo’lgan. Dehqonlar, cho’ponlar, baliqchi, qushchilar, bog’bon, nonvoy, pivo pishiruvchilar, kulol, tosh yo’nuvchi, quruvchi, duradgor, raqqosa, sartarosh, rassomlar, haykaltaroshlar, mirzo, nazoratchi kabi kasblar paydo bo’lgan. Mehnat taqsimoti turli kasb egalarini ko’nikma, malakalarini oshirishda, mehnat qurollarini takomillashuviga, mehnat unumdorligini o’sishiga olib keldi. Olim Jorj Bernal Mesopotamiya, Misr, Hindistonning daryo vodiylarida shahar hayotini boshlanishi bilan taxminan er. avv. 3200-yildan 2700-yilgacha yuzaga kelgan texnik novatorlikni yuksalishi va undan keyin madaniy va siyosiy turg’unlikni uzoq davrini belgilaydi (7. C. 82.)
Xususiy mulkchilik, mulkiy tengsizlik, majburiy mehnatga asoslangan murakkab va ziddiyatli iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar jamoaning o’z-o’zini boshqaruvi va urf-odat, an’analarga asoslangan muassasalari tomonidan qo’llab-quvvatlanishi va boshqarilishi mumkin emas edi. Huquqni qonunlashgan normalariga ichki boshqaruv va tashqi himoya (va bosqinchilikni) tayanib funksiyalarni bajaradigan ixtisoslashgan davlat apparatini shakllantirish zaruriyati tug’ildi.
Beshinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti yuz berdi: davlat funksiyasini kasbiy asosda bajaradigan kishilar guruhi ajralib chiqdi va ular huquq normalarini qo’llab-quvvatladilar (podsho, ayonlar, harbiy boshliqlar, sudyalar, politsiyachilar). Davlat o’ziga bir necha iqtisodiy funksiyalarni oldi: sug’orish tizimlarini qurish, ta’mirlash, qurilish ishlari, mulkni himoya qilish, pul muomalasini boshqarish, pul zarb qilish va hokazo. Davlat apparatida ishlash uchun mirzalar tayyorlaydigan maktablar ochildi. Shunday qilib beshinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti vujudga keldi.
Ma’naviy soha – tasviriy va musiqa san’ati, me’morchilikni ajralib chiqishi va yuksalish jarayoni rivojlandi: yozuvni kashf etilishi va o’zlashtirilishi ikkinchi axborot inqilobi (birinchisi-insoniyat paydo bo’lgan ilk davrda nutqni paydo bo’lishi) bo’ldi. Tabiiy va aniq fanlarni empirik asoslarini yaratilishi, sug’orish tizimini yaratilishi va boshqarilishini, metall quyishni rivojlantirish, dengiz kemalarini qurish, dengiz sayohatlariga chiqish, hunarlarni rivojlantirishga imkon yaratdi, quyosh taqvimi, suv va quyosh soatlari yaratildi, matematika, anatomiya, qurilish va dehqonchilik fanlari asoslari qo’yildi, o’quv yurtlari paydo bo’ldi.
Jamiyatda, yuqorida aytilgan o’zgarishlarni oqibatlari va shart sharoitlari bu jamoatchilik kishanlari va bir tekisdagi taqsimot, o’lchov – me’yorlaridan o’zini holi qilgan insonni o’zida yuz bergan o’zgarishlarda edi. Bilim, malaka, iroda, muloqotni kuchayishi, shaharlarda bilimlar, mahsulotlar bilan ayirboshlashni kuchayishi shaxsning yutuq va boyligi uchun asos, faol elitani ajralib chiqishiga olib keldi. Progressni o’z hamjamoatchiliklarini, boshqa urug’ qabilalarni talash, zo’ravonlikni eng qo’pol shakllaridan foydalanish asosida yuz berishi – hatto qo’pol shaklda bo’lsa ham progress edi.
Bu davrning jahonshumul voqeasi “shahar” inqilobi deb ataladigan lokal sivilizatsiyalar markazlarida shaharlarni paydo bo’lishi edi. Bu inqilobni shart-sharoitlari aholi soni va zichligini o’sishi, hunarlar va qurilishni rivojlanishi, paydo bo’lgan davlatlarni ma’muriy markazlarini shakllanishi va tashqi hujumdan himoya qilish uchun ularni mustahkamlash zaruriyati edi.
Yirik shaharlarga o’n mingab aholi kelib o’rnashdi, misol uchun Mohenjo-Daro (Hindiston) 2,5 km2 maydonni egalladi va 100 ming kishigacha aholiga ega edi, mustahkamlangan qal’a va quyi shaharga bo’lingan edi. Shahar don ombori, suv ta’minoti tizimi va kanalizatsiya, hammomga ega edi. Shaharlarda haddan tashqari aholini to’planishi, hunarlar, ayirboshlashni rivojlanishiga, shahar madaniyatining shakllanishiga turtki berdi.
Ikkinchi dunyo sivilizatsiyasini odatdagi baholashdan voz kechish lozim, quldorlik ekspluatatsiyasining shafqatsizligi va o’sha davrning qo’pol odatlaridan e’tiborni soqit qilib, insoniyat jamiyatining yaratuvchan tarixga hissasini xolisona baholashga o’tish lozim.
Shunday qilib, jez asri sivilizatsiyasi davrida jamiyat piramidasining barcha qavat va xonalari o’zlashtirilgan edi, moddiy ne’matlar, iqtisodiy va ijtimoliy munosabatlar, ma’naviy qadriyatlarni muntazam qayta ishlab chiqarish tizimli amalga oshirildi. Qadimgi sivilizatsiyalarni tarqalish maydoni kengaydi. Jez asrining bir necha episentrlairi – Misr, Shumer, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy, Xett davlati, OSuriya, Krit kabilar ma’lum. Er. avv. III ming yillikda xalqlarning buyuk ko’chishi kuzatiladi, bu jez asrini texnologiyasi va madaniyat bori barcha materiklarning ko’pgina hududlariga tarqalishiga olib keldi.
Boshqa barcha tarixiy sikllar kabi progress episentrlari bo’yicha jez asrining sivilizatsiyalari dinamikasida uch bosqichni ajratish mumkin: shakllanish,tarqalish (er. avv. IV ming yillik oxiri-III ming yillik boshlari); yetuklik, gullab-yashnash (er. avv. III ming yillikning II yarmi); so’nish, tushkunlik (er. avv. II ming yillikning ko’p qismi). Tarixchilar alohida lokal sivilizatsiyalarda yanada bo’lingan turkumlashni ajratadilar. Jumladan, Qadimgi Misr tarixini shunday, farqlaydilar: ilk podsholik (er. avv. 3000-yil – 2778-yil – 220 yildan ko’proq); Qadimgi podsholik (er. avv 2778-yil-2263-yilgacha – 515 yil); birinchi o’tish davri (er. avv. 2263-yildan – 2160-yilgacha – 10 yil atrofida); O’rta podsholik (er. avv. 2160-1785-yillar. – 375 yil); ikkinchi o’tish davri (er. avv. 1785-1580-yillar. 205 yil); Yangi podsholik (er. avv. 1580-1085-yillar 495-yil); uchinchi o’tish davri (er. avv. 1085-930-yillar – 135 yil); So’ngi podsholik (er. avv. 950-525-yillar. – 423 yil). Ilk podsholikni bu lokal sivilizatsiyani shakllanishiga o’tish davriga tegishli deyish mumkin. Uchinchi o’tish davri va So’ngi podsholikning so’nish davriga, keyingi oliy yuqori tarixiy siklga taalluqli deyish mumkin. Bunday holda sivilizatsiya siklining uch an’anaviy fazalari yaqqol ko’rinadi. Tarixchilarning ta’kidlashicha, har bir o’tish davri, bu qachonlardir gullab-yashnagan shaharlarning kimsasiz qolishi va ochlik, tarqoqlik va ijtimoiy to’ntarishlar, savdo aloqalarining uzilib qolishi, tashqi hujumlar vaqti edi. Demak, sivilizatsiya siklida hozirgi Kondratev sikllariga o’xshash, lekin uzunroq bo’lgan uzoq muddatli sikllar aniq ko’rinadi. Jez asrini tarqalish zonalari quldorlik davlatlaridan ko’ra ancha keng edi.
O’rta Osiyo hududida antik sivilizatsiyaga o’tish davrini er. avv. II ming yillik-er. avv. I ming yillikning boshlanishi bilan belgilash mumkin. Bu davrning o’ziga xos xususiyati-qachonlardir qudratli davlatlarning tushkunligi, lokal sivilizatsiyalar yangi o’choqlarining paydo bo’lishi va shakllanishi edi.
Bu bosqich o’z doirasi va geografik chegaralariga ega edi. Qadimgi quldorlik davlatlari daryolarning hosildor vodiylariga va jez qurollar tayyorlash imkoniyatlariga bog’langan, mehnat resurslarini muntazam to’ldirish zarurati urushlar va qullarni bosib olish yo’li bilan o’sib borayotgan aholi va zodagonlarning ehtiyojlarini qondira olmas edi. Muntazam urushlar va soliqlar dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlarning mayda xo’jaliklarini qayta ishlab chiqarish imkoniyatlarini yo’q qiladi. Podsho, ayon, zodagonlar, kohinlar, mahalliy hokimlarning o’zaro kelishmovchiliklari davlatni harbiy qudratini, birligini zaiflashtirdi. Sho’r bosgan, sug’oriladigan yerlarning hosildorligi pasaydi, aholini tabiiy o’sishi qisqardi. Qachonlardir so’nayotgan sivilizatsiyaning markazlari bo’lgan davlatlar iqtisodiy va harbiy qudratlarini yo’qotdilar, mustaqil bo’laklarga bo’linib ketdilar, jangovar ko’chmanchi qabilalar hujumlariga bardosh bera olmadilar.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish