O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


Birinchi uch tarixiy bosqichlar davomida inson ehtiyojlari va qobiliyatlari dinamikasi an’analari qanday bo’ladi? 5



Download 1,75 Mb.
bet35/98
Sana24.06.2022
Hajmi1,75 Mb.
#699985
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

4. Birinchi uch tarixiy bosqichlar davomida inson ehtiyojlari va qobiliyatlari dinamikasi an’analari qanday bo’ladi?
5. Qadimgi jamiyatlarda inson manfaatlari va faoliyat motivlarini rivojlanishiga yordam bergan asosiy omillar nimalardan iborat?
QADIMGI JAMIYATLARDA TEXNIK PROGRESS

Inson taraqqiyotidagi har bir bosqich, uning bilim va ko’nikmalari, jamiyatning texnologik bazasida - mehnat qurollari xususiyati va to’plamida, foydalaniladigan xom – ashyo va materiallarda, qo’llaniladigan yoqilg’i va texnologiyalarda, ishlab chiqarishga tabiat kuchlarining tortilish darajasi va atrof – muhitga ta’siri mehnatni tashkil qilishdagi taqsimot va kooperatsiyadagi tub o’zgarishlarda o’z ifodasini topdi. Jamiyatning piramidasini ikkinchi qavatidagi har bir unsurida turli uzunlikdagi sikllar almashuvi kuzatiladi, sinxron o’zaro harakat qilib ular ishlab chiqarishning texnologik usullarini almashuv ritmini belgiladilar, ularning har birini texnologik ukladlarining texnik progressini umumlashgan ifodasi deyish mumkin.


Mehnat qurollari va materiallarining evolyutsiyasi
Neolit sivilatsiyasi, unga xos ishlab chiqarishning texnologik usuliga qadar inson foydalanadigan ishlab – chiqarish vositalari majmuasini juda uzoq shakllanishi va sekin rivojlanishi bo’ldi.
Zamonaviy odamning uzoq avlodini ov yoki yovvoyi hayvonlardan himoyalanishida qo’liga tushib qolgan toshlar yoki tayoqlardan ba’zi paytda foydalanishidan yog’och, tosh va suyaklardan mehnat qurollari tayyorlashga o’tishi va ov, insoniyatning shakllanish tongidagi ulkan umumtexnik to’ntarish deyish mumkin. Odamlar ibtidoiy qurollar bilan o’simlik urug’lari, ildizlarini qazish, terish, hayvonlarni ovlash jarayonida tosh, kremniy, yog’och, suyak parchalariga ishlov berish, ularga kerakli shakl berish va mehnat quroli sifatida foydalanishga o’rgandi. Ishlab chiqarishning paleolit usulini rivojlanishida bir necha katta bosqichlar (texnologik sikllar) ni ajratish mumkin. Ulardan eng qadimgisi quyi paleolitni dastlabki bosqichida tosh madaniyati – qo’pol ishlov berilgan bodomsimon shakldagi toshlarni bir cheti bir necha bor ushatilgan. Bunday toshlar Sharqiy Afrikadagi Olduvoy g’oridan topilgan (Olduvoy madaniyati).
Quyi paleolit rivojlanishining navbatdagi bosqichi Shell davrida (Fransiyadagi Shell qishlog’ida toshdan yasalgan qo’l randasi topilgan) uch burchakli nayza uchlari yordami bilan yovvoyi hayvonlarni ovlash mumkin edi, yoki ulardan himoyalanish, go’shtni maydalalab yeyish, o’simliklarni qazib olish mumkin edi. Yuqori paleolitga o’tish (eramizdan avvalgi 40-10 ming yillik)) o’rta paleolitga o’tish (Muste davri) mehnat qurollarini yanada rivojlanish davri bo’ldi. Qo’l randasi yoki qirg’ich ko’pincha ushatilgan tosh siniqlaridan tayyorlandi. Undan yog’och, teriga ishlov berishda, silliqlash va kesishda foydalanilgan.
Yuqori paleolitga (er. avv. 40-10 ming yil) o’tish nayza va otiladigan nayzalarni, nayzalarni suyak uchlari, garpun, tosh bolta va keskichlarni kashf qilish bilan belgilanadi. Mezolit davri texnologik to’ntarishining yuragi o’q - yoyning kashf etilishi bo’ldi. O’q- yoy ovchilarning mehnat unumdorligini ko’p marta oshirdi va jangovor qurol bo’ldi. Shuningdek mikrolitlar - kichik tosh qurollardan keng foydalanila boshlandi. Mikrolitlar kichik plastinalar yoki ushatilgan tosh parchasi bo’lib, nayza uchi, o’qlar, uloqtiriladigan nayzachalar, garpunlar sifatida ishlatilgan. Ilk dehqonlarning motiga shaklidagi qurollari va tosh yorg’ichoqlari paydo bo’ladi. Baliqchilikda qarmoq va to’rlar qo’llaniladigan bo’ldi, sopol ko’zalar tayyorlash boshlandi. Texnikadagi haqiqiy inqilob neolitga o’tishda dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik, harbiy ishni o’zlashtirish bilan boshlandi. Ishlab chiqarishning neolit texnologik ishlab chiqarish usuli shakllangani to’g’risida aytish mumkin. Uning shart-sharoitlari mezolit davridayoq yaratilgan edi. Toshdan qurollar tayyorlashning yangi texnikasi o’zlashtirildi. G’alla o’roqlari va pichoqlar silliqlash, parmalash orqali tayyorlana boshlandi. Loydan pishirilgan sopol ko’zalar tayyorlana boshlandi.
Asosiy an’ana mehnat qurollarinng ixtisoslashuvi bilan ijtimoiy mehnat taqsimotini rivojlanishi edi. Dehqonchilik mehnati uchun maxsus mehnat qurollari majmuasi shakllandi (qirg’ich, so’qa, yog’och plug, g’alla o’roq va pichoqlari, hosilni saqlash uchun sopol xumlar). Qurollarni tayyorlashda kremniy, obsidian, suyak, hayvon shoxlari bilan bir qatorda yanada mustahkam va ishlov berish qiyin bo’lgan nefrit, jadeit kabi tosh jinslari qo’llanildi.
Neolit texnikasi taraqqiyotida olimlar birinchi madaniyatni ajratdilar: Nil vodiysida Badari madaniyati (er. avv. 6-5 ming yillik), qadimgi Persepol hududidagi dehqonchilik madaniyati (Janubiy Eron), Karial Shaxir va Qalai Yarmol (Shimoliy Eron), Xassun va Xalaf (Old Osiyo er. avv.6 – 5ming yillik ), Oltintepa madaniyati (O’rta Osiyo er. avv. 5 ming yillik).
Keyingi uchunchi umumtexnika inqilobi jez asri boshlariga to’g’ri keladi. Uning asosiy mazmuni mis va oltin, keyin esa jezdan qurol va mehnat qurollari, uy – ro’zg’or buyumlarini ishlab chiqarishni o’zlashtirish bo’ldi. Shu bilan jez asrining ishlab – chiqarish texnologik usuli boshlandi. Bu ishlab – chiqarish kuchlarini rivojlanishiga, mehnat samaradorligini oshirishda eng yirik sakrash edi. Metall qurollar tosh qurollarga qaraganda qimmatroq va maftunkorroq edi. Bu metall qurollar toshga qaraganda ko’p marta samarali qurol sifatida odam undan hayvonlarga qarshi va o’zini boshqa dushmanlariga nisbatan foydalanishi mumkin edi.
Metall tayyorlash texnikasi va metall qurollar texnikasining boshqa sohalari katta ahamiyatga ega bo’lgan. Metal qurollaridan jumladan pichoq, arra, parmadan foydalash yog’ochga ishlov berishni o’zgartirdi. Duradgorlik hunari paydo bo’ldi. va hamma joyda g’isht qalashni qo’llashga olib keldi. Birinchi mashinalar, jumladan g’ildirakli arava, suv g’ildiragini yuritilishi metalldan foydalanish tufayli yuz berdi. Asosiy kasb bo’lgan dehqonchilikda, ya’ni yerga ishlov berish jarayonida ho’kiz tortgan motiga yoki plug toshni metal bilan almashtirilgani sababli samarali bo’ldi. Mis, keyinchalik jez qurollari majmuasini yaratilishi yirik daryo vodiylarida (Nil va Frot er avv. 4 ming yillik, Hind daryosi er. avv. 3 ming yillik) sug’orma dehqonchilikka o’tish imkonini berdi. Hunarmandlarning paydo bo’lishi va ularni sohalarga bo’linishiga (mis, jez mehnat qurollari, oltin bezaklar, metall ro’zg’or buyumlari, metal qazish va quyish, temirchilik ishi, qayiqlar, yelkanli kemalarni qurish, saroylar, ibodatxonalar, maqbaralarni qurish) turtki berdi. Qo’shimcha mahsulotni tizimli ishlab chiqarish imkoniyati tug’ildi.
Jes asri bir necha bosqichlarga bo’linadi. Eneolitdan keyin ilk, o’rta va so’ngi jes asri boshlandi. Har bir bosqichga o’z texnologik ukladi to’g’ri keladi. Tosh qurollardan foydalanish sekin asta qisqardi, lekin jezni uncha katta bo’lmagan hududlarda tarqalishi va misni olishdagi katta mehnat hajmi, uning nisbatan yumshoqligi ulardan samarali foydalanishni chekladi.
Antik davrda ishlab chiqarishni texnologik usulining yadrosini temir, keyin po’latdan foydalash tashkil qildi. Meteorit temir ilgari ham ishlatilardi, lekin metallarni quyish va qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirish bilangina temir xom – ashyosini keyinchalik uglerodli po’latni keng qo’llash imkoniyati yuzaga keldi. Temir va po’lat qayta ishlash murakkab bo’lsada, lekin qattiq va mustahkamligi, birlamchi xom ashyoni keng tarqalganligi sababli eramizning 1 ming yilligi boshlarida turli mamlakatlarda keng qo’llanildi.Temirdan foydalanish lokal sivilizatsiyalarni gullab yashnashi uchun asos bo’ldi.
Temir asrida yashagan xalqlar o’troqlikka o’tib qachonlardir unumdor bo’lmagan, gullab–yashnagan qishloq xo’jalik, hunarmandchilik jamoalarini yuritish qobiliyatiga ega bo’ldilar. Natijada ilk daryo, vodiy bo’yi sivilizatsiyasining siyosiy, iqtisodiy yetakchiligi kamaydi. Ular endi madaniy, iqtisodiy, siyosiy o’choqlar rolini o’ynamay qoldilar. Shunga qaramasdan ularning madaniy, moddiy, ma’naviy yutuqlari keyingi avlodlarga uzatildi. Temirning o’zlashtirilishi jahon progressi episentrini Sharqdagi daryo vodiylaridan Yevropa hududlariga ko’chishiga sabab bo’ldi.
Temir asrining yana bir yutug’i dengiz kemasozligining rivojlanishi bo’ldi, qaysiki, u quruqlik transportidan ko’p marta arzon bo’lib, savdoning kengayishi yangi yashashga, qulay hududlarni o’zlashtirishga yordam berdi.



6-tasvir
4. Ilk sivilizatsiyalarning yoqilg’i-energiya resursllari

Paleolit, mezolit va qisman neolit davrida mehnat vositalarini harakatga keltiradigan energiyaning asosiy manbai insonning mushkul kuchi edi. Bu universal va qayta ishlab chiqariladigan energiya resursi edi.


Mamont va fillarni ov qilishda, saroylar, sug’orish tizimlarini, piramidalarni barpo qilishda birgalikdagi mehnat bir kishining kuchidan yuzlab, minglab marta oshadigan kuchni hosil qilish ajoyib natijalarga erishishga imkon berdi.
O’rta va quyi paleolit oralig’ida inson ishqalash yordamida olovni hosil qilish usulini kashf qildi. Buni birinchi energetik inqilob deyish mumkin edi. Chunki ibtidoiy jamoalar, nafaqat ovqat tayyorlash, balki olovdan texnologik jarayonlarda (yog’och qurol tayyorlash, keyinchalik metall quyish) foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Shuningdek, uylarda issiqni saqlash, sovuqdan o’zini himoya qilish, yashashga noqulay muhitni o’zlashtirish, daraxtlarni yoqib ekin yerlariga aylantirishda olovdan keng foydalana boshladilar.
Lekin muskul kuchi hali ham asosiy energiya resursi bo’lib qoldi. Qachonki inson yovvoyi hayvonlarni madaniylashtirish, ularning yuk tashish va o’zining ko’chishida foydalana boshlashi bilan ahvol o’zgara boshladi. Bu inson kuchini hayvonlar kuchi bilan qisman almashtirish va to’ldirishga imkon bergan ikkinchi energetik inqilob edi. Ikki daryo oralig’ida eramizdan avvalgi 3-ming yillik boshlaridan plug, arava va jang aravalariga eshak va ho’kizlar qo’shila boshlandi. Keyingi yillar dehqonchilikda va transportda, asosan harbiy ishda otlardan foydalanila boshlandi. Alohida hududlarda bu maqsadlar uchun tuyalar va o’rgatilgan fillardan foydalanildi.
Temir asrining kashfiyotlari tabiiy energiya manbalari shamol va suv kuchidan foydalanish imkoniyatini berdi. Dengiz sayohatlarida, yelkanli qayiq va kemalar (Jez davridan boshlab) qo’llanila boshlandi. Temir asrining ilk davrida suv g’ldiraklaridan tushayotgan suvning kuchidan foydalaniladigan suv g’ildiraklari va tegirmonlaridan foydalana boshlandi. Lekin bu uchinchi energetika inqilobining ibtidolari edi. Shunisi qiziqarliki, eramizdan avvalgi 100-yil atrofida qobiliyatli kashfiyotchi Gero reaktivlik tamoyilida ishlaydigan bug’ mashinasiga o’xshash mexanizmni yaratdi, lekin ishchi kuchi arzonligi uchun bunday kashfiyotga ehtiyoj bo’lmadi. Bu kelgusi industrial sivilizatsiyaning asoslarini qo’ygan energetik inqilobning uzoq aks-sadosi edi.
Qadimgi sivilizatsiyalar tez rivojlanayotgan insoniyatning energetika bazisini shakllantirishda yirik qadam tashladilar deb xulosa qilish mumkin.
5. Qadimgi dunyoda inson va tabiat. Ekologik tushkunliklar.
Inson tabiatning mahsuli u o’zini o’rab turgan tabiiy muhitsiz yashashi mumkin emas. Neolit inqilobi davrida inson o’zini yashashi uchun asosiy vositalarini mustaqil topishga o’rgandi. O’simlik va hayvonlarni o’stirish, olingan mahsulotlarni yashash vositalarining zaruriy to’plamiga aylantirish uchun qayta ishlov berishga erishdi. Bu insonni mustaqil yashashi uchun buyuk ne’mat edi. Bunga insoniyatni mezolit so’ngida yuz bergan birinchi global ekologik tushkunlik majbur qildi. Bu tushkunlik ko’pgina ibtidoiy jamoalarni ochlikdan o’lish xavfini keltirib chiqardi. Bu ekologik tushkunlikni sababi tabiiy muzliklarning tez chekinishi va u bilan birga yirik hayvonlar mamontlar, bug’u, bizonlarning shimolga ko’chishidir. Odamlar o’q yoyni qo’llab yirik hayvonlarni tez qirib yubordilar.
Neolit davrida odamlar donli ekinlarni o’stirishni o’rganib, bazi hayvonlarni madaniylashtirib, yashash uchun mustaqil manbalar bilan o’zini ta’minladi. Dehqonchilik inson bilan tabiat o’rtasida yangi munosabatlarni yuzaga keltirdi. Dehqonchilikka o’tish natijasida o’tmishdagi jamiyatdan sifat jihati bilan farq qiladigan jamiyatning yangi qiyofasi kashf etildi. Shu vaqtdan tabiat va insoniyat jamiyati o’rtasidagi mo’rt uyg’unlikning buzilish belgilari ko’rina boshladi.
Ikkinchi ekologik tushkunlik neolit so’ngida yuz berdi. Bu vaqtga kelib o’sib borayotgan aholi ibtidoiy dehqonchilik va chorvachilik yordami bilan oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondira olmas edi. Bu tushkunlikdan chiqish yirik daryo vodiylari (Nil, Dajla, Hind, Amudaryo) sug’orish tirimlarini shakllantirish bilan hal qilindi.
Eramizdan avvalgi 4-3-ming yilliklarda bu hududlarda qadimgi sivilizatsiyaning markazlari paydo bo’ldi. Lekin tez orada sug’orilagan yerlarning sho’rlanishi, hosildorlikning pasayishi natijasida ekologik tushkunlik xavfi paydo bo’ldi. Insoniyat jamiyati bu tushkunlikdan yana qutilish imkoniyatini topdi.
Temir qurollardan foydalanish, qo’ruq yerlarni o’zlashtirish, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va qurilishni rivojlantirishni amalga oshirib insoniyat temir davrida bu xavfni bartaraf etdi.
Sivilizatsiyalar tarixi bu – ekologik uyg’unlikni davriy buzilishi, tarixiy spiralni navbatdagi aylanishida uni qayta tiklash orqali yangi texnologik tizimlarni yaratish demakdir.


6. Ishlab chiqarishni tashkil etishning shakllari dinamikasi.
Neolit sivilizatsiyasi insoniyat shakllanishining o’zidan oldingi bosqichlarida shakllantirgan ishlab chiqarishni tashkil etishni jamoaviy harakatchan, ixcham shaklini meros qilib oldi. Bu ishlab chiqarish uncha katta bo’lmagan oilalar guruhi mehnatiga asoslangan edi. Mehnat taqsimotining faqat yosh-jins taqsimoti va yirik hayvonlarni birgalikda ov qilishda yoki yangi joylarga ko’chib o’tishda birgalikdagi mehnat qilishi mavjud edi. Olimlarning aytishicha, janubiy Fransiyada mezolit madaniyatiga oid g’orlardagi mezolit manzilgohlarida 6-18 kishigacha yashagan.
Elba va Oder daryolari oralig’ida mezolit manzilgohlari 8-15 gacha kichik kichik yer to’lalardan iborat bo’lgan. Bu manzilgohlarda 40-400 kishigacha yashagan. Bu yerda bir vaqtning o’zida 15 manzilgoh mavjud bo’lib, aholini zichligi 1 kishi uchun 30-80 km2 ga to’g’ri kelgan. Asosan yirik daryo bo’ylarida dehqonchilik lokal sivilizatsiyalarning paydo bo’lishida va cheklangan hududda aholining ko’p miqdorda to’planishini talab qildi. Chunki irrigatsiya ishlarini busiz amalga oshirish mumkin emas edi. Natijada tizimli ravishda va ko’p hajmda qo’shimcha mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi. Bu mahsulot iqtisodiy va noiqtisodiy usullar bilan urug’, qabila, davlat boshqaruvida yetukchi bo’lgan yuqori tabaqa tomonidan o’zlashtirib olindi.
Nisbatan bir xil jamoa xo’jaligi yosh jins taqsimotiga asoslangan mehnatning o’rniga, tuzilishi bo’yicha murakkab bo’lgan mehnatning ijtimoiy taqsimotiga asoslangan ko’p sohali xo’jalik paydo bo’ldi. Faoliyatning ma’lum bir turiga ixtisoslashgan samarali mehnat qurolini qo’llash orqali uni unumdorligini ko’p marta oshirish mumkin edi. Buning uchun mehnat kooperatsiyasi va uning natijalarini ayirboshlash zarur edi. Bu turli xil ehtiyojlarni to’la qondirish uchun zarur bo’ldi.
Mehnatning kooperatsiyasi va taqsimotiga, uning natijalariga, ayirboshlashiga asoslangan jamiyat shakllandi. Ayirboshlash faoliyati va iqtisodiy munosabatlarning yanada yuqori va turli xil shakllari uchun shart-sharoit yaratildi.
Ilk sinfiy keyin esa ishlab chiqarishning antik usullariga o’tish, ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllarida sezilarli o’zgarishlarni keltirib chiqardi. Yirik ko’p sohali ixtisoslashgan hunarmandchilik ustaxonalari, kichik erkin dehqon va hunarmandchilik xo’jaliklari bilan birgalikda mavjud edi. Ishlab chiqaruvchilar davlat hokimiyati tomonidan soliq va majburiyatlarga tortilar edi. Qul va erkin dehqon, jamoachi hunarmand yonma-yon yashar edi.



Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish